Hayoti va ijodi tarjima asarlari nashr qilgan asarlari



Download 30,36 Kb.
bet5/5
Sana23.07.2022
Hajmi30,36 Kb.
#840745
1   2   3   4   5
Bog'liq
ABDULHAMID CHO

Tarjima asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Choʻlpon adabiy merosining salmoqli qismini tarjima asarlar tashkil etadi. U Moskvada yashagan yillarida moddiy ehtiyoj orqasida koʻpgina oʻtkinchi asarlarni tarjima qilishga majbur boʻldi. Lekin shu bilan birga Choʻlpon Aleksandr Pushkin („Boris Godunov“„Dubrovskiy“), Nikolay Gogol („Tergovchi“), I.S.Turgenev („Choʻri qiz“), I.Franko („Million“, „Feruza“), L.Andreyev („Gubernator“, „Osilgan yetti kishining hikoyasi“), A.P.Chexov („Qochoq“), A.M.Gorkiy („Ilgaklar“, „Ona“) singari rus va boshqa xalqlar adabiyotining mumtoz asarlarini ham katta mahorat bilan tarjima qilib, zamonaviy milliy tarjima maktabiga asos soldi. Choʻlpon tarjimasidagi William Shekspirning „Hamlet“ tragediyasi oʻzbek tarjima sanʼatining shoh namunasidir.
Choʻlpon shoʻro davlatining doimiy tazyiqi va nazorati ostida yashagani sababli uning koʻplab qoʻlyozmalari oʻgʻirlandi. U 1937-yilda „xalq dushmani“ sifatida ayblanib, qamoqqa olinishi arafasida va keyin ham barcha qoʻlyozma asarlari kuydirib tashlandi. Shunga qaramay, Choʻlpondan bizga qadar yetib kelgan 10 jild hajmdagi original va tarjima asarlar oʻzbek xalqining katta madaniy va maʼnaviy boyligidir.
Xotira
Oʻzbekiston mustaqil respublika deb eʼlon qilingach, Choʻlponning oʻzbek madaniyatini rivojlantirish va xalq ommasini istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholandi. Choʻlponga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va „Mustaqillik“ (1999) berildi. 1997-yil Choʻlponning 100 yilligi keng nishonlanib, Andijonda Choʻlpon uy-muzeyi tashkil etildi, Tillar pedagogika instituti va litsey Choʻlpon nomi bilan ataldi. Oʻzbek milliy akademik drama teatrida Choʻlpon xayoti va ijtimoiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi „Kunduzsiz kechalar“ (Usmon Azim asari) spektakli sahnalashtirildi.
Choʻlpon dastxati. Goʻzal sanʼatlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Choʻlponning „Oʻzbek yosh shoirlari“ (1923), „Goʻzal yozgʻichlar“ (1925), „Adabiyot parchalari“ (1926) majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz sheʼrlari asosida nashr qilingan „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926), „Soz“ (1935) kabi toʻplamlari yangi oʻzbek sheʼiyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi.
Uning „Kecha va kunduz“ (1936) romani, „Doʻxtur Muhammadyor“ (1914), „Qor qoʻynida lola“„Novvoy qiz“„Oydin kechalarda“ hikoyalari yangi davr oʻzbek nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi.
Choʻlponning „Yorqinoy“ (1920), „Xalil farang“ (1921), „Choʻrining isyoni“ (1926), „Yana uylanaman“ (1926), „Mushtumzoʻr“ (1928), „Oʻrtoq Qarshiboev“ (1928), „Hujum“ (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi.
Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi.
Choʻlpon Pushkinning „Dubrovskiy“„Boris Godunov“ asarlarini, Gorkiyning „Ona“ romani va „Egor Bulichev“ peʼsasini, Lohutiyning „Evropa safari“ni, Gotsiyning „Malikai Turandot“, Shekspirning „Hamlet“ dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qoʻshdi.
Choʻlpon ijodi bilan OʻzMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Doʻstqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Choʻlponga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning „Kecha va kunduz“ romani asosida videofilm yaratilgan.
Abdulhamid Choʻlpon asarlari xorijiy tillarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Choʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning „Kecha va kunduz“ romani, „Yorqinoy“ pesasi va 1915-1938-yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid Ismoilov tomonidan tarjima qilingan.
Shu yilning oʻzida „Kecha va kunduz“ romanining Stéphane A. Dudoignon tomonidan fransuz tiliga tarjimasi Fransiyada Bleu Autour nashriyotida chop etildi.
2008-yil Parijda chop etilgan Oʻzbekiston sheʼriyati antologiyasida („Anthologie de la poésie d’Ouzbékistan“) Choʻlponning bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga havola qilingan. Tarjilonlar Hamid Ismoilov va Jean-Pierre Balpe.
Nashr qilingan asarlari

  • Abdulhamid Choʻlpon. Kecha. T.: Oʻzdavnashr, 1936.

  • Choʻlpon. Yana oldim sozimni. T.: Adabiyot va sanʼat. 1991.

  • Choʻlpon. Adabiyot nadir. T.: Choʻlpon, 1994.

  • Abdulhamid Choʻlpon. Kecha va kunduz. Birinchi kitob: Kecha. T.: Sharq, 1995 (XX asr oʻzbek romani).

  • Abdulhamid Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. T.: Maʼnaviyat, 1997.

  • Choʻlpon. Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina, 1997-1998.

  • Abdulxamid Chulpon. I prozvuchit eщe moy saz, per. s uzbekskogo Xamidom Ismaylovim, Moskva: Voskresene, 2009.

  • Tchulpân. Nuit, fransuz tilida, tarjimon va soʻzboshi muallifi Stéphane A. Dudoignon. Saint-Pourçain-sur-Sioule : Bleu autour, 2009; 464 bet (Collection „d’un lieu l’autre“).

Download 30,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish