Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va


Xiva madrasalari va ularda ta`lim jarayoni



Download 0,69 Mb.
bet31/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

Xiva madrasalari va ularda ta`lim jarayoni
Xiva xonligi o`zining madrasalari va ulardagi ta`lim jarayoni bilan O`rta Osiyoda yuqori mavqega ega bo`lgan. Xivadagi Arab Muhammadxon, Sherg’ozixon, Olloqulixon, Muhammad Rahimxon soniy madrasalari madrasai oliya maqomiga ega bo`lgan madrasalardir. Ularning dovrug’i Buxoro, Samarqand, Qo`qon va Sharqning boshqa mamlakatlarida ma`lum va mashhur edi.
Xiva tarixchilari Ogahiy va Bayoniyning bergan ma`lumotiga ko`ra, XIX asr o`rtalarida Xivadagi madrasalar soni 22 taga yetgan. XX asr boshlariga kelib esa ularning soni 130 dan oshgan va 9300 talaba tahsil olgan. Masjid va xonaqohlar qoshida 1500 dan ortiq boshlang’ich maktablar ishlab turgan. Ularda 45 ming o`quvchi yoshlar ta`lim va tarbiya olgan. Maktab va madrasalarda ta`lim tizimi avvalgi tartib asosida davom etgan. Bu davrga kelib ta`lim tizimida asosiy e`tibor islomiy ilmlarga: Qur`oni Karim, hadis, islom huquqshunosligi kabi ilmlarni o`rgatishga qaratiladi. Shuningdek, madrasalarda tarix, adabiyot, mantiq, falsafa, musiqa va xattotlik ilmi ham o`rgatilgan. Riyoziyot, astronomiya, tabobat va boshqa aniq fanlardan umumiy tushunchalar berilgan.
Buxoro amirligi va Qo`qon xonligidan farqli o`laroq, Xiva madrasalarida o`qitish ko`pchilik hollarda turkiy tilda, qisman arab va fors tillarida olib borilgan. Islomiy fanlar arab tilida bo`lganligidan arab tili va grammatikasini o`rganishga ko`p vaqt ajratilgan.
Madrasalarning tuzilishi o`ziga xos. Har bir hujrada 2 – 3 talaba yashagan, barcha hujra eshiklari hovliga qarab solingan va har bir hujrada o`choq o`rnatilgan. Yashash sharoitlari nisbatan yaxshi tashkil etilgan.
Madrasalarda diniy va dunyoviy ilm berilgan, ayni paytda ko`ngilochar o`yinlar, shuningdek ashula aytish man qilingan. Madrasalarda o`qish muddati chegaralanmagan bo`lib, ayrim talabalar bir kursda 3-4 yil, ayrimlari esa 8-10 yillab o`qishgan. O`qish esa uch kursda olib borilgan: “adno” – boshlang’ich, “avsat” – o`rta va “a`lo” – oxirgi kurs. Boshlang’ich kursda arab grammatikasi, mantiq, shariat qoidalari, diniy urf-odatlar, arab va fors tilidagi adabiyotlar o`rgatilgan. Qolgan ikki kurs davomida talabalar “taxsib” (mantiq), ilohiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlarni qunt bilan o`rganishgan.
Har bir madrasa boshqaruvi quyidagicha tuzilgan: madrasaning imomi, muazzini, o`qituvchilari, farroshi, sartaroshi va meshkobchisi bo`lgan. Mutavallining vazifasi – buyumlari va vaqf yerlaridan foydalanish, oxun va muallimlarga maoshni to`lash bo`lib, ular o`quv ishiga aralashmaganlar.
Muallimlarni “oxunlar” yoki “mudarrislar” deyishgan. Ilmli, o`qimishli kishilardan tayinlangan mudarrislar talabalarning bilim olishi uchun eng asosiy javobgar shaxslar sanalganlar. Katta madrasalarda oxunlar soni ko`p bo`lgan.
Madrasalar qurib bitkazilishi bilan xon tomonidan ularga maxsus vaqf yerlari ajratilib, barcha mol-mulk shayxulislom tomonidan muhrlanib, qonuniylashtirilgan.
Madrasaga 15 yoshga to`lgan har bir musulmon farzandi, savodi va iqtidori inobatga olingan holda qabul qilinardi. Ularni “mulla” yoki “tolibul ilm” deb ataganlar.
Mashg’ulotlar juda oddiy usulga asoslangan. Har bir talaba maxsus kitob mutolasi bilan shug’ullangan. Bir necha talaba o`zlari o`rganishga kirishgan kitob asosida oxunlar hujrasiga to`planishar, ularning biri kitobni o`qir, qolganlar kuzatib borishar, oxun esa mazmunini tushuntirib berardi.
Xivada madrasalarini tugatgan talabalar imtihondan o`tishgan. Buning uchun xon tomonidan maxsus hay`at tuzilar, uning tarkibiga ba`zida xonning o`zi, ko`pincha valiahd, qozikalon (bosh qozi), qozio`rda (shahar qozisi) va bir qancha ulamolar kirishardi. Imtihondan muvaffaqiyatli o`tgan talabalarga mufti, a`lam, oxun, mukarrir unvoni berilardi. Bitkazuvchilar ilohiyot ilmini mukammal o`zlashtirishar, ayni kezda dunyoviy ilmlardan xabardor bo`lishardi. Xiva madrasalarini tugatgan talabalar orasida shoirlar, muarrixlar, xattotlar, olim va fozil kishilar etishib chiqqani fikrimizning dalilidir.
Madrasalarga davlat xazinasidan va xayriya hisobidan ham mablag’ ajratilgan. Xiva tarixchisi, naqqosh Abdulla Boltayevning bergan ma`lumotiga qaraganda, XIX asr o`rtalarida Xiva madrasalari va muqaddas joylarga vaqf qilingan ekin maydonlarining umumiy hajmi 170 – 175 ming tanobni tashkil etgan.
Madrasa nafaqat ilmiy salohiyatda, shuningdek, moliyaviy jihatdan ham eng boy madrasalardan sanalgan. Madrasaga qarashli vaqf mulki 35325 tanob unumdor ekin maydonidan iborat bo`lib, bu yerdan har yili 12 ming botmon g’alla va 5 ming tillo daromad olingan. Ana shu daromad madrasaning 12 xizmatchisi, mudarrisi va 260 talabasiga taqsimlangan:
– har bir oxunga yiliga 150 tilla va 3000 botmon bug’doy;
– imomga yiliga 40 tilla va 2000 botmon bug’doy;
– boshqa xizmatchilarning har biriga 200 botmon g’alla ajratilgan.
– madrasa mutavallisiga vaqfdan tushgan umumiy daromadning o`ndan bir qismi to`langan.
Talabalarga to`lanadigan nafaqa:
– a`lo guruhidagi har bir talabaga yiliga 4 tilla va 60 botmon bug’doy;
– avsat guruhidagi talabaga 2 tilla, 30 botmon bug’doy;
– adno guruhidagi talabaga 1,5 tilla, 15 botmon bug’doy ajratilgan.
Alohida xizmat ko`rsatgan oxunlar va iqtidorli talabalar xon tomonidan moddiy jihatdan rag’batlantirilib turilgan.
Xulosa sifatida shuni qayd qilish mumkinki, Xiva madrasalari ta`lim-tarbiya maskani bo`libgina qolmasdan, o`sha paytda xonlikning nufuzli ilmiy-ma`rifiy markazi ham bo`lgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligining madaniy hayotida alohida davr bo`ldi. Bu davr xonlikda ilm-fan, tarixnavislik, tarjimonlik, adabiyot, she`riyat, musiqa va bastakorlik, me`morchilik va boshqa sohalarda ulkan yutuqlarga erishilganligi bilan ajralib turadi. Xivadagi Arab Muhammadxon, Sherg’ozixon, Olloqulixon, Muhammad Rahimxon Soniy madrasalari madrasayi oliya maqomiga ega bo`lgan madrasalardandir. Xiva madrasalari o`zining me`morchiligi va ta`lim jarayonidagi o`ziga xosliklar bilan Buxoro va Qo`qon xonligi madrasalaridan farq qiladi. Xiva madrasalarining dovrug’i Buxoro, Samarqand, Qo`qon va Sharqning boshqa viloyatlarida ma`lum va mashhur edi. Xiva madrasalarida o`z davrining yetuk allomalari Maxtumquli, Ajiniyoz, Berdaq, Ravnaq, Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Bayoniy, Tabibiy kabi shoir va tarixchilar yetishib chiqqan.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish