68. Buqa timsolidagi xudo Apis qanday xudo hisoblangan?
A) Quyosh B) Momaqaldiroq
C) Yomg’ir D) Hosildorlik
69. Misrga giksoslarning hujumi arafasida qaysi podsholik hukmronligi mavjud edi?
A) Ilk B) Yangi C) O’rta D) Qadimgi
70. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan qaysi davlat Baqtriyaning raqibiga aylanadi?
A) Marg’iyona B) Xorazm C) Parfiya D) Bobil
71. Mil. avv. 323-yilda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi, U tuzgan davlat qaysi uch qismga bo'linib ketdi?
A) Makedoniya, Misr, Mesopotamiya
B) O’rta Osiyo, Misr, Suriya
C) Makedoniya, Misr, Suriya
D) Mesopotamiya, Suriya, Eron
72. Aleksandrning yurishi arafasida Baqtriya satrapi Bess Baqtra shahrini tashlab qayerga qochib ketadi?
A) Hind daryosi tomonga B) Kaspiy bo’ylariga
C) Sirdaryoning o’ng sohiliga
D) Amudaryoning narigi tarafiga
73. Quydagilardan Arximed hayotiga oid bo’lgan ma’lumotlarni toping?
1) Jonajon shahri Sirakuza hisoblanadi
2) “Menga tayanch nuqtasini topib bering,Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman” fikrini bildirgan
3) Richag qonunini ishlab chiqdi
4) Rimlik askar tomonidan o’ldirilgan
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,4
74. Qadimgi dunyo tarixi qaysi voqea bilan yakunlanadi?
A) odam paydo bo’lishi bilan
B) ota urug’i davrining boshlanishi bilan
C) Buyuk muzlik davrining tugashi bilan
D) G’arbiy Rim imperiyasining qulashi bilan
75. To’g’ri javobni toping?
A) Xatxor – musiqa, she’riyat va sevgi ilohasi
B) Fir’avnlar Osmon xudosining o‘g‘illaridir, hukmdorlar hamma ishni o‘zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud bo‘lgan.
C) Piramidalar qurilishi uchun toshlar Nil daryosining chap sohilidagi yassi tog‘lardan olib kelingan.
D) Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar.
76. «Bibliya»dagi mavjud rivoyatlarni aniqlang.
1) Olamning yaratilishi 2) “Sinuxet hikoyasi” 3) Yer yuzidagi ilk odamlar Odam ato va Momo havoning yaratilishi 4) Yer yuzini To'fon bosishi 5) “O’lim shahzodasi haqida ertak”
A) 2,4,5 B) 1,3,5 C) 1,4,5 D) 1,3,4
77. Qadimgi Afina shahrida mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda ... erkaklarning barchasi qurol-yarog’lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko'rikka yetib kelishi shart bo‘lgan?
A) 30 yoshga to’lmagan B) 20 yoshga to’lmagan
C) 30 yoshga to’lgan D) 20 yoshga to’lgan
78. Noto’g’ri hukmni toping?
A) Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo‘lgan. Har bir so‘z o‘zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan.
B) Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin xudolar saltanatiga ketadi, o‘sha yerda umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan.
C) Yangi podsholik davriga kelib ehrom qurmay qo‘yishdi. Fir’avnlarni tog‘larga o‘yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo‘lishdi.
D) Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga har bir so‘z rasm ko‘rinishida yozilgan. Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan. Shuning uchun ham uni «muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb nomlashgan.
79. … suvoriylari Kserks qo’shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan?
A) Sak va baqtriya B) Xorazm va so’g’d
C) Sak va massaget D) So’gd va baqtriya
80. Tabiat insonga nimani in’om etsa,odam shuni olgan,topgan yeguligi bilan qanoatlangan, shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg’uloti bo’lgan termachilik va ovchilik nima deb atalgan?
A) ishlab chiqaruvchi xo’jalik B) o’zlashtiruvchi xo’jalik
C) Tovar ishlab chiqarish D) hech qanday
81. Arxeologlar Neolit davri boshlanishini………….kashf etilishi bilan belgilaydilar.
A) hunarmandchilikning B) to’qimachilikning
C) sopol idishlar yasashning D) Uy qurilishining
82. Miloddan avvalgi VI—IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o'rganilgan. Ular O'rta Osiyo xalqlarining … taraqqiyotida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beradi?
1) hunarmandchilik 2) yog’ochsozlik 3)zargarlik 4) tikuvchilik 5) kulolchilik 6) binokorlik 7) ziroatchilik
A) 2,3,5,6,7 B) 1,2,3,5,7 C) 1,3,4,5,6 D) 1,3,5,6,7
Do'stlaringiz bilan baham: |