“ HAYOT GO’ZAL MEN YASHASHDAN ZAVQLANAMAN “
SENARIYSI
1.Texnikum fayesini bezash
2.Ertalab loyihani e’lon qilish .O’quvchilarni kutb olish motivatsion ruhdagi tarqatmalar tarqatish
3.8:30da radioda salomlashish va hayotga bo’lgan ishtiyoq va motivatsion gaplar o’qib eshittirish va qo’shiq qo’yish (Shahzoda- Rahmat hayot,)
Assalomu Aleykum hurmatli o’qituvchilar va aziz o’quvchilar HUSH KELIBSIZ!!!! Hayrli kun omonmisiz qadrdonlarim ko’zlarimizni ochib shu tongni ko’rayotganimizdan his qilayotganimizdan baxtiyormiz.
Borligingiz uchun rahmat hayrli tonglarni sevuvchi hayotni borligicha qabul qiluvchi har bir lahzaga shukrona aytuvchi qadrdonim hush kelibsiz.Boshlangan yangi kuningizning ilk sahifasi baxtli onlardan boshlansi.Bugungi kuningiz hayotingizdagi eng go’zal lahzalarga boy bo’lishini nasib qilsin.
Olam yasanib gullarga burkanib poklanib va yanada fayzu barokatlarga to’la onlarini tuhfa etib go’zal tabassum ila peshvoz chiqmoqda kuningiz hayrli baxt quvonch hamrongiz bolsin.
Yashash aziz hissi tanda kezganda
Umr ko’pi kechib,armon dili ezganda
Hatto,o’zni hasta zaif sezganda
Og’ir,benaf o’ydan yurak bezganda
Seni kuylayman hayot !
Qo’shiq qo’yiladi (Shahzoda –Rahmat hayot)
2.Hayotdagi har bir odam buyuk kashfiyot desa ishoning..SIZ O’SHA KASHFIYOTSIZ! BU HAYOTDA BERILGAN HAR BIR DAQIQAGA SHUKR QILIB O’Z USTINGIZDA ISHLASHGA HAR SAFAR YANGI QIRRANGIZNI KASHF ETISHDA DAVOM ETAR EKANSIZ. SIZ BUYUKSIZ.DOIM KULIB YURISHGA ODATLANING SAMIMIY TABASSUMINGIZ QIYNCHIIKLARNI OSONGINA YENGIB O’TISHINGIZ ICHKI DUNYOYIGIZ HAYOTNNG YORQIN RANGLARINIGIN KO’RA OLISHINGIZDAN DARAK BERADI.
2.Har bir sahifang o’qilgach yangi bir kitob
O’tmishmi,ertami tug’ilar har bob
Yashash va yozishga qilganda hitob
Sukut xijolatin yengmoq azmida
Seni kuylayman ,hayot!
*Bugungi kunimdan
*har bir soniyadan
*Hayotimdagi har bir insondan
*Har bir vaziyatdan
*Go’zal nematlardan barcha barchasidan minnatdormiz.
Bugungi tadbirimzizda fa’ol ishtirok etishlaringizni hayot haqidagi tassurootlaringzni yozib qoldirishlaringizni so’raymiz
(Yulduz Usmonova-Muhabbat)
(Xamdam Sobirov – Tentakcham)
(Talib tale –Sabr ela)
Soat 11;00 da Hamma fayega yig’iladi
Hurmatli ustozlar va aziz O’quvchilar bugungi radbirimizni davom qildirgan holda so’zni hurmat bilan direktorimiz Matkarimov Davronbek domlaga beramiz Marhamat.
Inson uchun eng qadrli narsa nima? Hayot chunki bizning barcha quvonchlarimiz,bizning butun baxtimiz,bining jamiki umidlarimiz faqat hayot bilan bog’liqdir.
Umr bebaho boylik uning har bir zarrasidan faqatgina yaxshiliklar ezgu ishlar va go’zalliklar uchun foydalanmoq kerak ,agar hayotni oq qogoz misolida tasavvur etsak,har bir inson unga dunyoqarashida o’z hohish va tasavvuridan kelib chiqib turlicha suratlar chizadi demak sizu bizga olamni anglashimiz yashashdan zavq olishimiz uchun ana shunday imkoniyat hadya etilgan.kelng qalbingizdagi go’zal fazilatlar ,ezgi amallar bilan hayot varaqiga betakror asarlar chizaylik HAYOT GO’ZAL YASHAMOQ TOTLI.
Hurmatli tadbir ishtirokchilari bugungi tadbirimizdan kayfiyatni ko’tarish maqsadida o’yin tashkillashtirdik va undan faol ishtirok etishlaringizni so’raymiz.
O’yinimiz “STAKAN O’YINI”sharlarni shishirgan holda stakanlarni tushirish
O’yinimiz “SHAM O’YINI”bu o’yinda o’yin ishtirokchisi shamlarni bir nafasda o’chirishi kerak
O’ynimiz “KIYIM O’YNI” ko’z yumgan holda kiyim kiyish
Tadbirda ishtirok etgan barcha barchaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.Hamisha yuzinzga tabassum qalbingizga osoyishtalik hayotingiz quvonchli lahzalarga to’la bo’lsin. HAYOT GO’ZAL !