Hayot faoliyati


XV. 3. Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari



Download 1,67 Mb.
bet201/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

XV. 3. Gazsimon moddalarning yonish va portlash xususiyatlari
Har qanday gazsimon modda, umuman yonuvchi gazlar va bugMarning yong'inga hamda portlashga xavfliligi ularning alan­ galanish chegaralari, yonish harorati va alanganing normal tarqalish tezligi bilan belgilanadi.
Gazning havo bilan aralashib yonishi aralashma hosil bo'lgandagina vujudga keladi. Shuning uchun ham aralashmalar-ning alangalanish chegaralari quyi va yuqori chegaralar sifatida bel­ gilanadi. Bunda quyi chegara deb gazning minimal miqdor alanga hosil qilgan holati tushuniladi va mana shu chegara sanoat korxonasining vong'inga va portlashga xavflilik toifasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Havoning gaz bilan aralashmasi, yonish uchun yetarli miqdorda yiqilgan bo'lsa, u m a’lum haroratgacha qizdkilganda alangalanib ketadi, mana shu harorat yonish harorati deb ataladi.


309

Bu harorat yonuvchi aralashma holati va boshqa omillar ta’sirida juda katta diapazonni tashkil qilishi mumkin (450-»2000 °C).
Yonuvchi aralashma yonayotgan vaqtida alangani tarqalish tezligi aniqlanadi. Bunda yonayotgan zonaga o‘tish tezligi ma’lum yuzadagi yonuvchi aralashma m a’lum vaqt birligida yonib, tutash zonaga o'tishi belgilanadi.
Ko‘pgina gazlarning aralashmalarining yonish tezligi ular ara-lashmalarining miqdoriga va gazning xususiyatiga bog'liq bo‘ladi. Gazlarning yonish tezligi asosan 0,3—0.8 m/s ni tashkil qiladi.
Bundan vodorod bilan asetilen gazi mustasno bo'lib, ularning yonish tezligi 2,76 va 1,56 m /s dan iborat.
Alanganing normal tarqalish tezligi gazlardagi fizika-kimyoviy xususiyat bo'lib, ma’lum o'zgarmas miqdor sifatida belgilanadi, $hunki bu tezlikning nihoyatda ortib ketishi portlashni belgilovchi omil hisoblanadi. Yonishning tez kechishi portlash deyiladi. Yonish qancha qisqa muddatda amalga oshsa, portlash kuchi shuncha katta bo‘ladi.
Suyuqliklarda yonish faqat uning gazsimon (ya’ni bug‘ga ay-langan) fazasida bo'ladi. Byg‘ga aylanish jarayoni va tezligi suyuq-likning fizik va kimyoviy xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, bunga aylanish jarayoni tashqi muhit haroratiga ham bog'liq bo'ladi.
Ma’lum harorat va bosimdagi suyuqlik bug'i hosil bo‘ladi. Shu bug‘ miqdori harorat o‘zgarmagan holatda ortib yoki kamayib ket-maydi. Bu miqdordagi bug‘ni to‘yingan bug' deb ataladi. To'yingan bug‘lardan bug‘ga aylanayotgan molekulalar soni, suyuqlikka ay-lanayotgan molekulalar soniga teng boMganligidan, uning miqdori havo muhitida bir xil saqlanib turadi. Bunday holatdagi suyuq-likning havo muhitiga nisbatan zichligi miqdoriy bosim deb yuriti-ladi. Ya’ni agar havo tarkibidagi to‘yingan bug' miqdori 20 foizni tashkil etsa, unda bu aralashmaning miqdoriy bosimi 0,20 P deb qabul qilinadi. Bunda P0-atmosfera bosimidir.
Agar to'yingan bug'ning miqdoriy bosimi ma’lum bo‘Isa, ana shu haroratdagi havo muhitida bo‘lgan zichligini aniqlash mumkin.
p

C k = p. 100%

bunda, Pfc—to‘yingan par bosimi; P0—atmosfera bosimi.
Odatda to‘yingan bug'ning bosimi ma’lum haroratlar bo'yicha har xil suyuqliklar uchun m a’lumotnomalarda beriladi.



310

Havo muhitida bugMarning, shuningdek, gazlarning yonishi, ma’lum diapazon zichlikdagina ro‘y berishi mumkin.

Havodagi yonuvchi bug1 va gazning miqdori, umuman to‘yingan holatdagi miqdordan ko‘p boMishi mumkin emas, shu-ning uchun bu moddaning yonish chegarasini faqat harorat bi-langina belgilash mumkin va bu miqdor yonuvchi modda alan-galanishining yuqori chegarasi deb yuritiladi. Ammo suyuqlik va gazlarning havo muhitidagi zichligi to'yinish nuqtasidan past bo‘lgan hollarda ham ma’lum haroratda alangalanish hodisasi ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ham har xil yonuvchi moddalar uchun zichlikning alangalanish chegarasini yonuvchi modda mini­ mal miqdorda bo‘lgan holat uchun ham alangalanish harorati aniqlanadi va bu miqdor modda alangalanishining quyi chegarasi deb yuritiladi. Demak, har qanday yonuvchi suyuqlikning yonish jarayoni bo‘lishi uchun suyuqlik ma’lum haroratgacha qizdirilishi (bu harorat, albatta, alangalanishning quyi chegarasidan kam boMmasligi kerak) va bu vaqtda suyuqlikdan ajralib chiqayotgan bugMar miqdori alangani davom ettira oladigan miqdorda boMishi kerak. Suyuqliklarning ana shu xususiyatlari asosida suyuqliklar uchun chaqnash va alangalanish tushunchalari kiritiladi.


Uncha katta boMmagan haroratdagi suyuqlik yuzasida suyuqlik bugMarining havo bilan aralashmasi hosil bo'ladi va bu aralashmaga tashqaridan uchqun berilsa, yonib ketadi. Bu chaqnash harorati deb aytiladi. Bunda muqim yonish jarayoni davom etmasligi mumkin. Agar yonib ketgan suyuqlik bugMarining ajratgan issiqligi suyuq­ likning yonish uchun ajralishi kerak boMgan bug' miqdori uchun yetarli boMsa, yonish davom etadi, aksincha, o'chib qoladi.
Mana shu xoccara asoslangan holda suyuqliklar ikki turkumga boMinadi:

  1. Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 °C ga teng yoki ki-chik boMsa, bunday suyuqliklar yengil alangalanuvchi suyuqliklar (EAS) deb ataladi. Ularga spirtlar, aseton, benzin va boshqa suyuq­ liklar kiradi. 2) Agar suyuqlikning chaqnash harorati 61 °C dan katta boMsa, bunday suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar (YoS) deb ataladi. Ularga yogMar, mazut, glitserin va boshqalar kiradi.

Alangalanish harorati deb suyuqlikning minimal haroratdagi chaqnash hodisasi suyuqlikdan yetarli darajada bugMar ajralib chiqishini ta’minlashi natijasida alangalanish davom etadigan ho-latiga aytiladi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun bu harorat chaqnash haroratidan 1—5 °C yuqoriroq boMadi, yonuvchi suyuq­ liklar uchun esa 30—35 °C ga borishi mumkin.




311

Gazlar va suyuqlik bug'larining havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Portlash ma’lum sharoit bo'lganda amalga oshadi. Ya’ni portlash bo‘lishi uchun aralashmadagi yonuvchi gaz yoki bug‘ning miqdori, aniq foiz miqdorni tashkil qilishi kerak. Buni 44-rasmda ko'rsatilgan chizma bilan ifodalash mumkin. Chizma-dan ko‘rinib turibdiki, agar portlovchi modda miqdori A ga yetsa, portlash boshlanadi va V gacha davom etadi. Eng kuchli portlash modda miqdori S ga yetganda sodir bo‘ladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, portlash berk xona yoki idishda yuz beradi.

44-rasm. Portlash mohiyatini tushintirish chizmasi.


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish