Hayot faoliyati


VII.3. Elektromagnit maydonining normalari. Muhofaza usullari



Download 1,67 Mb.
bet102/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

VII.3. Elektromagnit maydonining normalari. Muhofaza usullari
Respublikamizda yo'lga qo'yilan nurlanishning ruxsat etilgan darajalari juda kam birlikni tashkil qiladi. Shuning uchun organizm uzoq vaqt nurlanish ta’sirida bo'lgan taqdirda ham hech qanday o'zgarish bo'lmasligi mumkin.
M e’yoriy hujjat bo'yicha ko'zda tutilgan «Yuqori, o'ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralami belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi bo'yicha 100 kGs - 30 MGs chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 M Gs chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligi kerak. Magnit tarkibi bo'yicha esa 100 kGs - 1,5 MGs chastota diapazonida 5 V/m bo'lishi kerak.
SVCh 30-300 000 MGs diapazonida ish kuni davomida ruxsat etiladigan maksimal nurlanish oqim kuchlanishi 10 mk Vt/sm2, ish kunining 2 soatidan ortiq bo'lmagan vaqtdagi nurlanish 100 mk Vt/sm2, 15—20 minutdan oshmagan vaqtdagi nurlanish esa 1000 mk Vt/sm 2 dan oshmasligi kerak. Bunda albatta muhofaza ko'zoynagi taqilishi kerak. Qolgan ish vaqti davomida nurlanish intensivligi 10 mk Vt/ sm2 dan oshmasligi kerak.
SVCh diapazonida kasbi nurlanish bilan bog'lanmagan kishilar va doimiy yashovchilar uchun nurlanish oqimi zichligi 1 mk Vt/ sm2 dan oshmasligi kerak.


136

Yuqorida keltirib o‘tilgan formulalarni tahlil qilish, elektromagnit maydonidan ish joylarini uzoqroq joylashtirish va elektromagnit maydonlari oqimlarini yo'naltiruvchi antennalar bilan ish joylari orasidagi masofani uzaytirish, generatoming nurlanish kuchlanishini kamaytirish, ish joylari bilan nurlanish oqimlari uzatilayotgan antennalar orasiga yutuvchi va qaytaruvchi ekranlar o'rnatish, shuningdek, shaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish ish joylaridagi elektromagnit maydonlaridan muhofazalanishning asosiy vositalari hisoblanadi.
Oraliqni uzaytirish yo'li bilan erishiladigan muhofaza usuli eng oddiy va eng samarali hisoblanadi. Bu usuldan ish joylari elektromagnit maydonlaridan tashqarida bo'lgan ishchilar va shuningdek, nurlanuvchi ustanovkalarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini beradigan hollarda foydalanish mumkin.
Bu usuldan foydalanish imkoniyati ish bajarilayotgan xona yetarlicha kattalikda bo'lgandagina muvafFaqiyatli chiqadi.
Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish generatorini, kuchsizroq nurlanish generatori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur.
Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bo'lgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni attenyuatorlami qo'llash, generatordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bo'lgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo'qotishi yoki kamaytirishi mumkin.
Nurlanishni yutuvchi qurilmalar koaksial va to'lqin qaytaruvchi bo'lishi mumkin. Bu qurilmalarning sxemasi 28-rasmda keltirilgan.
Energiya yutgich sifatida grafit yoki boshqa uglerodli qotishma ishlatiladi. Shuningdek, ba’zi bir dielektrik materiallardan foydalanish mumkin.
Bunday materiallar qatoriga rezina, polistirol va boshqalarni kiritish mumkin.
O'zgaruvchan so'ndirish kuchiga ega bo'lgan to'lqin o'tkazgich attenyuatorlarning pichoqli va plastinkali turlaridan foydalalanish mumkin. Bunday energiya yutuvchi qurilmalarning energiya ta’sirida qizishini hisobga olib, ularda sovitish yuzalari hosil qilinadi (qovurg'asimon yuzalar. 28-rasm, e), shuningdek, suv oqimlari harakatidan foydalaniladi (28-rasm, d, f).



137

28-rasm. Nurlanishni yutuvchi moslamalar. •


Koaksial va to‘lqin qaytaruvchi va yutuvchi qurilmalarni muvofiqlashtirish maqsadida ular qiyshiq yuzali (28-rasm, a, e), ponasimon (28-rasm, b, d) va pog‘onali (28-rasm, f) shuningdek, dielektrik shaybalar (28-rasm, g) sifatida bajarilishi mumkin.
Nurlanish quwatini kamaytirish maqsadida ishlatiladigan attenyuatorlar doimiy va o'zgaruvchan bo'lishi mumkin. Doimiy attenyuatorlar elektromagnit to‘lqinlarini yutish koeffitsiyenti katta bo'lgan materiallardan ishlanadi.
Bu attenyuatorlaming pichoqlari va plastinkalari dielektrik materialdan tayyorlanadi va ustki qavati yupqa metall plastinka bilan qoplanadi. Ular elektromagnit kuchi chiziqli maydoniga parallel ravishda o‘matiladi. Attenyuatorlaming so'ndirish kuchi pichoqni to‘lqin o‘tkazgichga chuqurroq botirish yoki plastinkalami bir-biriga yaqinlashtirish yo‘li bilan oshiriladi yoki kamaytiriladi.

Nurlanish yutuvchi qurilmalardan va attenyuatorlardan to‘g‘ri foydalanish elektromagnit energiyasini tashqi muhitga tarqalishini 60 dB dan ko‘proq miqdorda kamayishini ta’minlaydi va nur kuchlanish oqimi 10 mk Vt/sm2 dan bo'lmagan miqdorini ta’minlash imkoniyati mavjud bo'ladi.


Elektromagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usullaridan biri—ekranlar usulidir. Ekranni to'g'ridan-to'g'ri elektromagnit to'lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o'rnatish mumkin. N ur qaytarish ekranlari elektr tokini yaxshi o'tkazadigan materiallardan-alyuminiy, po'lat, mis, latun kabi materiallardan yasaladi. Ekranlaming muhofazalash xususiyati, elektromagnit maydoni ta’sirida ekran yuzasida Fuko tokining hosil bo'lishiga asoslangan. O 'z navbatida Fuko toki elektromagnit maydoniga qarama-qarshi zaryadga ega bo'lgan maydon hosil qiladi.

Natijada ikkala maydonning qo'shilishi kuzatiladi va ikkala maydondan uncha katta kuchga ega boMmagan maydon qoladi.


Ekran yuzasida boMgan yo‘qotilgan energiya va maMum miqdordagi nurlanishni yo‘qotish mumkin boMgan ekran qalinligini hisoblash mumkin. Ekrandan o‘tib kelayotgan nur oqimi quwati va zichligini Ro va Io bilan, ekransiz nur oqimi quwati va zichligini R va I bilan belgilaymiz.
Bunda kuchsizlangan nurlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish