99
Rasm 35.
Respondentlarning har kungi hayoti muammolarini ketma-ketligi
Bu modelning ijtimoiy, iqtisodiy asosi bo‗lib quyidagilar bo‗lishi mumkin:
- zo‗ravonsizlik va teng huquqli munosabatlar, jamiiy davlat hayotining
tabaqasiz tuzumi;
- nafaqat bozor iqtisodiyotiga, balki maqsadli boshqariladigan va
muvofiqlashgan, tabiatga nisbatan ―do‗stona‖ iqtisodiyotning xo‗jalik va tabiiy
foydalanish tizimi;
- ertangi kun talabini e‘tiborga olib, aql bilan o‗z-o‗zi talablarini
chegaralash.
4.Bu modelning «o‗sish nuqtasi», «kristallanish markazi» umummilliy
g‗oyani e‘tiborga olgan xolda O‗zbekistonning rivojlanishi bo‗ladi. Bular
nafaqat mamlakatimizning stabilligi va gullab-yashnashini ta‘minlash, balki
insoniyatni global inqirozdan saqlashni taxmin qiladi.
5. Hozirgi paytda respublikamiz oldida turadigan dolzarb masalalardan
biri, milliy identifikatsiyani yo‗qotmay, o‗zini-o‗zi saqlashi, sanoati rivojlangan
davlatlarning xom ashyo bazasiga aylanishiga yo‗l qo‗ymaslik hisoblanadi.
Bundan tashqari, bu muammolarning sabablari bo‗lib, yana yoshlarning
yashash tarzi, aholini ijtimoiy notinchligi, va xullas, yurtimizdagi demografik
jarayonga yo‗naltirilgan salbiy ta‘siri hisoblanadi. Bu jarayon yuzasida bizlar
har kuni seziladigan aholini o‗tayuqori o‗limga olib keluvchi giyohvandlik,
ichkilikbozlik, sil kasalligi, gepatit, OITS, jarohatlanish, abortlar, ajralish,
Har kungi hayotiy muammolar
So„ralganlar
ning foizi, %
o‗zi va farzandlarining kelajagidan qo‗rqish
60
qashshoqlik, kambag‗allik, yashashning qmmmatligi
33
atrof-muhitning ifloslanishi, yomon ekologiya
32
kasal bo‗lish xavfi
29
hayotda kelgusida hech qanday imkoniyatlar yo‗qligi
24
yashashga tazyiq qiladigan jinoyatlarni, sog‗lig‗ini
yomonlashuvi
20
ishsiz qolish havfi
17
eng yuksak maqsadlarning va hayot mazmuning
yo‗qligi
15
yomon yashash sharoitdaligi
10
hech qanday xavotirga o‗rin yo‗q
4
100
yolg‗izlik, oilani rejalashtirish, targ‗ibot, jinoyatchilik, sud-qamoq tizimining
muammolari, tabiiy ofatlar va texnogen talofatlar, qashshoqlik turadi.
Bunga qo‗shimcha bo‗lib, davlatimizning katta cho‗l zonalarida aholini
kamligi va chegaraoldi zonalardagi aholini keskin ko‗payishi, harbiy va
iqtisodiy ekspansiyani real tazyiqidir. Shuning uchun hozirgi vaqtda
O‗zbekistonning o‗zini muxofazalanishi muhim masala hisoblanadi.
Ushbu masala yechimini zaruriy sharti sifatida shu vaqtni o‗zida aholini
hayot faoliyati havfsizligi masalalari ham yechilishi kerak. Amalda hech vaqt
havfsizlikni maksimal darajasi (ya‘ni, havflarni to‗liq yo‗q bo‗lishi, ulardan
muxofazalanishning absolyut xolati)ga erishish mumkin emasligidan bu
masalani yechimi yanada uzun, amalda chegarasiz kelajakka egaligini
ko‗rsatadi. Faqatgina yo‗l qo‗yilgan hayot faoliyati havfsizligi darajasiga
erishgandagina aholining yashashini yuqori sifati, mamlakatning yashnashi
haqida so‗zlash mumkin.
6. Milliy g‗oyani shakllantirishda o‗z tarixiga, madaniyatiga, iqtisodiy
potensialiga, iste‘dodiga ega o‗zbek halqini havfsizlik manbai va kafili bo‗lgan
– o‗z davlatiga bo‗lgan qattiq ishonchi yuksak qadriyatdir. Faqatgina shu
davlatmonand jarayon orqali yuqoridagi g‗oyalarni amalga oshirish mumkin.
Umummilliy g‗oyalarni amalga oshirishning zaruriy chora-tadbirlari va
prinsiplari quyidagilardir:
- Umummilliy g‗oyalarga ideologik ko‗maklashish, uni amalga oshirishdagi
ma‘qul bo‗lgan siyosiy erkinlikni namoyon bo‗lishi, har bir inson va mamlakat
aholisi o‗z-o‗zini saqlash, ko‗payish, kamolotga yetishish masalalariga, barcha
ichki va tashqi siyosiy faoliyatiga qaram bo‗lishi, ularni hayotiy faoliyati
havfsizligini ta‘minlash;
- Ziyolilar mamlakat aholisini ruhiy-ahloqiy tarbiyasida yetakchi sifatida
o‗z rolini yangitdan anglashi va bo‗lishi mumkin bo‗lgan inqirozlarni hal qilishi;
- Yurt aholisini har taraflama bilimdonligini va xavfsizlik madaniyatini
oshirish;
- hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlash masalalari bilan ularni yechimi
101
uchun foydalaniladigan vositalar orasidagi muvofiqlik;
- harbiy - kuch ishlatish ustunligi emas, balki siyosiy-diplomatik, meyoriy,
huquqiy va iqtisodiy usullarning ustunligi, hamda halqaro tashkilotlar va jamiyat
fikriga tayanish;
- Tazyiqlarni bartaraf etishdagi profilaktik choralarning ustunligi va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |