162
VII.1. Hayot faoliyatining xavfsizligi madaniyatini rivojlanishidan
bo„ladigan ijtimoiy - iqtisodiy samarani taxminiy baholanishi
Hayot faoliyati xavfsizligi ta‘minlashni natijaviyligiga madaniyatni ta‘sir
ko‗rsatishi haqida obektiv ma‘lumotlar yo‗qligi sababli, boshlang‗ich holatlar
sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- ekspertlarning fikricha, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati darajasini
oshishi hisobiga (shu jumladan, 6- bobda ko‗rilgan perspektiv chora-tadbirlarni
amalgan oshirish orqali) FVlarda, yong‗in, yo‗l-transport hodisalarida aholi va
moddiy jihatdan qaytmas, sanitar yo‗qotishlarini ikki barobar qisqartirish
mumkin;
- inson xatolarini aybi tufayli 80 dan 94% avariya va texnogen falokatlar
ro‗y beradi.
Birinchi boshlang‗ich holatni tashhizi odamlarning vafoti va jarohatlar
(yarador bo‗lishi, lat yeyishi) olishini bartaraf etishda HFXM sezilarli hissasi
haqida dalolat beradi. Undan foydalanish vaqtida perspektiv chora-tadbirlarni
amalga oshirish turli xildagi sarflarni talab qilishi, ulardan ko‗pchiligi pullarda
aks etish ehtimoli bor. Shuning uchun, HFXM rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy
samarasini birinchi yaqinlashuvda baholashda insonning etalon hayotini
o‗rtacha narhi kabi ko‗rsatkichdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
ko‗rsatkichlar AQShda o‗rtacha 10 - 20 mln dollarni, jarohat va yaradorlikni
bartaraf etish bo‗lsa, 4 mln. dollarni tashkil etishi mumkin. Statistik
ma‘lumotlarga qaraganda, har yili yuqorida keltirilgan xolatlarda oxirgi paytda
10 ming kishini, jarohat va yaradorlar 12 ming kishini tashkil etmoqda. Shularni
e‘tiborga olgan xolda, HFXM darajasini oshishi natijasida odamlarning
jarohatlanishi va yarador bo‗lishini oldini olishdan iqtisodiy samara yiliga
taxminan 80.0 mlrd. dollarni tashkil etishi mumkin.
Har yili yong‗inlar, avariya, FV dan keladigan moddiy zarar o‗rtacha 14.0
mlrd.dollarni tashkil etsa, uning bartaraf etish 7.0 mlrd.dollarni tashkil etadi.
Shu sababli, birinchi boshlang‗ich holatni e‘tiborga olgan xolda, HFXM
darajasini rivojlanishi natijasida olinadigan iqtisodiy samara 59,5 dan 87.0
163
mlrd. dollar diapazonida bo‗ladi.
Ikkinchi boshlang‗ich xolatdan foydalanib, quyidagilar e‘tiborga olinadi:
- aholini qaytmaydigan yo‗qotishlari soni tabiiy favqulotda vaziyatlarda
texnogen FV larning faqat 0,5% tashkil etadi;
- yo‗l harakati qatnashchilarining aybi bilan sodir bo‗lgan yo‗l-transport
hodisalarining soni 80% hosil qiladi;
- sanitar yo‗qotishlar va FVdagi moddiy zararlar quyidagi rasmlarda
keltirilgan.
Qayd etilgan vaziyatlarda AQShda har yili insonlar talofoti 52 ming
odamni, jarohatlanishi va yarador – 225 ming kishini tashkil etadi. HFXM
darajasini rivojlanishi natijasida olinadigan iqtisodiy samara 55,6…126,4 mlrd.
dollarni tashkil etadi. Har yilgi moddiy yo‗qotishlarni (ikkinchi boshlang‗ich
holatga ko‗ra) e‘tiborga olgan xolda HFXM rivojlanishidan olinadigan ijtimoiy-
iqtisodiy yalpi samara 65,0 dan 136, mlrd. dollar diapazonida bo‗ladi.
Shunga e‘tibor berish kerakki, bunday baholash inson hayotining o‗rtacha
etalon qiymatini kattaligiga sezilarli darajada bog‗liq bo‗ladi.
Xususan HFXMni rivojlantirishning ijtimoiy samarasiga quyidagi shartlar
qo‗yiladi:
- odamlarni bilimdonlik saviyasi nafaqat hayot faoliyati sohasida, balki
boshqa bir-biriga bog‗liq fanlar borasida ham oshirish kerak;
- jamiyat ni tabiiy (shu jumladan, ekologik), texnogen va boshqa xavflar
oldida jipsligini kuchaytirish, aholini turli guruhlari orasidagi ijtimoiy farqlarni
yo‗qotish;
- yoshlarni diniy ahloqiy va vatanparvarlik tarbiyasi saviyasini oshirish;
- aholini hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlovchi mamlakat, davlat
xizmatining imidjini oshirish.
Bundan tashqari, hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlantirish
effekti orqali ilmni rivojlanishi, ilmiy- informatsion texnologiyalarini, aloqa va
telekommunikatsiya tizimini, uskunalar ishlab chiqarish uchun yangi ishchi
o‗rinlarini yaratish, axborot kontinentini ishlab chiqish va b. bilan bog‗lash
164
mumkin bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |