14. Operatorning ish joyini tashkil qilish. Ish joyi - bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun «inson-mashina - ishlab chiqarish muhiti» tizimida ma’lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi jixozlar bilan jixozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo’linib - tikka, o’tirib va tikka-o’tirib ishlashga mo’ljallanadi .
Egronomika ish joylarini loyihalashga bo’lgan talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo’shimcha harakat zonalarini aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo’yicha, simmetriya o’qidan front bo’yicha jixozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi.
Odamning har xil ishchi xolat (tik, o’tirgan, yotgan va engashgan) larining optimal va chegaraviy o’lchamlarini aniqlash uchun ish joyini ratsional tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma’lumotlar tizimlashtiriladi.
Ergonomikada ishning va ishchi xolatlarning harakteriga bog’lik xolda har xil turdagi ishchi stollar va o’rindiqlarni konstruksiyalash bo’yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi.
Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to’liq rejalashtirish, so’ngra qismlarini oldin optimal xolda, keyin amaliy ruxsat qilinganini rejalashtirish, ish jarayoni va jixozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondoshish.
Ish joyini loyihalashda antropometriya ma’lumotlarini hisobga olish muhimdir. Ergonomika bo’yicha manbalarda maxsus ta’kidlanadiki, konstruktor o’zining antropometrik va psixofiziologik harakteristikalarini boshqa odamlar uchun ham na’munaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.
Faqat inson tanasi o’lchamlari va a’zolari haqida, uning yoshi va jinsi o’rganilgan xolda keng to’plangan sistemali tanlangan malumotlarni jalb qilib o’lcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy bazani xosil qilish mumkin.
Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta’minlash maqsadga muvofiq: - operatorning eng ma’qul ishchi xolati (tik yoki o’tirgan xolda);
- muhimligi va qurish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini ratsional joylashtirish;