Ekologik muammolar va ularni hal etishda
fanning ahamiyati
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi ekologik
tanglikni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish esa
zamonaviy
texnikaga
asoslangan.
Texnikaning
manbai fandir. Demak, ekologiyaning qiyinchiliklari
fan-texnika taraqqiyoti bilan uzluksiz bog‘liqdir.
Fan yordamida tabiatning qonunlari kashf etiladi.
Inson omili hisobga olinmasdan o‘tkazilgan har
qanday tadqiqot hozirgi zamon ekologik vaziyatni
haqiqiy tarzda to‘liq aks ettira olmaydi. Ekologik
tanglikning sabablaridan biri ilmiy tafakkurdagi
haddan ortiq taxliliy mulohazaviy yondashuvdir. Ular
tabiat
bo‘laklarini
alohida
o‘rganish
bilan
cheklanadilar, tabiatga yaxlitlik nuqtai nazardan
qaramaydilar.
Ekologik muammolarning ildizi fanlar orasidagi
o‘zilish va ularning noteks rivojlanishi bilan bog‘liq.
Bu fanlarning ikki o‘ziga xosligi va ijtimoiy
ehtiyojlari ta’siri bilan belgilanadi. SHuni nazarda
tutmoq lozimki ekologik qiyinchiliklarga fanning
biror sohasida erishilgan yutuqlar ayibdor emas.
Hammasi natijasi ularoq bilimning boshqa sohalarga
tegishli o‘zgarishlar tezroq sodir bo‘lmaganligidadir.
Bilimlarning umumiy miqdori beqiyos ortgan
sharoitda fanlarning noteks rivojlanishi yana bir
ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga tabiiy
fanlar va texnikaviy fanlar orasida bog‘lanish bo‘lishi
kerak. Ular orsidagi bog‘lanish bo‘lganda ona
sayyoramizni istiqbolini belgilaydi. Fan-texnika
taraqqiyotining eng so‘ngi yutuqlaridan keng
foydalanish asosida yangi ilg‘or texnologiyalar
yaratiladi. Bu esa kam harjat qilinib, ijtimoiy ishlab
chiqarish rivojlanishining ekologik, tashkiliy, texnik,
iqtisodiy muammolarni ayni bir vaqtda hal etish
imkoniyatini beradi. Biotexnolgik taraqqiyot tufayli
atrof-muhit holatni yaxshilashda katta samaralarga
erishish mumkin bo‘ladi, o‘simliklardan olinadigan
energiya qazib olinadigan tiklab bo‘lmas yoqilg‘i
o‘rnini
to‘la
qoplay
olishi
mumkin.
Don
mahsulotlarining yuqori hosil beruvchi navlari,
noqulay sharoitlarga bardosh beruvchi turlar kashf
etilishi qishloq ho‘jaligida katta o‘zgarishlarga olib
keladi. Qishloq xo‘jalik zararkurandalariga qarshi
kurashishning
bir
butunlikdagi
usuli
yanada
osonlashadi. Biotexnologiya yordamida qattiq va
suyuq chiqindilarga ishlov berish, bu esa dolzarb
ekologik muammolarni hal etishga katta yordam
beradi.
Bu
muammolarni
hal
etishda
mikrobiologiyaning jadal sur’atlar bilan uning
yutuqlarini amaliyotga keng miqyosda joriy etilishini
taqozo qiladi. Fan insonga eng ishochli axborotlarni
beradi, inson bu axborotlarin qayta ishlab tabiiy tizim
va ekologik holatlarni yanada yomonlashuvini oldini
olishi mumkin bo‘ladi. Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi
o‘zaro munosabat muammolarni hal etishda fan oldiga
yangi vazifalar qo‘yilmokda. Bu vazifalarni hal
etishda ekologiyadan biologik yo‘nalishdagi boshqa
fanlarga, er haqidagi fanlarga, fizika-kimyo sohadagi
fanlarga, texnik va qishloq ho‘jaligi fanlariga,
tibbiyotga, ijtimoiy fanalarga o‘tkazish tarzida
namoyon bo‘ladi. Qayd etib o‘tilgan ilmiy
yo‘nalishlarning
rivojlanishi
inson
faoliyatini
ekologiyalashtirish tendensiyasi doirasida kechadi.
Umumiy holda ekologiyalashtirish deganda, tabiatni
o‘zgartirish faoliyatining salbiy natijalarini minimum
darajasiga keltirish maqsadida insonning tabiiy
muhitga ko‘rsatayotgan ta’siri tufayli kelib chiqishi
mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olish tushuniladi.
Inson faoliyatini ekologiyalashtirish extiyojdir. Uni
rivojlantirmasdan turib, ekologik muammolarni na
global, na hududiy, na mahalliy darajada hal etib
bo‘ladi. Jamiyat bilan tabiiy tizimlar doimo o‘zaro
ta’sirda bo‘ladilar. Jamiyat bilan o‘zaro ta’sirlanish
jarayonida tabiiy tizimlar tabiatni bir butun tadqiq
qilishga intilish fanning ekologiyalashtirishning eng
xarakterli
jihatlaridan
biri
ekanligidir.
Ekologiyalashtirish insonni bilish va o‘zgartirish
faoliyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etadi.
Fani ekologiyalashtirishning yana bir muhim
jihati, tadqiqot ob’ektlari bo‘lmish inson, atrof-muhit,
ularning o‘zaro munosabatlariga ijodkorlik va mehr-
muhabbat ruhida qarash lozim bo‘ladi. Bunday
munosabat ijtimoiy ongning barcha shaklllariga shu
jumladan fanga ham xos bo‘lishi kerak. Ya’ni fanning
asosiy vazifasi va maqsadi odamlarga farovonlik va
baxt keltirishidan iborat bo‘lmog‘i lozim. Fanni
ekolgiyalashtirish bilan bir qatorda ishlab chiqarishni
ham ekolgiyalashtirish ekologik muammolarni oldini
oladi. Har yili davlatimiz tomonidan ekologiya va
tabiatni muhofaza qilish uchun millionlab mablag‘lar
ajratadi.
Bundan
tashqari
aholining
ekologik
madaniyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish
borasida rejali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Atrof-muhitni
himoya qilish muammolarni hal etish uchun ekologik
xavfsiz kam chiqindili va chiqindisiz texnalogik
jarayonlarni yaratish yo‘li bilangina erishish mumkin
bo‘ladi.
Ekologiyalashtirigan ishlab chiqarish murakkab
yopiq jarayondan iborat. Bunda barcha chiqindilar
yana qaytadan ishlab chiqarish siklida foydalaniladi.
Bu erda biotexnologiyani o‘rni beqiyosdir, ya’ni
ishlab
chiqarishda
mikroorganizmlardan
foydalaniladi. Biotexnologik yo‘l bilan ishlab
chiqarilgan mahsulotlar ishonchli va toza bo‘ladi.
Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishda bir bosqich
chiqindilari ikkinchi bosqich uchun hom ashyo
hisoblaniladi. Ekologiyalashtirish ishlab chiqarishda
sifat jihatidan yangi energiya manbaiga o‘tiladi. Bu
uning xususiyati hisoblanadi. YAngi energiya
manbalarini izlash bugungi kunda ilmiy tadqiqot
markazida
turibdi.
Dunyoning
ko‘pgina
mamlakatlarida atom quvvatidan foydalanilmokda.
Butun dunyoda 300 ga yaqin AES ishlab turibdi.
Kimyoviy
usulllarda
olinadigan
va
quyosh
geoterminal, shamol, dengiz suvning ko‘tarilishi
pasayishi va noan’anaviy qayta tiklanmaydigan
barcha turdagi quvvatlar ham mavjud. Mutaxasisslar
vodorodga energiyanining istiqbolli manbai sifatida
qaraydilar. Undan issiqlik manbai va transport
sanoatida, turmushda foydalanish mumkin. Bu esa
atrof-muhitni sof holida saqlashga erishilishga olib
keladi, chunki vodorod yonishi jarayonida suv bug‘i
hosil bo‘ladi. Sanoat miqyosida asosan oddiy suvdan
vodorod ishlab chiqarishni ko‘pgina usullari topilgan.
Energiyaning yangi manbalaridan biri-issiqlik
nasoslaridir. Bu nasoslar freon yordamida atrof-
muhitga sochilgan issiqlikni yig‘adi va uni amaliy
maqsadga qo‘llash uchun quyiltiriladi. SHunday qilib,
energiyani saqlanish qonunini bo‘zmay turib atrof-
muhitdan issiqlikni kondensatsiya qilish hisobiga
ko‘ra go‘yoki «abadiy ishlaydigan dvigatel»
yaratiladi. Hozirda issiqlik nasoslari Evropaning turli
mamlakatlarida ishlab turibdi. Ularning quvvati
taxminan 100 ming kVt.ga teng.
Ekolgiyalashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tish
materiya harakatining biologik shakli, ya’ni tirik
tabiatdagi modda almashinuvi jarayonlari qonuniyat
va xususiyatlaridan kengroq foydalanish bilan
bog‘liqdir. Biokimyoviy texnologiya yaratish va uni
rivojlantirish, bu yo‘nalishdagi birinchi qo‘yilgan
qadamdir. Bunda asosiy ishlab chiqarish jaryonlari
tirik xujayralarda kechadi. Yangi ishlab chiqarish
jarayonining eng muhim omili mikroorganizmlardir.
Masalan, mikroorganizmlar qipiqlarni qayta ishlab
qimmatbaho oqsil mahsulotiga aylantirish qobiliyatiga
ega. U hayvonlarga qo‘shimcha oziqa sifatida
solinadi.
Hozirgi vaqtda fizik-kimyoviy biologiya va
biotexnologiyaning rivojlanishiga Dunyo miqyosida
katta e’tibor berilmokda. Ularning yutuqlari
tibbiyotda, qishloq ho‘jaligida va sanoatda keng
foydalaniladi. Xususan, Mikrobiologiya insitutida
keyingi yillarda salmoqli ishlar qilindi. Institutda «Er
malhami» preparatini taklif etdiilar, u tuproqni
biologik
jihatidan
sog‘lamlashtiradi,
mineral
o‘g‘itlarni tejaydi, muhitning ekologik holatini
yaxshilaydi, urug‘ni unib chiqishini tezlashtiradi.
Fermentlar yordamida mahsulotlarni parchalash
usullari ham yaxshi natijalarni bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |