13-modda.
Yong‘in xavfsizligi sohasida
normativ jihatdan tartibga solish
Yong‘in xavfsizligi sohasida normativ jihatdan
tartibga solish ijro etilishi shart bo‘lgan yong‘in
xavfsizligi talablarining vakolatli organlar tomonidan
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek normativ
hujjatlarda belgilanishidir.
Vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan
yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan
normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek normativ
hujjatlar Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan
kelishib olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |