Yong‘in yuz berganda odamlar evakuatsiyasi
Bino va inshootlarda odamlarning harakatlanishi
zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni
amalga oshirishda odamlarning harakati me’yoriy
yoki majburiy holda bo'lishi mumkin. Birinchisida
odamlarning bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj
yuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa,
ikkinchisida bino yoki xonalardan yong‘in yoki zilzila
sharoitida odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga
majburiy ko'chish uchun mo‘ljallangan harakati
tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayoni ikkita yoki
to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |