Jaroxatlanish, baxtsiz xodisa va kasb
kasalliklari xaqida tushuncha
Aloqa korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat
sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga,
me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik
ishchilarni jaroxatlanishga, zaxarlanishga va kasb
kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi
mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri
natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi.
Jarog‘atlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish,
suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan
kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaxarlanish
va
elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi
qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi.
Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz xodisa deb xam
yuritiladi.
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi,
ishlab
chikarishda,
ish
joyida
jarohatlanish,
ikkinchisi, ish bilan bog‘liq lekin ishlab chiqarish
bilan bog‘liq bo‘lmagan jaroxatlanish va uchinchisi,
ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jaroxatlanish.
Ishlab
chiqarishda,
ish
joylarida
olingan
jaroxatlanishga,
ishchi ma’muriyat tomonidan
buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda,
zavod xududida yuk ortish va yuk tushirish yoki
ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish
vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish
vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida
yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq
ishlab chiqarish xududidan tashqaridagi ba’zi bir
ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan
iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish
natijasida
olingan
jarohatlar,
davlat
mulkini
o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi
jarohatlanishlar kiradi.
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad,
sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan har
qanday baxtsiz hodisaga javobgar xisoblanadi.
Ma’muriyat birinchi va ikki turdagi baxtsiz xodisa,
ya’ni jarohatlanish ishlab chiqarish bilan bog‘langan
taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga
uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan
kunlari uchun to‘liq xaq to‘lanadi.
Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan
xavfsiz ish sharoitini yaratish soxasida yul qo‘yilgan
xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni
muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal
qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi
ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar
hisoblanadi.
Bunda
moddiy
to‘lov
mikdori
ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik
darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga
asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq, bo‘lgan
jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona
tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi
natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan
zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaxarlanish
yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy
zaxarlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish
yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi
natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz
bersa, uni o‘tkir zaxarlanish deyiladi, agar uzoq
muddat
davomida
zaxarli moddalar yig‘ilishi
natijasida yuz bersa, surunkali zaxarlanish deyiladi.
Surunkali zaxarlanish kasb kasalliklariga olib keladi.
Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida
ishlash natijasida kelib chiqadigan xamma kasalliklar
kiradi. Masalan, xavo bosimining ortiq yoki kam
bo‘lishi natijasida kesson kasalligi, sanoatda ajralib
chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi,
yallig‘lanish va zaxarli moddalar ta’siridan dermatit
va yara kasalliklari kelib chiqadi.
Sanoat
korxonalarida
ishlab
chiqarish
jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib
bo‘lmaydigan xol xisoblanadi. Agar bunday xol yuz
berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan
tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
Shuning
uchun
xam
ishlab
chiqarish
korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz xodisa
xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi.
Tekshirish va xisobga olish umumiy o‘rnatilgan
qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l
qo‘yilgan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini
hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish
sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz xodisa va
kasb kasalliklarining qaytarilishini oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |