Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat gigienasining qurulishdagi



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/259
Sana31.12.2021
Hajmi5,02 Mb.
#240027
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   259
Bog'liq
5c78e023dfdea

A-toifasi: ionli nurlanishlar manbalarida mehnat 

qilganliklari sababli, nurlanish ta'siriga duchor bo'lishi 

mumkin bo'lgan shaxslar. 

B-toifasi:  nurlanishlar  bilan  ish  olib  boriladigan 

sanoat  korxonasi  joylashgan  joyda  yoki  unga  yaqin 

zonalarda yashovchi shaxslar. 

D-toifasi:  mamlakatning  hamma  aholi  yashash 

punktlari. 

Ichki  va  tashqi  nurlanishlar  uchun  yo'l  qo'yilishi 

mumkin  bo'lgan  doza  (YQD)  inson  organizmining 

muhim qismlarini 3 guruhga bo'lish bilan belgilanadi: 

1) butun tana, qizil suyak iligi; 




2)  muskullar,  qalqonsimoh  bez,  yog'  to'plovchi 

hujayralar,  jigar,  buyrak,  taloq,  ovqat  hazm  qilish 

a'zolari, o'pka, ko'z qorachig'i va boshqalar.  

3)  suyak  to'qimalari,  qo'l  terisi  yelka,  boldir 

tovonlar: 

A toifasiga kiradigan ishchilaming muhim xavfli 

a'zolarining  ichki  va  tashqi  nurlanishda  yo'l 

qo'yiladigan dozasi quyidagicha: 

 

2.2-jadval 



 

 

2.3- jadval 




 

 

Har  qanday  holatda  ham  30  yil  davomida, 



yig'ilgan  doza  yo'l  qo'yish  mumkin  bo'lgan  dozadan 

12  martadan  ko'p  bo'lmasligi  kerak.  Nurlanishning 

yo'l  qo'yilishi  mumkin  bo'lgan  dozasi  A  toifasidagi 

ishchilatfl toifa a'zolari uchun quyidagi formula bilan 

aniqlanadigan dozadan ortib ketmasligi kerak. 

 

bunda, D - doza; N - ishchining yoshi, yil. 



Ishchilaming  ichki  rnurlanishlarini  kamaytirish 

uchun radioaktiv moddalarni ochiq holatda ishlatishga 

yo'l qo'ymaslik, odam ichki a'zolariga, xonadagi havo 

jnuhitiga  tushib  qolmasligini  ta'minlash,  shuningdek, 

radioaktiv  moddalar  bilan  qo'l,  kiyim  va  xonadagi 

jihozlar  yuzasini  zararlanishdan  saqlash  kerak.  Ochiq 




holda  ishlatilganda  ichda  nurlantirish  xavfi  bo'lgan 

radioaktiv moddalar besh guruhga bo'linadi:  

A-nihoyatda  yuqori  nurlanish  aktivligiga  ega 

bo'lgan izotoplar; 

B-yuqori  nurlanish  aktivligiga  ega  bo'lgan 

izotoplar; 

D-o'rtacha  nurlanish  aktivligiga  ega  bo'lgan 

izotoplar; 

E-kichik  nurlanish  aktivligiga  ega  bo'lgan 

izotoplar;  

F-nurianish aktivligi juda kam bo'lgan izotoplar.  

Radioaktiv 

moddalar 

bilan 


ochiq 

holda 


ishlaganda ularning zararli nurlanish aktivligiga qarab 

uch  sinfga  bo'linadi.  Zararli  nurlanish  aktivligi 

bo'yicha  III  sinfga  mansub  moddalar  bilan  kimyo 

laboratoriyalarida  ishlash  mumkin.  I  va  II  sinf 

moddalar  bilan  esa  maxsus  jihozlanganva  ma'lum 

sanitariya-gigiena  va  texnik  talabga  javob  beradigan 

xonalarda  ish  olib  borish  tavsiya  etiladi.  III  sinf 

moddalarni ishlatganda ba'zi bir yengil operatsiyalarni 




ish 

stolida, 

asosan, 

maxsus 


shamollatiladigan 

shkaflarda bajariladi.  I  va  II sinf  radioaktiv  moddalar 

bilan ishlash asosan shamollatiladigan shkaflarda yoki 

maxsus bokslarda amalga oshiriladi. 

Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, radioaktiv 

modda  zarralari  ish  joylarini,  odamning  qo'llari  va 

boshqa  ochiq  tana  qismlariga  o'tirib  qolishi,  havo 

muhitiga o'tib qolishi  va  u  yerda  radioaktiv  nurlanish 

manbalari  hosil  qilishi  mumkin.  Shuningdek,  bu 

radioaktiv  changsimon  moddalar  nafas  yo'llari  yoki 

teri  orqali  organizm  ichki  a'zolariga  kirib  qolishi 

mumkin.  Terining  nurlanish  dozasini  katta  aniqlik 

bilan  hisoblash  imkoniyatlari  bor.  Buning  uchun  ish 

bajarilayotgan 

zonaning 

zararianish 

darajasi 

aniqlanadi. 

Bunda 

ishlatilayotgan 



moddlaning 

aktivligi  va  zararlangan  yuzaning  kattaligi  hisobga 

olinadi. 

Ichdan nurlanish dozasini hisoblash ancha qiyin, 

chunki  u  bir  qancha  omillaiga  bog’liq.  Teri,  shaxsiy 

muhofaza  aslahalari  va  xonalar  ishchi  yuzalarining 




yo'lqo'yiladigan  zararianish  darajasi  aniqlanmaydi. 

Bular  radioaktiv  moddalar  bilan  ishlashda  orttirilgan 

tajribalarga 

asoslangan 

sanitariya 

qoidalarida 

belgilanadi. 


Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish