Vakolatli organlar yong‘in xavfsizligi uchun
noqulay sharoitlar to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini darhol va bepul
asosda xabardor qilishi shart.
Faoliyati to‘liq yoki qisman O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari
yong‘in xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni
bepul asosda e’lon qilishi shart.
Mahalliy
davlat
hokimiyati
organlari
va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yong‘in
xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan
qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: