Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat gigienasining qurulishdagi


Binolarda portlashga qarshi himoya



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/259
Sana31.12.2021
Hajmi5,02 Mb.
#240027
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   259
Bog'liq
5c78e023dfdea

 

Binolarda portlashga qarshi himoya 

vositalarini loyihalash 

Portlashga moyil xonalari mavjud bo‘lgan sanoat 

korxonalarini  loyihalashda,  ularni  portlashdan  va 

butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat 




qiladigan    chora-tadbirlar  ishlab  chiqiladi  va  tadbiq 

etiladi.  Bunday  tadbirlarni  asosiy  vazifasi  sanoat 

korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘lib, 

portlashga  sabab  bo‘luvchi  omillarni  bartaraf  etishga 

qaratilgan  bo‘ladi.  Bu  kabi  xavfsizlik  muammolari 

ishlab  chiqarish  tartibini  yaratish  yoki  tanlash 

jarayonida  mukammal  echilishi  kerak.  Ya’ni  ishlab 

chiqarishda shunday  texnologik tizimni  tanlash lozim 

bo‘ladiki,  uni  ishlatish  jarayonida  dastgoh  va 

uskunalardan  portlovchi  gaz  va  havo  aralashmasini 

hosil  bo‘lishiga  etarli  bo‘lgan  yonuvchi  gaz    va 

suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham 

portlaydigan 

miqdorgacha  yig‘ilib  qolmasligini 

ta’minlay  oladigan  bo‘lishi  kerak.  Agar  barcha 

tadbirlarni  bajarganda  ham,  portlash  xavfi  to‘liq 

bartaraf  etilmaydigan  bo‘lsa,  bu  holda  bino  va 

inshootlarni 

loyihalashda 

maxsus 


konstruktiv 

echimlar  vositasi  bilan  ularni  portlash  oqibatidagi 

buzilish darajasini kamaytirish choralari qo‘llaniladi. 



«Portlash  xavfsizligi»  davlat  me’zoni  talablari 

bo‘yicha  ishlab  chiqarish  jarayonlari  shunday 

takomillashgan  bo‘lishi  lozimki,  yil  davomida  ularda 

sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlash ehtimoli 1/10

dan  oshmasligi  kerak.  Ammo  har  qancha  texnologik 



ogohlantirishlar 

va 


texnik-tashkiliy 

tadbirlarni 

qo‘llanishiga  qaramay,  ba’zan  talofatli  portlashlar 

sodir bo‘lib turadi. 

Bino  va  inshootlarni  yonish  va  portlash  xavfi 

bo‘yicha  A  va  B  toifasiga  kiruvchi  sanoat 

korxonalarida,  avariya  holatida  yonuvchi  gaz  yoki 

changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo‘lishi 

sababli  yong‘in  yoki  portlash  sodir  bo‘lishi  mumkin. 

Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib 

ketishdan  saqlash  maqsadida  «Ishlab  chiqarish 

binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda 

portlash  paytida  hosil  bo‘ladigan  bosimni  ta’sir 

kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi» 

binoning  yuk  ko‘taruvchi  asosiy  qismlarini  saqlab 



qolish 

uchun 


xizmat 

qiladigan 

qurilmalar 

rejalashtiriladi. 

 

 

5.6-rasm. Binolardagi asosiy izolyatsiya panellari 



 

Engil  otilib  ketuvchi  qurilmalarga  qo‘yiladigan 

asosiy talab, xonadagi xavfli gaz va havo aralashmasi 

bosimini  portlash  vaqtida,  binoning  asosiy  yuk 

ko‘taruvchi  qismlarini  buzilib  ketmasligini  ta’minlay 

oladigan darajada chegaralashdan iborat. 




Engil 

otilib 


ketuvchi 

qurilmalari 

tashqi 

devorlarda 

yoki 

tomda 


o‘rnatiladi.  Devorda 

o‘rnatiladigan  qurilmalar  tomdagisiga  nisbatan  30-

50%ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarajatli 

hisoblanadi. 

Engil  otilib  ketuvchi  qurilmalarni    xisoblash  va 

loyihalashda  ularni  massasini  va  mustahkamligini 

shunday  tanlash  kerakki,  portlash  vaqtida  devorlarga 

tushadigan bosim (R

p

), ruxsat etilgan bosim (R



rux

) dan 


ortiq bo‘lmasin, ya’ni 

R

p



 < R

rux


Bunday  qurilmalar,  bino  va  inshootlarni  tom 

yopiladigan  qismida  yoki  tashqi  devorida  o‘rnatiladi. 

Ularning  umumiy  maydoni,  A  toifadagi  korxonalar 

uchun portlash xavfi mavjud bo‘lgan xonalarning har 

1m

3



  hajmiga  0,05m

2

  dan  va  B  toifadagi  korxonalar 



uchun  esa  har  1m

3

    hajmiga  0,03m



dan


 

kam 


bo‘lmagan miqdorda loyihalashtiriladi. 

 



 

5.7 – rasm. Uylar o’rtasidagi yong'in ajratadigan 

devor 

 

Engil  otilib  ketuvchi  qurilmalarga  deraza,  eshik, 



darvoza,  asbestsement  fanerdan,  alyumin  va  po‘lat 

tunukalar  bilan  qoplanib,  ichiga  engil  isitgich 

polimerlar  bilan  to‘ldirilgan  panellar  va  shunga 

o‘xshash  engil  qurilmalar  misol  bo‘la  oladi.  Bunday 

qurilmalarning engil otilib ketishi uchun ruxsat etilgan 

og‘irligi 120kg/m

2

 dan oshmasligi kerak. 




Derazalarning  engil  otilib  ketuvchi  qurilmalarga 

aylanishi uchun ulardagi oynalarning qalinligi 3, 4 va 

5mm  bo‘lganda,  sirti  mutanosib  holda  0,8;  1,0  va 

1,5m


2

 dan kam bo‘lmasligi lozim.  

Tomyopgich  sirtida  o‘rnatilgan  engil  otilib 

ketuvchi 

qurilmasining 

umumiy 


maydoni 

aniqlangandan  keyin,  uni  har  biri  180m

2

  dan 


oshmagan,  alohida  to‘rtburchaklarga  bo‘lingan  holda 

joylashtirilgan  bo‘lishi  kerak.  Bu  qurilmalarning 

og‘irligidan 

hosil 


bo‘ladigan 

bosim 


0,7kPa 

(70kgs/m


2

)dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 

A  va  B  toifadagi  bir  qavatli  binolarni  tomida 

o‘rnatilgan    Engil  otilib  ketuvchi  qurilmalari,  ishlab 

chiqarish tartibi talablarini buzmagan va atrof-muhitni 

hisobga 


olgan 

holda 


tashqi 

devorga 


yaqin 

joylashtirilishi  va  ko‘p  qavatli  binolarda  oxirgi 

qavatda  yoki  tashqi  devorda  o‘rnatilishi  lozim. 

Bunday  xonalarni    erto‘la  va  er  osti  qavatlarida 

joylashtirilishi ruxsat etilmaydi. 

 




Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish