Yong'nga qarshi to‘siqlar
Yong‘inga qarshi to‘siqlar yong‘in sodir bo'lgan
joylarda olovni binoning boshqa qismlariga tarqab
ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular
umumiy va mahalliy to'siqlardan iborat bo'ladi.
Umumiy to'siqlar olovni binoning hajmi bo'yicha
tarqalishidan muhofaza qiladi. Bunday to'siqlarga
yong'inga qarshi devorlar va yuk ko'tarish qobiliyatiga
ega bo'lgan eshik va derazasiz devorlar, tomyopgich
plitalar, himoya hududlari, seksiyalar va oraliqlar
misol bo'ladi. To'siqlar joylashgan hududlar odatda
tutundan himoyalagich, havo so'rgich moslamalar
bilan jihozlangan bo'lishi lozim. Ba’zi hoilarda
qizigan havo yo'lini to'sish maqsadida suv pardasini
oqizish yo'li bilan ham bino qismlaridagi haroratning
ko'tarilmasligini ta’minlash mumkin. Mahalliy
to'siqlarga esa, bino ichidagi o'tda yonmaydigan devor
va pardevorlar hamda binoning tomida joylashgan
yong'inga qarshi parapet to'siqlar, shuningdek,
shamollatish
qurilmalarida
va
havo
uzatgich
moslamalarida o'rnatiladigan shiber va to'sqichlar
kiradi. Mahalliy to'siqlarning vazifasi yong'inning sirt
bo'ylab chiziqli tarqalishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat.
Yong'inga qarshi to'siqlar o'zlarining o'tga chidamlilik
xususiyatlariga binoan uch turga bo linadi va ular 5.3-
jadvalda aks ettirilgan:
Yong'inga
qarshi
devorlar
odatda
o'tda
yonmaydigan,
tosh
va
beton
ashyolaridan
tayyorlanishi va alohida poydevorga ega bo'lishi
lozim. Bunday devorlar binoni qismlarga, ya’ni
yong'inga qarshi bo'linmalarga bo'lish uchun xizmat
qiladi. Yong'inga qarshi devorlaming o'tga chidamlilik
darajasi 2,5 soatdan, bo'linmaning ichida bo'lsa, 0,75
soatdan kam bo'lmasligi zarur.
5.3-jadval
Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamiilik
xususiyatlari
To‘siqlaming nomi
To'siq turlari
1
2
3
Yong'inga qarshi devorlar
2,5
0,75
-
Tom yopg‘ich plitalar
2,5
1,0
0,75
Eshiklar, derazalar.
darvozalar, tutunga qarshi
qopqalar va h.k.
1,2
0,5
0,25
Pardevorlar
0,75
0,25
-
Tambur- shluzlardagi
eshiklar
0,75
0,6
-
Devorlar
0,75
-
-
Yong‘inga qarshi devorlar shaxsiy poydevorga
ega bo‘lishi bilan bir qatorda, bino balandligi bo‘yicha
uzluksiz davom etishi va tom yopgich qurilma
yonuvchi ashyo bilan qoplangan bo‘lsa, uning sirtidan
60 sm ga baland bo‘lishi va agar qiyin yonuvchi
ashyolar bilan qopiangan bo‘lsa, 30 sm ga ko'tarilgan
bo‘lishi shart. Agar tom yopg‘ich qurilma o‘tda
yonmaydigan ashyolardan tarkib topgan bov‘lsagina,
yong‘inga qarshi devorlar tom sirtidan ko‘tarilmagan
holda bajarilishi mumkin. Yong‘inga qarshi devorlar
yong‘ln paytida ularga tayanib turgan tom yopgich va
boshqa qurilmalami qulab tushgan chog‘ida ham
mustahkam tura olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Yong‘inga qarshi devorlarda eshik qo‘yish ayrim
holatlarda ruxsat etiladi, ammo bu eshiklar albatta
maxsus, yong‘inga chidamli qilib tayyorlangan
bo‘ladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi kamida
1,2 soatga teng bo‘lishi shart. Bunday eshiklar metal
karkasdan tayyorlanib, ikkala tomonidan po‘lat
tunuka bilan qoplanadi va orasi o‘tda yonmaydigan
mineral paxta va boshqa issiqlik saqlagich ashyolar
bilan to‘ldiriladi. Bular o‘tda yonmaydigan eshiklar
turiga kiradi. Yong‘inga qarshi devorlarda zarurat
bo‘lganda ochilmaydigan derazalar qo‘yilishiga ruxsat
etiladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi 1,2 soat
dan kam bo‘lmasligi lozim. Odatda, ular olovga
chidamli bo‘lgan shisha bloklar yoki shisha
profilitlardan tayyorlanadi.
Yong‘inga qarshi tomyopgich plitalar deb, o‘tda
yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan va tutun
o‘tkazmaydigan, o‘tga chidamlilik chegarasi 0,75
soatdan kam bo‘magan yaxlit qurilmalarga aytiladi.
Bunday qurilmalar yong‘in paytida binoning yuqori
qavatidan xonalarga tutun va yong‘inning me’yordagi
vaqt davomida o‘tmasligini ta'minlash maqsadida
qo‘llaniladi. Odatda, bunday plitalar o‘tga chidamlilik
darajasi 1 dan V gacha aniq bo‘lgan bino va
inshootlarda o‘rnatiladi. Bu toifadagi sanoat
korxonalarining o‘tga chidamlilik darajasi I va II
bo‘lgan yer osti qavatlarida, yonuvchi moddalar
joylashgan xonalarda yoki yong‘in xavfi mavjud
bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari kechadigan
xonalardagi tom yopgich qurilmalarning o‘tga
chidamlilik chegarasi 1 soatdan kam bo‘lmasligi va
o‘tga chidamlilik darajasi III, IV va V bo‘lgan bino va
inshootlarda esa 0,75 soatdan kam bo‘lmasligi shart.
Yong‘inga chidamli tom yopgich plitalar uch turga
bo‘linadi: o‘tga chidamlilik darajasi 2,5 soatdan kam
bo‘lmasa 1-turga, 1 soat bo‘lganda 2 turga va 0,75
soatga teng bo‘lsa 3 turga kiradi. Ular yonmaydigan
ashyolardan tayyorlanadi va me’yor talab etgan o‘tga
chidamlilik muddati davomida yong‘inning bino
qavatlari bo‘yicha tarqalib ketmasligini ta’minlash
uchun xizmat qiladi.
Yong'inga qarshi tom yopgich plitalarda qoida
bo'yicha tuynuk qo'yilmaydi. Lekin tuynuk qo‘yish
lozim bo‘lsa, ular yong‘inda yonmaydigan qopqoqlar
yoki maxsus klapanlar bilan himoyalanadi. Bunday
toifadagi tom yopgich plitalarning ishlatilish sohalari
maxsus hamda tarmoq qurilish me’yorlari va
qoidalarida me’yorlanadi. Bu xildagi tom yopgich
plitalaming eng ko'p tarqalganlari 2- va 3-turlari
hisoblanib, ular asosan I va II darajali o‘tga
chidamlilikka ega bo‘lgan bino va inshootlarning
yerto'la
hamda
chordoq
tomlarini
yopishda
qo‘1laniladi.
Agar qolgan barcha qavatlaming tom yopgich
plitalari o‘tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan
va xonaning shifti bo‘yicha tuynuksiz yaxlit
o‘matilgan bo'lsa hamda o'tga chidamlilik darajasi
0,75 soatdan kam bo'lmasa, ular yong‘inga qarshi
to'siq vazifasini o‘tashi mumkin. Yong‘inga qarshi
ishlaydigan 1-turdagi tom yopgich plitalar, asosan, bir
qavatli sanoat korxonalari va omborxonalardagi
yong‘inga
qarshi
bo'linmalar,
seksiyalar
va
hududlaming tomini yopishda qo'llaniladi, chunki
ularning devorlari ham shu toifadan bo‘lib, bir xildagi
o'tga chidamlilik darajasiga ega. I va 11 darajaii
yong'inga chidamli binolarning yerosti va barcha
qavatlaridagi yong'inga qarshi ishlaydigan tom
yopgich plitalarining o'tga chidamlilik darajasi, eng
kamida 1 soatga, III va V darajaii o'tga chidamli
binolarda esa 0,75 soatdan kam bo'lmasligi kerak.
Evakuatsiya yo'llari (yo'laklar, zinapoya va dahliz)
ustidagi tom yopgich plitalar yong'inga qarshi to'siq
vazifasini o'taydi, shu boisdan ular o'tga chidamli
ashyolardan tayyorlangan bo'lishi va yong'in paytida
kamida 2,5 soat ustuvor tura olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |