O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIOLOGIYA VA VALEOLOGIYA ASOSLARI
KAFEDRASI
«TASDIQLAYMAN»
O`quv ishlari bo`yicha prorektor
_____________t.f.n. M. Esanov
«___» ______________2019 yil
“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”
fanining
ISHCHI O`QUV DASTURI
2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli,3-kurslar uchun
Bilim sohasi: 600000 – Xizmatlar
Ta’lim sohasi: 610000 – Xizmat ko’rsatish
Bakalavriat ta’lim yo’nalishi: 5630100 – Ekologiya va atrof muhit
muhofazasi (kunduzgi)
NAMANGAN – 2019
|
Fanning ishchi o`quv dasturi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 – iyunda tasdiqlangan -buyrug’i asosidagi namunaviy fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: A. Najimov-Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi o`qituvchisi
Fanning ishchi o`quv dasturi Fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasining 2019 yil __-avgustdagi 1- sonli yig’ilishida muhokamadan o`tgan va fakul’tet kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri:__________________b.f.n. S. Mavlanova
Fanning ishchi o`quv dasturi «Jismoniy madaniyat» fakul’tet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil ___ -avgustdagi 1– sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi:_______________________ I. Xolmirzayev
Kelishildi:
O`quv uslubiy boshqarma boshlig’i_____________ b.f.n. D. Dehqonov
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog’lig’ini inson faoliyatining barcha sohalarida muho-fazalashda „Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFX) fani asosiy o`rinlardan birini egallaydi.
Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta`siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta`minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiena me`yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o`rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro`y berishi, insoniyat tomonidan qo`llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko`plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog’lig’iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. SHu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta`minlash masalalari dolzarb o`rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o`rganadi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fan o`qitilishining maqsadi – bo`lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo`qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini o`rgatishdan iborat.
O`quv fanini o`rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o`rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o`rganish. SHuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o`rgatish, zararlangan shikastlanish o`choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o`tkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik choralarini ko`rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko`nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.
Fan bo`yicha talabaning malakasiga qo`yiladigan talablar.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib «Hayot faoliyati xavfsizligi» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- bilimlarning bir butun tizimi bilan o`zaro bog’liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari to`g’risida;
- o`z bo`lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to`g’risida;
- xavf-xatarlarni identifikatsiyalash;
- xavfsizlikni ta`minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish;
- faoliyatning xavfsiz sharoitlarini loyihalash;
-ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi.
- hayot-faoliyat xavfsizligini ta`minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;
- faoliyat xavfsizligi sharoitlarini yaratishda mansabdor shaxslarning vazifalari va javobgarliklarini;
- ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish uslublarini;
- xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini;
-ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigienik me`yorlarini tashkil etishni bilishi kerak.
- ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni;
-elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko`rsatganda va ta`mirlashda ko`riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari;
- zararsiz ish sharoitini ta`minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalari;
-yong’in chiqish sabablari, ular oldini olish va o`chirishning tashkiliy va texnik vositalari;
- favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari;
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish tamoyillari, uslublari va vositalari to`g’risida tushunchaga ega bo`lishi kerak.
- favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lishi kerak.
-turli holatlarda jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsata olish;
- texnika, elektr va yong’in xavfsizligi talab va me`yorlarini tez va qat’iylik bilan bajarish tajribasiga ega bo`lishi kerak.
Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi
Fanga umumiy 62 soat ajratilgan bo’lib, shundan 36 soatini auditoriya mashg’ulotlari tashkil etadi, semestr davomida haftasiga 2 soatdan o’tiladi.
Semestr bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti.
Semestr
|
Yuklama
|
Auditoriya mashg’ulotlari turi bo’yicha o’quv
yuklamasi taqsimoti (soat)
|
Mustaqil
ish
|
Jami
|
Ma`ru- zalar
|
Amaliy mashg’ulot
|
Laboratoriya mashg’ulot
|
Seminar
|
Kurs ishi
(proyekt)
|
7-semestr
|
66
|
36
|
18
|
18
|
-
|
-
|
-
|
30
|
Jami
|
66
|
36
|
18
|
18
|
-
|
-
|
-
|
30
|
Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar
№
|
Мavzular
|
Qisqacha mazmuni
|
Soati
|
1
|
Kirish. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
|
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob`ektlari. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari. Texnosferada xavfsizlikni ta`minlash vositalari. “Inson - muhit” tizimida inson omili. Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomika asoslari. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari.
|
2
|
2
|
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me`yoriy hujjatlar tizimi.
|
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me`yoriy hujjatlar tizimi. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta`minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’ bilan ta`minlash. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o`qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
|
2
|
3
|
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigienasi. Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigienik asoslari.
|
Inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari. Texnosferada havo muhitining ko`rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta`siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me`yorlari, ularning inson organizmiga ta`siri. Ishlab chiqarishda yoritish va uni me`yorlari. Tabiiy va sun`iy yoritish. YOritishga qo`yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari.
|
2
|
4
|
Favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasi.
|
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari, uning iqtisodiyot tarmoqlarida tashkil etish tartiblari.
|
2
|
5
|
Kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibat-lari.
|
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g’risida”gi 455-son qarorining mohiyati.
|
2
|
6
|
Terrorizm va aholi muhofazasi. Terrorizm va aholi muhofazasi.
|
O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustdagi “Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.
|
2
|
7
|
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish.
|
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari. Favqulodda holatlarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkil etish.
|
2
|
8
|
Yong’in xavfsizligi. Yong’in xavfsizligiga oid qonunlar.
|
*Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda tabiiy gaz va boshqa muqobil yoqilg’i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlari va anjomlaridan xavfsiz foydalanish. O`zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrdagi “YOng’in xavfsizligi to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati. YOng’in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari.
|
2
|
9
|
Birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish asoslari.
|
Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishning tartib va qoidalari.
|
2
|
Жами
|
18
|
*Ilova: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktabrdagi 05-/14-1-sonli “Fuqarolarning turli xil og’ir gazlardan zaharlanishining oldini olish va ogohlantirish bo’yicha chora tadbirlar Dasturi”ning 8-band ijrosiga muvofiq “Hayot faoliyati
xavfsizligi” fanining ishchi o’quv dasturiga quyidagi mavzu kiritildi:
Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda tabiiy gaz va boshqa muqobil yoqilg’i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlari va anjomlaridan xavfsiz foydalanish.
Amaliy mashg’ulotlar taqsimoti
№
|
Мavzular
|
Qisqacha mazmuni
|
Soati
|
|
HFX fanining asosiy tushunchalari mohiyati.
|
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchalari, uning mohiyati, asos va usullar, maqsadi va vazifalari
|
2
|
|
Xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash
|
Havflarning turlari, ularni yuzaga kelishi bo’yich guruhlash va uni bartaraf etish chora tadbirlari, havflarni identifikatsiyalash.
|
2
|
|
Tavakkal nazariyasi mohiyati va qoidalari
|
Tavakkalni turlari, Tavakkal nazariyasi mohiyati va qoidalari, Shaxsiy va ommaviy tavakkal mazmuni uning sabab va oqibatlari.
|
2
|
|
Turli tizimlarni dekompozitsiya-lashni, xavfsizlikni tizimiy tahlil qilishni va loyihalash
|
Turli tizimlarda bo’ladigan havfsizlik choralarini oldindan tahlil qilish va mavjud havflarni bartaraf etish, oldini olish, havfsizlikni tizimiy tahlil qilishni va loyihalash.
|
2
|
|
“Xavf-sabab-oqibat”ketma-ketligini. Xavfsizlikning ergonomik asoslari. Maqbul ish joyini tashkil qilish.
|
Xavf-sabab-oqibat ketma ketligi” uning yuzaga kelishi va bunday vaziyatlarda harakat qilish qoidalari, havfsizlikning erganomik asoslari, erganomik qoidalar, maqbul ish joylarini tashkil etish.
|
2
|
|
Xavf, xavfsizlik madaniyati. HFX aksiomalari.
|
Xavf uning turlari, namoyon bo’lish sabablari, havfsizlik madaniyati, HFX aksiomalari.
|
2
|
|
*Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda tabiiy gaz va boshqa muqobil yoqilg’i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlari va anjomlaridan xavfsiz foydalanish
|
Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda tabiiy gaz va boshqa muqobil yoqilg’i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlari va anjomlaridan xavfsiz foydalanish hamda is gazidan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam.
|
2
|
|
Siyosiy va harbiy, iqtisodiy va ijtimoiy, demografik va ekologik xavfsizlik.
|
Hozirgi davrdagi siyosiy va harbiy, iqtisodiy va ijtimoiy, demografik va ekologik havfsizlik
|
2
|
|
Jamiyat va shaxs, madaniyat va oziq-ovqat, ilmiy-texnik va axborot (informatsiya) xavfsizligi
|
Dunyo miqyosida jamiyat va shaxs, mamlakatlar aro madaniyat va oziq-ovqat, ilmiy-texnik va ahborot havfsizligi
|
2
|
Жами
|
|
18
|
*Ilova: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktabrdagi 05-/14-1-sonli “Fuqarolarning turli xil og’ir gazlardan zaharlanishining oldini olish va ogohlantirish bo’yicha chora tadbirlar Dasturi”ning 8-band ijrosiga muvofiq “Hayot faoliyati
xavfsizligi” fanining ishchi o’quv dasturiga quyidagi mavzu kiritildi:
Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda tabiiy gaz va boshqa muqobil yoqilg’i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlari va anjomlaridan xavfsiz foydalanish.
Mustaqil ish mavzulari va shakllari
№
|
Мavzu nomi
|
ТМI shakli
|
Soati
|
|
HFX muammolarini o`rganishga katta hissa qo`shgan jahon va vatanimiz olimlari. Ularning asosiy ilmiy-amaliy ishlari
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish Statistik tahlillar qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
2
|
|
Xavflarni kvantifikatsiya-lashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil qilish
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Slaydlar tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish
|
2
|
|
Xavfsizlikni ta`minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish.
Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Referatlar yozish. Krosvordlar tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish
|
2
|
|
Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomik ko`rsatkichlarini tahlil qilish. Ish o`rnini tashkillashtirishning talablari.
|
Loyiha tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish. Testlar tayorlash.
|
2
|
|
Inson antropometrik ko`rsatkichlarining faoliyat xavfsizligiga ta`siri. Faoliyat xavfsizli-gini ta`minlashda psixologik omillarning ahamiyati.
|
Inson antropometrik ko’rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish. Bu ko’rsatkichlarning ergonomikadagi o’rni haqida sharhlar yozish
|
2
|
|
O`zbekiston Respublikasida hayot faoliyat xavfsizligini ta`minlash sohasida qabul qilingan qonun va me`yoriy hujjatlar tizimi.
|
Lex.uz sayti orqali O’zbekiston respublikasining me’yoriy hujjatlari bilan tanishish. Qonunlarni yozma tahlil qilish.
|
2
|
7
|
Hayot faoliyati xavfsizligi fani bo`yicha glossariy tuzish. Insonning fiziologik va psixolo-gik tavsiflarining xavf-sizlikni ta`minlash-dagi ahamiyati.
|
Adabiyotlardan konspekt qilib glosariy tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish. Loyiha tayorlash. Individual topshiriqlarni bajarish
|
2
|
8
|
Odam anatomiyasining (antropometrik parametr-larining) xavfsizlikni ta`minlashdagi ahamiyati. Hayot faoliyati xavfsiz-ligini ta`minlashga oid xalqaro tajriba va izla-nishlar taxlili.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Statistik tahlillar qilish. Adabiyotlardan konspekt qilib xalqaro tajribalarni o’rganish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
2
|
9
|
Hayot faoliyati xavfsiz-ligini ta`minlashga oid chet davlatlarda qabul qilingan qonunlar va me`yoriy hujjatlar taxlili.
Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarining guruh-lanishi va tuzilishi.
Mashina va mexanizmlar uchun texnika xavfsizligi talablari keltiriladigan me`yoriy hujjatlar tizimi.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarib chet el tajribasini o’rganish
|
2
|
10
|
Davlat yong’in xavfsizligi xizmati. Respublika bo`yicha yong’inlar sodir bo`lishi va ularda ko`rila-digan zararlar to`g’risida statistik ma`lumotlar taxlili. Yong’indan himo-yalanishning zamonaviy texnik vositalari.
|
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish Statistik tahlillar qilish.
|
2
|
11
|
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar. “Terrorizmga qarshi kurash to`g’risida”gi qonun bandlarini o`rganish. “Xavfli ishlab chiqarish ob`ektlarining sanoat xavfsizligi to`g’risida” gi qonun bandlarini o`rganish.
O`zbekistonda bo`lishi mumkin bo`lgan texnogen xavflar.
|
Lex.uz saytidan ushbu qonunlarni olib o’rganish va ularning mazmuni bo’yicha sharhlar yozish.
|
2
|
12
|
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi(FVDT)ning struk-turaviy tuzilishini o`rganish. “Fuqaro muhofazasi to`g’risida”gi qonun bandlarini o`rga-nish. Markaziy Osiyoda bo`lishi mumkin bo`lgan tabiiy xavflar.
|
Tabiiy xavflardan himoyalanish usullarini o’rganish. Individual topshiriqlarni bajarish Lex.uz saytidan ushbu qonunni olib o’rganish va sharhlar yozish. Individual topshiriqlarni bajarish
|
2
|
13
|
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g’risi
da”gi qonun bandlarini o`rganish.
|
Lex.uz saytidan ushbu qonunlarni olib o’rganish va ularning mazmuni bo’yicha sharhlar yozish.
|
2
|
14
|
“Chiqindilar to`g’risida” gi qonun bandlarini o`rganish.
|
Lex.uz saytidan ushbu qonunlarni olib o’rganish va ularning mazmuni bo’yicha sharhlar yozish.
|
2
|
15
|
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha qabul qilingan davlat standartlari tizimini o`rganish.
|
ushbu davlat standartlarini olib o’rganish va ularning mazmuni bo’yicha sharhlar yozish.
|
2
|
Жами
|
30
|
NAZORAT SAVOLNOMALARI
Oraliq nazorat savollari
1. Hayot faoliyati xavfsizligi kursining qisqacha mazmuni
2. Hayot faoliyati xavfsizligi kursining tarkibiy qismlari
3. Ishlab chiqarishda yoritish va uni me`yorlari.
4. Ul’tra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta`siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari.
5. Ishlab chiqarishda elektrxavfsizlik asoslari.
6. Tabiiy va sun`iy yoritish. Yoritish vositalari.
7. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta`siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari.
8. Texnosferada xavfsizlikni ta`minlash masalalari
9. Yoritishga qo`yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari.
10. Nurlanishning zararli ta`siridan himoyalanish chora-tadbirlari.
11. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash, ularning inson organizmiga ta’siri.
12. Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari
13. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari
14. Tabiiy tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari
15. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g’risida”gi 455-son qarorining mohiyati.
16. Yer silkinishi va surilishi kelib chiqish sabablari, xususiyatlari, keltiradigan talafotlari va har bir katastrofik o`choqda olib boriladigan chora-tadbirlar
17. Ekologik tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari
18. Texnogen tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari
19. Tuproq, qor ko`chkilari, suv toshqini, kuchli shamollar, qurg’oqchilik va sel hodisasi ofatlari, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari, keltiradigan talafotlari va har bir katastrofik o`choqda olib boriladigan chora-tadbirlar.
20. O`zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrdagi “Yong’in xavfsizligi to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.
21. Turli turdagi jabrlanishlarda birinchi tibbiy yordam berish.
22. Yong’in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari.
23. Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari.
24. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishning tartib va qoidalari.
25. Qon ketganda birinchi tibbiy yordam berish.
26. Turli turdagi jabrlanishlarda birinchi tibbiy yordam berish.
27. Yong’in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari.
28. Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari.
29. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishning tartib va qoidalari.
30. Qon ketganda birinchi tibbiy yordam berish.
Yakuniy nazorat savollari
1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.
2. Hayot faoliyati xavfsizligi kursining qisqacha mazmuni
3. Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomika asoslari.
4. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari
5. Xavf turlari, ulari guruhlash va identifikatsiyalash
6. Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta`siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.
7. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, tahlil qilish, oldini olish tadbirlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
8. Ishlab chiqarishdagi zararli va zaharli moddalar. Ularda himoyalanish usullari.
9. Is gazidan zaharlanish va uni oldini olish chora tadbirlari
10. Xavflar va ularning turlari
11. Texnosfera haqida tushuncha
12. Mehnatning fiziologik asoslari
13. Ergonomika asoslari uning mehnat faoliyatini ta’minlashdagi ro’li
14. Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me`yoriy hujjatlar tizimi.
15. Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi
16. Faoliyat xavfsizligi psixologiasi
17. Hayot faoliyati xavfsizligiga doir Vazirlar Maxkamasi qarorlari nimalardan iborat.
18. Ergonomika asoslarining ma’lumot, axborot mosligi deganda nimani tushunasiz.
19. Harakat faolligini inson sog’ligi, faoliyatiga ta’siri.
20. Changlar va ularning turlari. Ularning inson organizmiga salbiy ta’siri.
21. Changlarning inson organizmiga ta’siri va kelib chiqadigan kasalliklar.
22. Inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari.
23. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobiyatini pasayishi va zo’riqishi.
24. Inson mehnat faoliyatining turlari. Mehnatning fiziologik asoslari.
25. Texnosferada havo muhitining ko`rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta`siri.
26. Xavf, sabab, oqibat uchligiga misollar keltiring.
27. Faoliyat xavfsizligi qonun qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar
28. Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash sohasida O`zbekiston Respublikasi qonunlarini yozing.
29. Insonning psixik faoliyatidagi uchta asosiy guruhga ta’rif bering.
30. Xavfsizlikni ta'minlovchi texnik vositalar
31. Ishlab chiqarishda ob-havo sharoiti va uni me’yorlashtirish
32. Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash sohasida davlat standartlarini yozing.
33. Ishlab chiqarishda yoritish va uni me`yorlari.
34. Ul’tra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta`siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari. Himoyalanish vositalari.
35. Ishlab chiqarishda elektrxavfsizlik asoslari.
36. Tabiiy va sun`iy yoritish. Yoritish vositalari.
37. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta`siri. Yuzaga kelish manbalari va sabablari.
38. Texnosferada xavfsizlikni ta`minlash masalalari
39. Yoritishga qo`yiladigan sanitar-gigienik talablar. Yoritish vositalari.
40. Nurlanishning zararli ta`siridan himoyalanish chora-tadbirlari.
41. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash, ularning inson organizmiga ta’siri.
42. Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari
43. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari, kuch va vositalari
44. Tabiiy tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari
45. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g’risida”gi 455-son qarorining mohiyati.
46. Yer silkinishi va surilishi kelib chiqish sabablari, xususiyatlari, keltiradigan talafotlari va har bir katastrofik o`choqda olib boriladigan chora-tadbirlar
47. Ekologik tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari
48. Texnogen tusdagi ofatlar, turlari, xususiyatlari, oqibatlari
49. Tuproq, qor ko`chkilari, suv toshqini, kuchli shamollar, qurg’oqchilik va sel hodisasi ofatlari, ularning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari, keltiradigan talafotlari va har bir katastrofik o`choqda olib boriladigan chora-tadbirlar.
50. O`zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrdagi “Yong’in xavfsizligi to`g’risida”gi qonunning mazmun-mohiyati.
TAVSIYA ETILAYOTGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Asosiy adabiyotlar
1. O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: Darslik “Toshkent-Iqtisodiyot”, 2014.– 268 b.
2. Yormatov G‘.YO. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009 . – 348 b.
3. Ёрматов G’. Ё. ва бошqалар. Hаёт фаолияти хавфсизлиги. O’qув qo’лланма. -T.: ТошДТУ. 2005.
4. O’. Йo’лдошев ва бошqалар. Меhнатни мухофаза qилиш. O’qув qo’лланма -T.: Меhнат, 2005.
5. Nigmatov I., Tojieyv M. X. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi" Darslik.-T.: Iqtisod-Moliya. 2011. -260 b.
6. Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod- moliya”, 2005. -195 b.
7. G‘oyipov H.E. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Yangi asr avlodi”, 2007 yil. – 264 b.
8. Qudratov A. va b. "Hayotiy faoliyat xavfsizligi". Ma’ruza kursi. -T.: “Aloqachi”, 2005. -355 b.
9. Безопасность жизнедеятельности. /Под.ред. Михайлова Л.А. Киев – Харьков – Минск, 2007. 301 с.
10. Микрюков В.Ю. Безопасность жизнедеятельности. Уч.пособие.- М.: Ростов – Дон. 2006.
11. Tожиев M.X., Нигматов И ва б. Фавqулодда вазиятлар ва фуqаро муhофазаси. O’qув qo’лланма.–T.: MЧЖ., Таълим манбаи, 2002,-224 б.
12. Юнусов М.Ю., Икромов Э.Ж. Фуqаро муhофазаси - доимий зарурат. –Т.: 2002.
13. Белов С. В. и др. Безопасностъ жизнедеятелъности,-М.: Высшая школа, 1999.
14. Расулева М.А., Юлдошев О.Р. Видеотерминаллардаги хавфсизлик муаммолари. O’qув qo’лланма -T.: ТошДТУ, 2004.
15. Петросова Л.И., Расулева М.А., Расулев А.Х. Безопаснось жизнедеятельности. Учебно- методическое пособие.- Т.: ТГТУ, 2012.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. –Т.: "Ўзбекистон", 2008.
2. “Меҳнатни муҳофаза қилиш тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – Т.: 2002 , 1-сон
3. Ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодисаларни ва ходимлар
саломатлигининг бошқа хил зарарланишини текшириш ва ҳисобга олиш тўғрисидаги Низом. Вазирлар Маҳкамасининг қарори № 286, 06.06.1997, –Т.: 1997.
4. “Ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодисалар ва касб касалликларидан мажбурий давлат ижтимоий суғуртаси тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 , 37-38-сон.
5. “Иш берувчининг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурта қилиш тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, –Т.: 2009, 16-сон.
6. “Фуқаро муҳофазаси тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. –Т.: 2000 й., 5-6-сон
7. “Хавфли ишлаб чиқариш объектларининг саноат хавфсизлиги тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. –Т.: 2006 , 39-сон.
8. “Ёнғин хавфсизлиги тўғрисида”ги Узбекистон Республикаси қонуни, 2009.
9. “Чиқиндилар тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, –Т.: 2007, 50-51-сон.
10. “Санитария назорати тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. –Т.: 2006, 41-сон.
11. “Фуқаролар соғлиғини сақлаш тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами. –Т.: 2007, 40-сон.
12. “Терроризмга қарши кураш тўғрисида”ги қонун. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. –Т.: 2004, 25-сон.
Veb-saytlar
1. www.bilim.uz. - OO`MTV sayti
2. www.ziyo.edu.uz - OO`MTV sayti
3. www.mchs.gov.uz - Favqulodda vaziyatlar vazirligi sayti.
4. www.mintrud.uz - Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги сайти.
5 www.minzdrav.uz - Соғлиқни сақлаш вазирлиги сайти.
6 www.mchs.gov.uz - Фавқулодда вазиятлар вазирлиги сайти.
7 www.uznature.uz - Tабиатни муҳофаза қилиш Давлат қўмитаси сайти.
8 www.standart.uz - Стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш агентлиги сайти.
9 www.sanoatktn.uz - Саноатда, кончиликда ва коммунал- маиший секторда ишларнинг бехатар олиб борилишини назорат қилиш давлат инспекцияси (Саноатконтехназорат) сайти.
10 LexUz - Ўзбекистон Республикасининг миллий қонунчилик базаси.
11 http://www.znakcom -plect.ru - Охрана труда и техника безопасности.
12 www.ohranatruda.ru - Охрана труда, техника безопасности
Baholash mezonlari
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani bo`yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi.
YAN – 30 ball, JN – 40 ball, ON – 30 ball qilib taqsimlanadi.
Reyting mezoni jadvali (6-semestr uchun)
Nazorat turi
|
Jami ball
|
Nazorat o`tkaziladigan vaqt
|
Mustaqil ish uchun ajratilgan ball
|
Har bir nazoratdagi maksimal ball, uni foizlari va nazorat shakli
|
I. Joriy nazorat
|
Jami 40 ball
|
Har bir seminar mashg’ulotda maksimal 4,4 (9ta seminar mashg’ulot mavjud) (4,4*9=40)
|
Seminar mashg’ulotdagi har bir juftlik maksimal 3,3 ball, mustaqil ish uchun 1.1 ball ya`ni topshiriqlarni o`z vaqtida va sifatli bajarilishi, mavzular bo`yicha uy vazifalarini bajarilish va o`zlashtirish darajasi hamda yetkazilmagan mavzularni mustaqil o`qib kelish, ko`rgazmali qurollar yasash, testlar tuzib kelish, taqdimotlar qilish, referat yozish va hk uchun. (Jami 10 ball)
TMIdagi 10 ball joriy nazorat ballari ichida o’z aksini ifodalaydi va alohida ustunda ko’rsatiladi.
|
Har bir seminar mashg’ulotda maksimal 4,4 ball ichidan darsda qatnashganligi va o`zlashtirish darajasi. Seminar mashg’ulotlardagi faolligi, seminar mashg’ulot daftarlarining yuritilishi va holati
3,3 – 100%
2,8– 86%
2,3– 71%
1,8– 55%
|
II. Oraliq nazorat
|
Jami 30 ball
|
Fanning asosiy bo`limlari tugatilgandan so`ng. O`quv soatlari kam bo`lganligi uchun 1 marta dekanat bilan kelishilgan vaqtda o`tkaziladi
|
Maksimal ball 30
|
30 ball uchun 3 ta yozma savol berilib, har biriga maksimal 10 balldan qo`yiladi.
10 – 100%
8,6 – 86%
7,1 – 71%
5,5 – 55%
|
III. YAkuniy nazorat
|
Jami 30 ball
|
O`quv soatlari to`liq tugatilgandan so`ng, dekanat bilan kelishilgan vaqtda o`tkaziladi
|
-
|
Yozma ish shaklida bo`lib, 3 ta savol beriladi va har bir to`g’ri javobga 10 ball qo`yiladi (3 * 10 =30).
|
Do'stlaringiz bilan baham: |