Ko`k, kulrang
Qo’ng`ir
Sariq
Ochiq qo’ng`ir
To`q qo’ng`ir
Qizg`ish.
Ko`k
Qo’ng`ir
Sariq
Qo’ng`ir
Qora
Qizil.
Hisobot tarkibi Tajriba vaqtida olingan natijalar asosida 7.21-jadval to`ldiriladi. Zararli gazlar miqdori bilan ruxsat etilgan miqdor taqqoslanib ish joyining sanitar holati baholanadi. Ish joyi holatini yaxshilashga oid tadbirlar tavsiya etiladi.
7.21-jadval. Havo tarkibidagi zararli gazlar miqdorini aniqlash natijalari
Nazorat savollari: 1. Zararli gazlar standart bo`yicha inson organizmiga ta’siriga ko`ra necha sinfga bo`linadi?
2. Zararli gazlar miqdori qanday asboblar yordamida aniqlanadi?
3. UG-2 gaz analizatori qanday tuzilgan?
4. Indikator naychaning vazifasi nimadan iborat?
5. Zararli gaz konsentratsiyasi qanday aniqlanadi?
6. Absolyut harorat qanday aniqlanadi?
7. Silfonning vazifasi nimadan iborat?
8. Zararli gazning turi nima asosida aniqlanadi?
9. Zararli gaz miqdori qanday aniqlanadi?
10. Havo tarkibini me’yorlashtirish uchun qanday tadbirlardan foydalanish mumkin?
8 - LABORATORIYA ISHI 7.8. O`zgaruvchan elektromagnit maydonlarning inson organizmiga ta’siri. Ishning maqsadi: O`zgaruvchan elektromagnit maydonlarning inson organizmiga ta’siri, elektr qurilmalari va jihozlarida elektr xavfsizligini ta’minlovchi, texnik vositalar va usullar bilan tanishish, elektr jihozlari izolyatsiyasini, yerga ulash qurilmasining qarshiligini va tuproqning solishtirma qarshiligini o`lchash buyicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Mashg`ulot rejasi: 1. Umumiy ma’lumotlar.
2. Ishni bajarish tartibi:
- elektr dvigatelining o`ramlari izolyatsiyasining qarshiligini M-1101M megommetri yordamida o`lchash;
- ampermetr-voltmetr usulida yerga ulash qurilmasining qarshiligini o`lchash;
- M-416 megommetri yordamida yerga ulash qurilmasining qarshiligini o`lchash;
- tuproqning solishtirma qarshiligini o`lchash.
3. Hisobot tarkibi.
Kerakli jihozlar:M-1101M, M-416 yoki MS-08 markali megommetrlar, yerga ulash qurilmasi qarshiligini ampermetr-voltmetr usulida o`lchash asboblar komplekti.
Topshiriqlar: 1. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri va undan himoyalanish yo`llari bilan tanishing.
2. Elektr dvigateli o`ramlari izolyatsiyasining qarshiligini aniqlang va izolyatsiya sifatini baholang.
3. Yerga ulash qurilmasining qarshiligini ampermetr-voltmetr usulida va M-416 megommetri yordamida aniqlang.
4. Tuproqning solishtirma qarshiligini o`lchang.