8-Laboratoriya ishi
Mavzu: Elektr qurilmalarining yerga va nolga ulashni hisoblash
II. Mashgulotning maqsadi: Elektr jihozlariga nolni ulab muhofaza qilish holatini tekshirish và qo`llaniladigan asboblarni ishlatish jarayonini o`zlashtirish.
III. Mashgulotni o`tkazish uchun kerak bo`ladigan asbob - uskunalar va ko`rgazmali qurollar:
1.M-417, M- 372 asboblari
2. Elektrodvigatel.
3.Elektr yoritgich
IV. Laboratoriya mashgulotini bajarish tartibi
1. M-417, M-372 asboblarini tuzilishini o`rganish .
2. M-417, M-372 asboblarini ishgatayyorlash
3. Qurilmani elektr sxemasini ishga tayyorlash
4. Asboblar yordamida o`lchov ishlarini olib borish
5. Olingan natijalarni tahlil qilish
V.Mashg’ulotni bajarganligi to`g’risida o`quvchining hisoboti.
Laboratoriya ishini bajarish bo`yicha umumiy ma`lumot.
Elektr dvigateli yoki transformatorning qobig’i, eletr yoritgichning armaturasi, yoxud elektr simlarining metall quvurlari, tok o`tkazuvchi qismlari, ularni tayyorlash jarayonida yaxshilab izolyatsiya qilinganligi sababli, me`yoriy hollarda erga nisbatan kuchlanish ostida bo`lmaydi va ishlatishda xavfsiz hisoblanadi. Ammo izolyatsiya (himoya qobig’i) emirilganda elektr o`tkazgichlar elementlarining istalgan biri kuchlanish ostida bo`lishi mumkin, bu kuchlanish ko`pincha kutb (faza) kuchlanishiga teng bo`ladi.
Izolyatsiyasi shikastlangan elektrodvigatel' qobig’i o`zi harakatlantiradigan mashina bilan elektrik tutashib qoladi. Mashinani ishlatish vaqtida ishchi mashina qismlariga tegib ketishi va kuchlanish ta`siriga tushib qolishi mumkin. Tok o`tkazuvchi qismlarning izolyatsiyasi shikastlanganda odamlarning elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish maqsadida bir qancha choralar ko`riladi, va keng tarqalgani (PUÝ bo`yicha) elektr uskunalarining me`yoriy holda kuchlanish ta`sirida bo`lgan metall qismlarini himoyalash uchun yerga va ularni nolinchi simga ulashdir.
PUE (EQQ) qoidalariga ko`ra kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo`lgan qurilmalarda neytralning har qanday rejimi va kuchlanish 1000 V gacha bo`lgan neytrapi erga ulanmagan qurilmalarda, himoyalashni erga ulash, kuchlanishi 1000 V gacha bo`lgan, neytrali erga ulangan uskunalarda esa nolinchi simga ulashdan foydalaniladi. Neytrali erga ulangan 380/220 V kuchlanishli qurilmalarda asbob uskunalarning qobiqlarini himoya tariqasida bevosita erga ulash ko`pgina hollarda etarlicha samara bermaydi.
Shu sababli ta`minlovchi transformator yoki generator cho`lg’amlarining neytrali yerga ulagichgà bevosita ulash yo`li bilan tok iste`mol qiluvchi uskuna va jihozlar qobig’ini himoya tariqasida yerga ulash o`rniga nolinchi nuqtasiga (yerga ulangan neytral) ulanadi.
Nolga ulab muhofaza qilish- tarmog’ining shikastlangan qismini avtomatik uzish bilan bir vaqtda jihoz qobig’idagi kuchlnishni, uzatish apparati ishga tushgunga qadar pasaytirib tok bilan shikastlanishdan himoya qilish usulidir.
Odatda alohida elektr iste`molchilarini nolinchi nuqtaga tutashtiruvchi o`tkazgichlar, ularni bevosita nolinchi nuqta bilan emas, balki nolinchi ish simi bilan bog’laydi. Nolinchi simga ulangan asbob- uskunadagi izolyatsiya teshilganda bir fazali qisqa tutashuv tokining zanjiri hosil bo`ladi, bu zanjirning qarshiligi nisbatan katta bo`lmaydi va faza hamda nolinchi simlarning qarshiliklaridan iborat bo`ladi. Bu erda hosil bo`ladigan qisqa tutashuv toki, odatdagi himoya tariqasidagi erga ulanish qo`llanilgan neytrali erga ulangan tarmoqdagi bir fazali tutashish tokidan ancha katta bo`ladi. Shuning uchun shikastlangan asbob - uskunani yoki tarmoq uchastkasini himoya qiluvchi suyuqlanuvchan saqlagich eriydi yoki avtomatik o`chirgich tezda ishga tushadi.
Nolinchi sim uzilgan holda, uzilgan nuqtadan naridagi hamma asbob-uskunalar faqat mutlaqo himoyasiz qolib ketmasdan, balki nolinchi sim bo`lmagan holdagiga qaraganda, hatto yomon sharoitga tushib qolgan bo`lardi, chunki uzilgan nuqtadan narida nolinchi simga ulangan har qanday apparat yoki elektr dvigatelining izolyatsiyasi shikastlanganida uning qobig’ida va boshqa nolinchi simlarga ulangan qobiqlariga ko`pincha faza kuchlanishiga teng bo`lgan kuchlanishlar hosil bo`ladi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun, birinchidan nolinchi simning uzilishining oldini olishga harakat qilinadi, ikkinchidan nolinchi sim bilan bog’langan elektr asbob- uskuna qobig’ida, nolinchi sim uzilganda hosil bo`ladigan kuchlanishni kamaytirish uchun nolinchi simni takror erga ulanadi.
Nolinchi simni takror erga ulash, nolinchi sim uzilmaganda ham foydalidir, chunki bunda shikastlangan asbob - uskuna qobig’idagi kuchlanish saqlagichlar ishga tushgunga qadar yoki suyuqlanadigan saqlagichlarni noto`g’ri tanlanganligi tufayli yoki qobig’iga tutashish izolyatsiya qoldiqlaridagi o`tish qarshiliklari orqali yuz berganida qisqa tutashuv tokning kuchi etarli bo`lmaganligi sababli ular ishga tushmagan hollarda kamayadi. Quyidagi qismlar nolinchi simga ulanishi kerak:
Taransformatorning va har qanday elektr iste`molchisining qobiqlari, ramalar, ulash tarnsformatorning ikkilamchi cho`lg’amlari, taqsimlash va boshqarish shkaflarning karkaslari, taqsimlash qurilmalarining metall konstruktsiyalari, metalldan tayyorlangan kabel konstruktsiyalari, kabel muftalari va hokazolari.
Quyidagi kuchlanish 1000 Vgacha bo`lgan neytrali erga ulangan ta`minlovchi transformatorning chizmasi bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |