Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan tajriba ishini bajarishga doir uslubiy ko'rsatmalar Navoiy-2021


Tajriba mashg`ulotlarini o’tkazish tartibi



Download 0,63 Mb.
bet5/35
Sana05.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#639245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Yangi tajriba HFX 12 soat 011021155032

Tajriba mashg`ulotlarini o’tkazish tartibi

Tajriba mashg`ulotlarini o’tkazishning mazmuni va usulidagi ba’zi tafovutlarga qaramasdan yo’riqnoma berishning umumiy elementlari ularning har biriga u yoki bu darajada xosdir .




I. Birinchi Tajriba mashg`ulotini o’tkazishda beriladigan yo’riqnomada quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratiladi:
1) Tajriba mashg`ulotlarini o’tkazishning maqsadi to’g`risida ma’lumot berish;
2) talabalarni ish o’rinlarini almashtirish grafigi bilan tanishtirish (nofrontal usulda);
3) Tajriba xonasi va undagi ish o’rinlari bilan tanishtirish;
4) Tajriba xonasidagi hatti - harakat qoidalari bilan tanishtirish;
5) asbob-uskunalar bilan ishni bajarishda xavfsizlak texnikasi qoidalari bilan tanishtirish;
6) talabalarning ish o’rinlarini aniqlab berish (ularni ish o’rinlariga taqsimlash);
7) topshiriqlarni bajarish, ma’lumotlarni qayd qilish, ish natijalarini rasmiylashtirish va hisobot tuzish tartibi to’g`risida ko’rsatmalar berish;
8) talabalarga navbatdagi Tajriba ishlarining topshiriqlarini tarqatib berish;
9) mashg`ulotlar yuzasidan talabalarning bergan savollariga javob berish.
II. Keyingi (navbatdagi) mashg`ulotlarni boshlashdan oldin beriladigan yo’riqnomani quyidagi tartibda o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1) ish o’rinlarini almashtirish grafigiga muvofiq zvenolarni ish o’rinlari bo’yicha taqsimlash;
2) navbatdagi Tajriba ishlari topshiriqlarini tarqatish;
3) mazkur mashg`ulotdagi Tajriba ishini bajarishning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirish;
4) oldingi mashg`ulotlarni bajarishda uchragan xato - kamchiliklarning vujudga kelish sabablari va ularni bartaraf etish choralari to’g`risida tushuncha berish;
5) talabalarning yo’riqlarnoma va topshiriqlar yuzasidan bergan savollariga ularni qoniqtiradigan darajada javob berish .
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, o’qituvchi nafaqat Tajriba ishlarini tashkil etishda, balki talabalarning ishlari ustidan uslubiy rahbarlikni amalga oshirishda ham mas’uldir. Uslubiy rahbarlik shunday amalga oshirilsinkim, bunda bir tomondan, tashabbus va mustaqillikning rivojlanishi ta’minlansin, talabalarning ishni bajarishga nisbatan, asbob-uskunalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga nisbatan mas’uliyatni his etishlariga imkon yaratilsin, ikkinchi tomondan esa, ularning faoliyati doimo e’tiborda bo’lsin, zarur hollarda ularga xushmuomalalik bilan yordam berish talab etiladi.


Tajriba mashg`ulotlari uchun asbob-uskuna va ko’rgazmali qurollarni tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:

1) Kalendar ish rejasiga muvofiq asbob-uskunalarning zarur miqdorini aniqlash;


2) Ko’rgazmali qurollar va o’quv adabiyotlarini tanlash va tayyorlab qo’yish;
3) Asbob-uskunalarning texnik holatini tekshirish, nosozliklarni bartaraf etish, ularni ish vaqtida tekshirish, Tajriba ishidagi miqdor va sifat ko’rsatkichlarini olishni texnik jihatdan soz asbob-uskunalarda bajarish;
4) Belgilangan Tajriba mashg`ulotini bajarishdagi xavfsizlik texnikasi va yong`inga qarshi tadbirlarning holatini tekshirish va ularning bajarilishini ta’minlash.
Tajriba mashg`uloti o’tkaziladigan xonaning ko’rinarli joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga va yong`inga qarshi chora - tadbirlarga oid plakatlar osilgan bo’lishi kerak.
Тalabalarning o’zlashtirishini hisobga olish va uni xolisona baholash o’quv ishlari sifatini oshirishning muhim vositasidir.
O’zlashtirishni hisobga olish quyidagicha amalga oshiriladi:
• o’qituvchi yakka tartibda yoki guruh bilan birga har bir talabaning haqiqiy bilimini imkon darajasida to’liq aniqlaydi;
• o’qituvchi talabalarning ayrim tipik xatolaridan o’z vaqtida xabardor bo’lishi uchun ularning o’zlashtirish darajasini o’z vaqtida va muntazam tekshirishdan o’tkazib turadi ;
• o’qituvchi talabalarning o’zlashtirishini baholashning xolisona mezonlariga asoslanib, tabaqalashtirilgan reyting tizimi asosida bajaradi;
Тalaba bilimini o’z vaqtida va pedagogik jihatdan to’g`ri baholash ta’limda har tomonlama rag`batlantiruvchi tarbiyaviy rol o’ynaydi. O’qituvchi talabalar bilimini baholashda haqqoniy va prinsipial bo’lishi kerak, zero talaba bilimiga berilgan baho unga qoniqish va quvonch yoki xafagarchilik va umidsizlik his - tuyg`ularini bag`ishlaydi. Bahoni nohaq pasaytirish talabaning ruhini tushirib, uning o’qishga nisbatan befarq munosabatda bo’lishiga sabab bo’ladi, uning o’qish jarayonidagi tirishqoqlik va faolligini so’ndiradi, va aksincha, asossiz oshirib qo’yilgan baho talabada kekkayish hissini paydo qilib, u o’ziga nisbatan talabchanlikni pasaytiradi.
Bahoning rag`batlantiruvchi va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun o’qituvchi o’z qo’ygan bahosini asoslab berishi muhimdir. O’qituvchi talabaga uning yutuq va kamchiliklarini, yo’l qo’ygan xatolari va ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatishi, o’zlashtirishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish yo’llari to’g`risida maslahatlar berishi foydadan xoli bo’lmaydi .



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish