Hayot faoliyati xavfsizligi – maqsadga olib boruvchi yo‘l, uslub va vositalar majmudir. U atrof-muhit va insoniyatga tahdid soluvchi xavflarning tabiatini, ularni yuzaga kelish va ta’sir etish qonuniyatlarini, xavflarni yuzaga kelishini oldini olish tadbirlarini, xavflardan himoyalanish usullari va xavf ta’sirida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganuvchi ilmiy bilimlar sohasi hisoblanadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani – inson hayotiy faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish va insonni texnosferadagi antropogen hamda tabiiy xavflardan himoyalashga qaratilgan tadbirlar majmui va vositalar tizimini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |