Mikroiqlim ko’rsatkichlari. Mikroiqlim (mikro... va iqlim) — yer yuzasiga yaqin havo qatlamining iqlimi; mahalliy iqlim doirasida yer yuzasining kichik farqlari tufayli roʻy beradi. Mas, biron oʻrmonning mahalliy iqlimida oʻrmon ichidagi yalangliklar, oʻrmon chetining M. i, shaharning mahalliy iqlimida ayrim maydonlar, koʻchalar, xiyobonlar, hovlilar Mikroiqlim va h.k. farq qshshnadi. Yer yuzasidan baland kutarilgan sari M. farqlari tez yoʻqola boradi. M. koʻp jihatdan obhavo sharoitiga bogʻliq: havo ochiq va shamolsiz boʻlganda M. ta-fovutlari kuchli boʻladi, osmon bulut boʻlganda esa, M. bir-biridan kam farq qiladi. Mahalliy iqlim, M. kichik hududlar iqlimidir. Joyning mikro-iqlimiy xususiyatlarini aniqlash uchun meteorologik kuzatishlar oʻtkaziladi. Kuzatishlar, odatda, qisqa vaqt ichida va har xil balandliklarda olib boriladi. Kuzatish natijalari muntazam ishlaydigan st-yalarda shu vaqtlar davomida oʻtkazilgan kuzatish natijalari bilan taqqoslanadi.
MIKROIQLIM — yer yuzasiga yaqin havo qatlamining iqlimi; mahalliy iqlim doirasida yer yuzasining kichik farqlari tufayli roʻy beradi. Mas, biron oʻrmonning mahalliy iqlimida oʻrmon ichidagi yalangliklar, oʻrmon chetining Mikroiqlimi, shaharning mahalliy iqlimida ayrim maydonlar, koʻchalar, xiyobonlar, hovlilar Mikroiqlim va h. k. farq qshshnadi. Yer yuzasidan baland kutarilgan sari M. farklari tez yoʻqola boradi. Mikroiqlim koʻp jihatdan obhavo sharoitiga bogʻliq: havo ochiq va shamolsiz boʻlganda Mikroiqlim ta-fovutlari kuchli boʻladi, osmon bulut boʻlganda esa, Mikroiqlim bir-biridan kam farq qiladi. Mahalliy iqlim, Mikroiqlim kichik hududlar iqlimidir. Joyning mikro-iqlimiy xususiyatlarini aniqlash uchun meteorologik kuzatishlar oʻtkaziladi. Kuzatishlar, odatda, qisqa vaqt ichida va har xil balandliklarda olib boriladi. Kuzatish natijalari muntazam ishlaydigan st-yalarda shu vaqtlar davomida oʻtkazilgan kuzatish natijalari bilan taqqoslanadi.
Mikroiqlim ishchi hududda ishchilarning doimiy va vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi.
Eng qulay sharoitlar - termoregulyasiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik ahvolini ta’minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta’sir qiluvchi mikroiqlim o‘lchamlarining yig‘indisidir. Ular mehnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart - sharoit yaratadi va issiq - qulay sezuvchanlikni ta’minlaydi.
Insonga uzoq muntazam ta’sir etishda termoregulyasiya mexanizmlari - kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o‘zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o‘lchamlari yig‘indisi yo‘l qo‘yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast etmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo‘lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o‘zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.
Ishlab chiqarish milcroiqlimi normalari m ehnat xavfsizligi standartlari sistemasi «Ish zonasi mikroiqlimi» ga asosan belgilangan. U lar gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.
Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi: yengil jismoniy ishlar (1 toifa)—o'tirib, tik turib yoki yurish bilan bog'liq holda bajariladigan, biroq m untazam jismoniy, zo'riqish yoki yuklami ko'tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
O 'rtacha og'irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa)—soatiga 9150— 250 kkal (172—293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og'ir bo'lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlar kiradi. Masalan, yigiruv28 to'qish ishlari, mexanik-yig'uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir.
Og'ir jism oniy ishlar (III toifa) — m untazam jismoniy zo‘riqish xususan og‘ir yuklami (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko'tarish bilan bogiiq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 Js)dan yuqori bo'ladi. Bunday ishlar temirchilik, kuyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi.
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan m iqdorlar ko'rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda, odamga uzoq m uddat va m untazam ta ’sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizm ning normal faoliyatini va issiqlik holatini saqlashini ta ’minlaydigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan mikroiqlim sharoitlari-organizm ning faoliyatini va issiqlik holatdagi o'zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez norm aga soladigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisidir. Bunda sog'liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nom o'tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |