Is gazi bilan zaharlanishning belgilari va alomatlari
Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi.
Nafas chalg‘ishi.
Teri olcha rangini kasb etishi.
Is gazining uzoq vaqt va bevosita ta’siri o‘limga olib
kelishi mumkin.
Ammiak– odatdagi sharoitda o‘tkir nashatir spirt hidi bor
rangsiz gaz, havodan yengil. 33°C haroratda yoki yuqori
bosimlarda osongina suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi
va kislorodli muhitda yonadi. Ammiak bilan havoning quruq
aralashmasining portlash xususiyati mavjud (harorat 18°C
bo‘lib, aralashma tarkibida 16–28 % atrofida ammiak bo‘lsa).
Bo‘g‘uvchan va nervotrop ta’sirga ega.
Ammiak gazining odamlar yashaydigan hududda havodagi
mumkin bo‘lgan miqdori 0,04 mg/m3, eng ko‘pi bilan 0,2
mg/m3 ga teng. Agar gazning miqdori 40,0 mg/m3 bo‘lsa, ko‘z
achishib yoshlanadi hamda nafas olish yo‘llari qattiq achishadi.
Gazning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdori
1500–2700 mg/m3. ga teng. Gazning suvdagi 10 %li eritmasi
nashatir spirt, 18–20 % eritmasi esa ammiakli suv, deb ataladi.
Suyuq ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovutgichlarda,
sovutgich modda sifatida (go‘sht kombinati, sabzavotlar bazasi,
baliq-konserva zavodlari) ishlatiladi. Ammiak gazi saqlash va
ma’lum masofaga tashish uchun siqilgan holda 6–18 kgs/m3
bosimga ega holda metall idishlarda olib boriladi. Ammiak nafas
olish yo‘llarini qichishtiradi, miya to‘qimasi faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatadi, qon quyulishini buzadi, xotirani pasaytiradi, ko‘z
ko‘rish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p miqdorda ta’sir
etsa, odam vafot etadi.
Ammiakdan zaharlanish belgilari: burun bitishi, yo‘tal, nafas
qaytishi, ko‘zdan yosh oqishi, yurakning tez urishi.
Xlor – odatdagi sharoitda qo‘lansa hidli, sarg‘ish-yashil gaz,
havodan 2,5 baravar og‘ir. 34°C haroratda suyuq holatga o‘tadi.
114
Suv (20°C haroratda bir hajm suvda ikki hajm xlor eriydi)
hamda organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi
modda, mineral bilan, ko‘pchilik nomineral moddalar va
organik moddalar bilan o‘zaro yaxshi ta’sirga ega. Bo‘g‘uvchi
ta’siri bor. Havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,03 mg/m3,
agar moddaning miqdori 10 mg/m3 bo‘lsa, inson organizmiga
salbiy ta’sir etadi, miqdori 2500 mg/m3 ni tashkil etsa, o‘limga
olib kelishi mumkin. Xlor nafas olish yo‘llarini qichishtiradi,
o‘pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o‘ldiradi.
Zaharlanganlik belgilari – ko‘z jildi shilliq pardasining yallig‘lanishi,
tanglay va tomoqning qizarishi, nafas qisishi, ovoz bo‘g‘ilishi,
ko‘z yoshlanishi, azob beradigan quruq yo‘tal, shilimshiq
va qon aralash balg‘am ajralishi, badan ko‘karishi, ko‘krakdagi
og‘riq, hushdan ketish. Teriga ta’sir qilganda – qizarish va
ekzema yuzaga keladi.
Xlor odatda paxta-qog‘oz kombinatlarida, qog‘oz ishlab
chiqarishda, rezina tayyorlashda, suvni tozalash stansiyalarida
ishlatiladi.
Simob – bu suyuq, kumushsimon metall, ma’lumki barcha
suyuqliklardan og‘ir. Tez bug‘lanuvchi, suvda yerimaydi, har
qanday yuzaga osonlik bilan singib ketadi. Simob bug‘lari
havodan og‘irroq. Zichligi – 13,52 g/sm3. Erish temperaturasi
– 390C, +357 gradusda qaynaydi. Tibbiy amaliyotda, ishlab
chiqarishda nazorat o‘lchov asboblarida (termometr, barometr
va manometr) ishlatiladi. Simob hayot uchun juda xavfli.
Bug‘lanish maydoni qancha katta bo‘lsa xavf ham shuncha o‘sib
boradi.
Simob bilan zaharlangandaodamda umumiy holsizlik, og‘-
riqli yutinish, og‘izda metal ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish,so‘lak
oqishi, tana haroratini ko‘tarilishi,qorinda va oshqozonda
og‘riqning paydo bo‘lishi, bosh aylanishi, oyoq-qo‘llarning
qaltirashi, chayqalib yurish, ongning chalkashishi, gapirish
qobiliyatining buzilishi, hushdan ketish kabi holatlar kuzatiladi.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari sanoatda sianid kislota,
serovodorod, fosgen kabi zaharli kimyoviy moddalar ham
ishlatiladi.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |