Nazorat savollari
1. Zilzilada qanday jarohat turlari ko‘p uchraydi?
2. Suyak sinishining qanday turlari mavjud?
3. Suyak sinishining qanday belgilari mavjud?
4. Qon ketishining turlarini ko‘rsating.
5. Uzoq ezilish holati nima?
79
IX MAVZU. GIDROMETEOROLOGIK HOLATLAR BILAN
BOG‘LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR HAMDA ULARDA
XAVFSIZLIK QOIDALARIGA RIOYA ETISH
Suv suyuq holatda o‘z massasini tutib tura olmaydi. Suvning
aynan shu xususiyati uni yuqoridan pastga, tog‘lardan jilg‘alarga,
ulardan soy va daryolarga qo‘shlishini, dalalar va bog‘-
rog‘larga oqib borishini, yam-yashil maydonlar paydo bo‘lishini
ta’minlaydi.
Suv insoniyatga, uning yaratuvchilik ishlariga kattagina
talofatlar keltirgan va hamisha real xavf solib turgan. Tarixda
antik dunyo madaniyatining namunalari bo‘lgan dunyoning
yetti ajoyib mo‘jizalarining 4 tasi turli tusdagi favqulodda vaziyatlar
oqibatida vayronaga aylangan. 2004-yilning dekabrida
Hind okeanida yuz bergan zilzila natijasida paydo bo‘lgan
sunami 230 mingdan ortiq kishini nobud bo‘lishiga olib kelgan.
Suvning shu xususiyati okean va yirik dengizlardan uzoq
bo‘lgan mintaqa malakatlariga, shuningdek, mamlakatmizga
ham sel, suv toshqini kabi xavflarni paydo qilib, og‘ir
oqibatlarga olib kelgani ma’lum.
Tasavvur etishingiz uchun 2011-yilning martida Yaponiyadan
uncha uzoq bo‘lmagan suv ostida yuz bergan zilzila va
uning oqibatlarini keltirishning o‘zi yetarli, deb bilamiz. Xonsyu
oroli yaqinida yuz bergan zilzila natijasida Okean ostida
uzunligi 380 va kengligi 190 km bo‘lgan yoriq paydo bo‘ldi.
Aynan shu yoriqning paydo bo‘lishi natijasida o‘ziga xos
chuqurlik vujudga keldi. Oqibatda juda katta massaga ega
bo‘lgan suv har tarafdan bu chuqurlikka oqib keldi va bir necha
daqiqalar ichida ulkan suv minorasini barpo etdi. «Suv
minorasi» tezda orqaga qaytib, baland to‘lqin hosil qildi va
katta tezlik bilan Tinch okeani sohillariga urildi. Yaponiyaning
Fukusima shahri bu ulkan suv to‘lqinini o‘ziga qabul qilishga
majbur bo‘ldi. Bu ulkan suv to‘lqini Yaponiya uchun juda katta
yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi.
80
Ma’lumki, sel – arabcha so‘z bo‘lib, shiddatli tog‘ oqimi,
yaponcha yasunami – tog‘ to‘lqini ma’nosini beradi. Sel
sekundiga 2-4 m. tezlikda harakat qiladi. Sel o‘z oqimiga ko‘ra
o‘zi bilan juda ko‘p miqdorda tuproq, qum, tosh va boshqa
jinslarni olib ketadi. Shu sabab, tiniq suvning vazniga nisbatan
2-3 baravarga ortadi.
Sel qachon, qay vaqtda, qanday kuch bilan kelishini
oldindan aytish ancha mushkul. Shu sabab, xalqimiz selni
tabiatning o‘ta xatarli, falokat keltiradigan, kutilmagan ofati,
deb bejiz aytmaydi. Chunki, u kun ochiq, jazirama issiq bo‘lib
paytida ham paydo bo‘lishi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
Sel toshqinlari juda katta hududdagi qishloq xo‘jaligi
ekinlarini nobud qiladi, ko‘plab yerlarni ko‘mib tashlaydi,
ko‘prik hamda ko‘plab gidrotexnik inshootlarni qo‘porib, aholi
yashaydigan punktlarni yuvib ketadi, asfalt va temir yo‘llariga
shikast yetkazib izdan chiqarib tashlaydi.
Mamlakatimizning janubiy hududlari hamda umumiy
hududining 90 %dan ortig‘i tog‘liklardan iborat bo‘lgan Qirg‘iziston
va Tojikiston Respublikalarida juda katta sel kelish xavfi
saqlanib kelmoqda.
Mutaxassislar selni keltirib chiqaruvchi omillarni quyidagilar,
deb bilishadi: muntazam jala quyishi va kuchli yomg‘
irlar yog‘ishi yuz berayotgan sellar 85 %ni, tog‘ qorlarining
erishi 4 %ni, tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv
havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi 1,3 %ni va boshqa
sabablar 9,7 %ni tashkil qilishi mumkin. Mamlakatmizda sel va
suv toshqinlari mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, u ko‘proq martiyul
oylarida yuz beradi. Ayniqsa, aprel-may oylarida ularning
ko‘plab yuz berish xavfi yanada ortadi.
Qishqi yog‘ingarchilik me’yoridan ortiq bo‘lgan yerlarda sel
toshqinlari ko‘proq kuzatiladi. Aksincha yog‘in kam bo‘lgan
yillarda esa toshqin kam yuz beradi. Toqqa yaqin va tog‘li
hududlarda qor-yomg‘irlar tushgan yillari sel toshqinlari havo
haroratiga hamda yong‘ingarchilik miqdoriga qarab har xil
bo‘lishi mumkin.
81
O‘zbekistonning toqqa yaqin va adir zonalaridagi kichikkichik
soylardagi jala va yomg‘irlardan hosil bo‘lgan sel
toshqinlari o‘zi bilan ko‘p miqdorda mayda tuproqlarni olib
keladi, shiddat bilan o‘tib, katta yemirish kuchiga ega bo‘ladi
(3-rasm).
3-rasm. Sel oqibatidagi tuproq yemirilishi
Markaziy Osiyoda sodir bo‘ladigan sel va suv toshqinlarining
75 % O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonning
Farg‘ona, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo,
Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida sel kelish
xavfi mavjud. Respublikada 1852 ta sel kelish havzalari
aniqlangan. Mamlakatda 178 ta sel to‘plagich joylari, 1200 km
dan ortiq sel yo‘lini burib yuborish traktatlari qurilgan. 3
Farg‘ona vodiysidagi Farg‘ona tog‘ havzasini o‘rab turgan tog‘
yon bag‘ilarida 300 ga yaqin sel irmoqlari hosil bo‘ladi. Shunga
ko‘ra, O‘zbekiston hududidagi sel kelish ehtimoli bo‘lgan eng
hatarli hududlardan biridir. Undagi tik yonbag‘irlar, qiyaliklar
va irmoqlardan iborat tog‘ relyefi suv tog‘ jinslari harakatini,
suv oqimlari harakatini tezlashtiradi.
O‘zbekistonda kattagina vayronagarchiliklar olib kelgan
sellar:
1998-yil 7 iyuldagi Shohimardon seli – 116 kishi nobud
bo‘lgan, 118 kishi jarohatlangan.
3Ш. Убайдуллаев, А. Норбоев ва. «Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик» Т. «Илм-Зиё» – 2007, 23 бет
82
2002-yil 23 martdagi G‘uzor tumanidagi sel oqibatida - 56
ta bino, 3 avtomobil ko‘prigi vayron bo‘lgan, 7,5 km. Masofadagi
avtomobil yo‘lini yuvib yuborgan.
O‘zbekistonda selga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarni
ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, faol usul bo‘lib, bunda tog‘
yon bag‘irlarida daraxtzorlar bunyod etiladi, meliorativ ishlar
amalga oshiriladi, ikkinchisi sust usul bo‘lib, bunda sel oqimlari
boshqarib turiladi, sel omborlari va sel tutib qoluvchi inshootlar
bilan toshqinlar to‘xtatiladi, suv o‘tkazish uchun sel o‘zanlari
vaqti-vaqti bilan tozalab uriladi, qirg‘oqlar mustahkamlanadi,
daryo chetlari marzalar bilan ko‘tariladi.
O‘rmon melioratsiya ishlari selga qarshi kurashda eng faol
tadbirlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |