Vabo pandemiyasi Yillar Qayd qilingan hududlar
I 1817-1823 Osiyo, Afrika. Yevropa
II 1826-1837
Osiyo, Afrika, Yevropa,
Amerika
III 1846-1862
Osiyo, Afrika. Yevropa.
Amerika
IV 1864-187 Osiyo, Afrika, Yevropa.
V 1883-1896 Osiyo, Afrika. Yevropa.
VI 1902-1925 Osiyo, Afrika, Yevropa.
«SNolega» yunoncha tarnov degan so‘zdan olingan bo‘lib,
vaboda ich ketishi yomg‘irdan so‘ng tarnovdan oqib tushayotgan
suvni eslatadi. Vabo insoniyatga qadim zamonlardan
ma’lum bo‘lib kelgan kasallik hisoblanadi va Osiyo qit’asi,
«ayniqsa Ganga va Brammaputra daryosi o‘rtasidagi Hindiston
yarim oroli xavfli o‘chog‘i, kasallikning «beshigi» hisoblanadi.
Vabo kasalligi tarixini shartli ravishda 3 davrga bo‘lish mumkin.
Birinchi 1817-yilgacha bo‘lgan davri. Bu davrda vaboning xavfli
o‘chog‘i Hindiston - Pokiston hududi hisoblangan. Ikkinchisi,
159
1926-yilgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bu davrda vabo oltita hududda
bir vaqtda qayd etilgan.
Yettinchi pandemiya 1961-yildan to hozirgi kunga qadar
davom etmoqda (3-davr). Oldingi oltita pandemiyaning qo‘zg‘
atuvchisi Osiyo vabo vibrioni bo‘lgan. Yettinchi pandemiyaning
qo‘zg‘atuvchisi vabo vibrionining El-Tor shtamidir. U
avvalo Sharqiy Osiyo, O‘rta Sharq, Yaqin Sharq mamlakatlarida,
so‘ngra Afrika qit’asida tarqalgan. 1965-yilda esa bu
kasallik O‘zbekistonda, xususan Qaroqalpog‘istonda, Xorazm va
Buxoro viloyatlarida qayd qilingan. 1970-yilga kelib Yevropa va
Amerika mamlakatlariga tarqalgan. 1971-yilda vabo yer yuzasidagi
36 ta davlatda ro‘yxatga olingan. 1992-yilda Hindistonda
23 ming kishi vabo bilan kasallanib, undan 500 kishi vafot
etgan. Bu kasallikning tarqalishi vaboning yangi vibrioni 0139
«Byengal» seroguruhi aniqlangan.
Vabo ichak infeksiyalar guruhiga kirib, uni birdan bir
manbayi odam hisoblanadi. Tashqi muhitga vibrionlar najas va
qusuq massalari orqali tarqaladi, faqat og‘iz orqali yuqadi.
Odamning kasallanishida yuqumli ajratmalar bilan ifloslangan
sovuq holdagi oziq-ovqatlar va qaynatilmagan suvni iste’mol
qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Yoz faslida yuvilmagan ho‘l
meva va sabzavotlarni iste’mol qilish oqibatida xastalanish xavfi
yanada ortadi. Kasallik tarqalishida pashshalarning roli ham
bor. Vabo bilan barcha yoshdagi odamlar kasallanishi mumkin.
Vabo kasalligi mavsumiy bo‘lib, ko‘pincha yoz va kuz oylarida
qayd etiladi.
Vabo kasalligining eng ko‘p uchraydigan turi oshqozon
yallig‘lanish turidir. Ingichka ichak yallig‘lanish turi ikkinchi
o‘rinda turadi. Bu turdan so‘ng algid va vabo terlamasi turlari
turadi.
Kasallik asosan ingichka ichak yallig‘lanish belgilari bilan
o‘tkir boshlanadi. Ich ketish og‘riqsiz kechadi. Lekin har bir
ichi ketishdan keyin bemor kuchli darmonsizlik seza boshlaydi,
bosh aylanishi va tashnalikdan shikoyat qiladi. Bemor ko‘zdan
kechirilganda ko‘pincha teri qoplami rangsizlangan, kasallik
og‘ir kechayotgan paytda esa ko‘kargan, sovuq ter bilan qoplangan
bo‘ladi. Bemorning yuz ifodasi o‘zgaradi. Tomir urishi
160
tezlashib, og‘ir klinik kechishida ipsimon bo‘ladi, ba’zan tomir
urishi aniqlanmaydi. Yurak tonlari bo‘g‘iq, o‘pkada kuchsiz
nafas eshitiladi. Xastalikning og‘ir turida bemor havo yetishmovchiligidan,
ko‘krak qisilishidan shikoyat qiladi. Tilni oqish
yoki kulrang karash qoplab, og‘ir zaharlanish bilan kechayotgan
hollarda quruq bo‘lib qoladi. Qorin bir oz dam bo‘ladi jigar va
taloq kattalashishi kuzatiladi. Xastalikning ingichka ichak
yallig‘lanish turida axlat suyuq bo‘lsada, o‘z xususiyatini saqlab
qoladi, 2-3 martadan 8-12 martagacha ich ketadi.
Kasallikning oshqozon yalig‘lanish turida axlat tezda o‘z
ko‘rinishini yo‘qotadi va guruch qaynatmasini eslatadi. Til
quruq, qorin ichkariga tortilgan bo‘lib, ingichka ichak bo‘ylab
quldirash kuzatiladi. Umumiy darmonsizlik tez rivojlanadi,
bemorni chanqash bezovta qiladi, 2-3 kun ichida oshqozon
yalig‘lanishi rivojlanadi. Sutkada 20 marta va undan ortiq ich
ketishiga tez-tez va ko‘p miqdorda qusish qo‘shiladi. Qusuqda
avvaliga ovqat qoldiqlari bo‘lsa, keyin suvday bo‘lib, o‘t
suyuqligi aralash namoyon bo‘ladi, bu ham o‘z navbatida
suvsizlanishning yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Teri kulrang
tusga kiradi, ko‘pincha sovuq yopishqoq ter bosadi.
Burmalangan teri uzoq muddatgacha o‘z holiga qaytmaydi, qo‘l
kaftlari kir yuvuvchi ayol kaftlarini eslatadi. Bemorning ahvoli
og‘irlashadi. Qon bosimi pasayadi, yurak tonlari bo‘g‘iq holda
bo‘lib, nafas olish tezlashadi. Tana harorati kasallik boshida
normal bo‘lib, so‘ngra asta-sekin subnormalgacha (35-34°C) va
undan ham past tushadi. Kasallikning og‘irligi odatda
organizmning suvsizlanish darajasiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |