Kuygan kishiga birinchi yordam berish. Birinchi yordam
berishda bemorni shifoxonaga yuborishdan avval, uning kuyish
darajasini aniqlash, hayotiga xavf soluvchi patologik holatlarni
bilish (kuyish natijasida shok holati, nafas organlarining shikastlanishi,
yonuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish, mexanik
shikastlanishlar, elektrotravma ta’sirida hayot faoliyatining
buzilishini) va agar lozim bo‘lsa, reanimatsiya va davo
tadbirlarini qo‘llash (yurakning yopiq massaji, sun’iy nafas
oldirish, taxtakachlash) lozim.
Voqea sodir bo‘lgan yerda kuygan yaraga bog‘lam qo‘yish
aslo mumkin emas. Agar kimyoviy kuyish sodir bo‘lsa, zudlik
bilan shikastlangan yerni juda ko‘p miqdordagi oqar suv bilan
10 – 15 minut davomida yuvish zarur. Kuygan yara atrofini
quruq salfetka bilan (iloji bo‘lsa, steril mato bilan) berkitish
lozim. Agar steril mato bo‘lmasa, xohlagan toza matoni
ishlatish mumkin. Kuygan yara ustiga dori-darmonlarni
qo‘yishga ruxsat etilmaydi, ayniqsa, maz va yog‘simon
moddalar surtish kerak emas, bu diagnostika hamda kuyish
darajasini aniqlashni qiyinlashtiradi, uydagi dorilardan o‘z
bilgancha foydalanish ham yaxshi natija bermaydi.
Bemorni transportirovka qilish muhim masala bo‘lib,
undan oldin, agar kuyish katta ko‘lamda bo‘lsa, shokka qarshi
muolajalar qilinadi. Buning uchun og‘riqni qoldiradigan dorilar
(promedol, aminalon, morfin eritmalari, analgin va antigistamin
moddalari, dimedrol, suprastin) ishlatiladi. Iloji bo‘lsa, ularni
venaga yuborish kerak, chunki shok holati sodir bo‘lganda bu
moddalarning teri ostidan va mushakdan so‘rilishi sekin o‘tadi.
Kuygan kishini transportirovka qilish vaqtida u yotgan
holda bo‘lishi, uning sovqotib ketmasligining oldini olish kerak.
Kuyganlarga birinchi yordam berish hamda transportirovka
qilish quyidagicha bo‘ladi:
1. Yuqori harorat ta’sirini yo‘qotish.
27
2. Kuygan yuzalarni sovitish.
3. Og‘riqni qoldiradigan dorilar.
4. Himoyalovchi bog‘lam qo‘yish.
5. Issiq choy, kofe, ishqorli suv berish.
Transportirovka qilishdan avval og‘riqni qoldiruvchi tibbiy
vositalar beriladi. Bemorni shifoxonaga yotqizganda birinchi
meditsina yordami qay tariqa ko‘rsatilganligini aniqlash lozim,
chunki bu shikastlanishning qay ahvolda ekanligini aniqlashda
va kelgusi davo choralarini qo‘llashda hisobga olinadi.
Shifoxonada kuygan kishilarni umumiy davolash bilan birga
jarohatlarni mahalliy davolash ham maqsadga muvofiqdir.
Chunki har bir bemorni davolashda umumiy va mahalliy
davolash birgalikda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |