Sobur ibn Saxl ( VII-IX asr ) –oldin Jundishopurda, keyin Bag’dodda
shifoxonani boshqargan. “ Kitob al-akrbodin alkabir” ( “ Farmakopeya”)-dorilar
sifat va me’yorini belgilovchi qonun-qoidalar majmuini yaratgan.
Ali ibn rabban at-Tabariy (808- yili tug’ilgan)-Bag’dodda yashagan,”Firdavs
al-hikma” (“Hikmat bog’i”) nomli tabobatga doir kitob muallifi.
Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy ( 865-925) – Eronning Ray
shahrida tavallud topgan. Kimyo, astranomiya, tabobat sohalarida ko’p asarlar
yaratdi. Sharq tibbiyoti tarixida Buqrot (Gippokrat), Jolinus ( Galen ), Ibn Sino
bilan bir safda turadi. Bog’dod kasalxonasida bosh tabib bo’lib, talabalarga amaliy
tib ilmini o’rgatgan. Tabobatga oid eng yirik asari “Kitob al-hoviy” (“Qamrab
oluvchi kitob”) da Roziygacha bo’lgan barcha tib ilmi sohasidagi ma’lumotlarni
o’z ichiga oladi. Abu Ali ibn Sinoning “ Tib qonunlari”dan katta, biroq kitobning
qat’iy bir reja bo’yicha bob va fasllarga ajratilmagani undan foydalanishni
qiyinlashtiradi. Roziyning “ Kitob al-tib al-Mansuriy” (“Mansurga bag’ishlangan
tibbiyot”) kitobi tib ilmining barcha sohalarini o’z ichiga olgan, unda mijoz, dori-
darmon gigiyenasi, ovqatlanish, kosmetika, jarrohlik, toksikologiya, patologiya va
71
shuningdek, taraqqiyotga oid turli manbalar bor. Ar- Roziy birinchi bo’lib,
kasallik tarixini yozishni joriy qilgan.
Rabi’ ibn Ahmad al-Buxoriy- buxorolik, Abu Bakr ar-Roziyning shogirdi. “
Hidoyat al mutallim fi-t-tib” (“Tabobatni o’rganuvchilar uchun qo’llanma”) kitobi
965-yilda Eronda nashr etilgan.
Abu Nasr al-Farobiy (873-990)- Sirdaryo yoqasidagi, Farob qishlog’ida
tug’ilgan. Buxoroda tahsil olgan. Bag’dodda yashagan. Sharq xalq tabobatida
o’zining mashhur “ Nazariy va amaliy tabobat” asari bilan mashhur.
Abul Mansur al- Qamariy ( VII asr)- buxorolik tabib, Ibn Sinoning birinchi
uztozi.
Ali ibn Abbos al-Majusiy ( 884-yilda vafot etgan)- “ Kitob al- Maliki ” nomli
mashhur asar muallifi. Kitob 20 bobdan iborat bo’lib, tib ilmining nazariy va
amaliy masalalariga bag’ishlangan. Kitobda muallifning o’zidan avval o’tgan
tabiblarning asarlarini tanqidiy ko’z bilan o’rganib chiqqani bayon etiladi.
Abu Mansur al-Hasan ibn Nuh al-Qumriy ( 999-yilda vafot etgan)- buxorolik
tabib Ibn Sinoga ustozlik qilgan. Qumriyning ikkita asari : ” Kitob al-gino-va-l-
muno” (“ Mukammal va maqsadlarga yetishtiruvchi kitob”) va “ Kitob at-tanvir
fi-l-istilohat at- tibbiya “ (“Tibbiy istilohlarni yorituvchi kitob”) bizgacha yetib
kelgan. Birinchi kitob inson a’zolaridagi barcha kasalliklarni davolashga
bag’ishlangan bo’lsa, ikkinchisini o’sha davr tabobatidagi tibbiy terminlarning
izohli lug’ati deyish mumkin.[19]
Abul Qosim al-Zaxraviy ( 936-1013) – “ Al- Tasrif “ nomli ajoyib asar
muallifi. 30 jilddan iborat. Bu asar dorishunoslik va kasalliklar, ayrim a’zolarning
tuzilishi , gigiyena, tartib, jarrohlik kabi masalalarga bag’ishlangan.
Abu Sahl-Masahiy (1011-yilda vafot etgan) – xorazmlik mashhur tabib.
Xorazmshoh saroyida xizmat qilgan. O’sha yerda Beruniy va Ibn Sino ijodiga
katta ta’sir ko’rsatib, “ Tib qonunlari ”ni yaratishga rag’batlantirgan. Masahiy
bo’lsa shoh ibn Ma’mun “ Akademiyasi ” olimlari bilan ijodiy munosabatda
bo’lishiga to’sqinlik qilmagan.[8]
72
Najibuddin Samarqandiy (1222-yilda vafot etgan)-“ Al-asbob va-l-alomat”
(“Kasallik sabablari va belgilari “) asari muallifi. Asar yozilganidan 2 asr o’tib, al-
Kermoniy unga sharxlar yozgan va Mirzo Ulug’bekka taqdim etgan. O’zFAShI
(O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti) da 4 ta qo’lyozmasi
bor.
Nasriddin Muhammad ibn al-Hasan at-Tusiy ( 1273-yilda vafot
etgan).”Ahloqi Nosiriy “ kabi yana bir qator tibbiy asarlar muallifi, yirik olim. “
Ahloqi Nosiriy ” asari Sharqda mashhur bo’lib, qo’lyozma asarlari O’zFAShIda
saqlanmoqda. Bu asarlarida muallif salomatlikni saqlash borasida rivoyat va
hikoyatlarni keltirgan.
Xizr ibn al-Xattob al-Oydiniy (1397-yilda vafot etgan)- Xoji Posho nomi
bilan o’z zamonasida mashhur bo’lgan Qohira kasalxonasining bosh bayon tabibi.
Arab tilida yozilgan “ Ash-Shifo “ va turk tilida yozilgan “Tasxil fi-t-tib”
(“Tabobatni oson bayon etuvchi kitob”) asarlari muallifi. [19]
Ishoq ibn Murod (XIV) – “ Muntahab ash-shifo ” (“Tibbiy saylanma”)
asarida sodda dorilarning xususiyatlari, kasalliklarning belgilari va davolash
yo’llari haqida yozilgan hamda XVIII asrda qayta ko’chirilgan. Bu qo’lyozmaning
afzalligi haqida 5 varaqda arabcha, forscha, turkcha izohlar, shuningdek, inson
badani a’zolari, kasalliklarning nomlari va dorivorlarning ro’yxati ilova qilingan.
Bu usul Sharq tillari tibbiy terminologiya tarixini o’rganish uchun asosiy
manbalardan biri bo’lib xizmat qilishi bilan qadrlidir. Qo’lyozmaning bir nusxasi
O’zFAShIda saqlanmoqda.
Sulton
Ali
(
XV-XVI
asr
)-Xurosonda tug’ilgan,
Samarqandda
yashagan.”Tabib –Xurosoniy”-“Xuroson tabibi “ degan nisbat berilgan. “ Dastur
ul-iloj” (“ Davolash dasturi ”) asarida odamning barcha a’zolari kasalliklari, ularni
davolash yo’llari ko’rsatilgan. “ Muqaddima-i dastur ul-iloj” (“ Davolash dasturi
muqaddimasi”) asarini ham keyinchalik yozib, tomir urishi, sog’liqni saqlash,
a’zolarni sog’lom va kasal holati, buxron (kasallik krizisi) haqida so’z yuritadi. Bu
ikki asarning O’zFAShIda bir necha qo’lyozma nusxalari bor.[8]
73
Ibn Kamolposhsho ( XV-XVI asrlar ) –asli ismi Mavlono Ahmad ibn
Sulaymon. O’z davrining yirik olimi va shoiri. Tabobatga doir “ Nigoriston “
fors tilida yozilgan bo’lib, qo’lyozma nusxalari O’zFAShIda saqlanmoqda.
Hakim Kooniy- asli ismi Mirzo Habibulloh Sheroziy, “ Parishon “, ya’ni “ soc
hilgan” asarida nafsni tiyish va sog’liqni saqlash haqida hikoyatlar berilgan.
Abulg’ozi Bahodirxon ( XVII asr ) – Xorazm xoni. Janglarda jarohatlangan
askarlarni Ibn Sino, Yusuf tabiblarning maslahati bilan o’zi muolaja qilib, 142
illatga doir “ Manofe’ ul- inson” (“ Insonlar uchun foydali tadbirlar” ) risolasini
yozgan. Asarda oddiy, murakkab dorilar, ularni tayyorlash va ishlatish usullari,
muolaja turlari, shuningdek, o’zidan oldin o’tgan tabiblarning hamda o’zining
bemorlarni davolashga doir fikr-mulohazalarini keltirgan. U xalq tabobatida
qo’llaniladigan dorilarni o’z davriga monand mukammal bayon qilgan.
Subxonquli Muhammad Bahodirxon ( XVII asr )- Buxoro xoni. “ Tibbiy
Subxoniy “ asari 1831- yilda qayta ko’chiriladi. 53 bobdan iborat bu risoladan
bosh, ko’z, quloq, tish og’rig’i, sariq kasali, va boshqa dardlar muolajasi haqida
maslahatlar beriladi. “ Tibbiy Subxoniy”ning yagona asl nusxasi Budapesht
kutubxonasida saqlanadi. O’zbek tilidagi bitta nusxasi O’zFAShIda saqlanmoqda.
Ilyos Mulla Muhammad o’g’li ( XIX- XX asr ) –taxallusi So’fi yoki Mir
Xomushon. Xorazmlik shoir. “ Bahoriyat “ masnaviylarida inson salomatligini
saqlashga doir mevalar tilidan yozilgan. O’zFAShIda qo’lyozma nusxasi bor.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti ( O’zFASHI ) qo’lyozmalar jamg’armasi 40 mingdan
ziyod tabobatga doir durdona asarlar mavjud. Bugungi vazifamiz ana shu asarlarni
chop etib, xalqimizni bahramand qilish. [8]
74
Do'stlaringiz bilan baham: |