11-rasm
Abul Abbos Ahmad ibn Muxammad ibn Nosir al- Farg’oniy 797-865
yillarida yashab ijod kilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg’oniy o’z asarlari bilan
Fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix
sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg’oniyning ijodiy faoliyati Bog’dodda ulug’
mutafakkir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi «Baytul-hikma» bilan bog’likdir. U
arab atamashunosligining paydo bo’lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa
qo’shgan. Bog’dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan katnashadi.
Ahmad Farg’oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va mashhurdir «Kitob fi Usul ilm
an- Nujum» («Falakiyot ilmining usullari haqida kitob»), «Falakiyot risolasi»,
«Falakiyot sababiyati », «Al majisti», «Ilm xayya», «Al- Farg’oniy jadvallari»,
«Usturlob bilan amal qilish haqida », «Oy, yerning ustida va ostida bo’lganida
vaqtni aniqlash risolasi », «yetti iqlim hisobi», «Usturlob yasash xakida kitob»
68
asarlarining qo’lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSH
va Rossiyada saqlanmoqda.
Ahmad Farg’oniyning bu asarlarida ilmiy kashfiyotlari butun jahon fani va
madaniyatiga ulkan va munosib hissa qo’shdi. U 812- yilda quyosh tutilishini
oldindan bashorat qilib berdi, yerning dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan
isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarini har-xil vaqtda qurilishini, tutilishini, hamma
joyda har-xil kuzatish mumkinligini isbotlab berdi.
Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari”
fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki
ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar
mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida
astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan hamda Buyuk
geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning
kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy
yutuqlaridan biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob – usturlob
nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida “nilomer” degan, ko‘p
asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan
mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Misr Arab Respublikasi poytaxti
Qohira shahrida bo‘lganida, ana shu nilomerni ko‘rib, bu ulug‘ ajdodimizning
ilmiy dahosi oldida yana bir bor hayratga tushish baxtiga muyassar bo‘lganini
aytib o’tadi.[1]
Fazoviy trigonometriya asoschisi deb tan olingan, o‘zining matematika va
astronomiya sohasidagi kashfiyotlari bilan shuhrat qozongan yana bir buyuk
alloma Abu Nasr ibn Iroqdir. Uni haqli ravishda “Ikkinchi Ptolomey” deb
ataydilar. Ahmad Farg’oniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan
sohasida bo’lishidan qat’iy nazar g’oyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal
bo’lgan. XII asrda olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Yevropaga
tarqalganligi bu fikrning isbotidir. Yevropaliklar Ahmad Farg’oniyning
«Alfraganus» deb ataganlar. Uning asarlarini lotin, ingliz, nemis, fransuz, rus va
69
boshqa tillarga tarjima qilganlar. O’n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga
uning nomi berilgani, bu allomaning ilm-fan rivojidagi nufuzi nafaqat yer
kurrasida, balki samoda ham shuhrat topdi. Atoqli astranom Yan Geveliy
tomonidan 1647-yilda nashr qilingan “ Selenografiya” kitobida Oydagi
kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz- Ahmad Farg’oniy va Mirzo
Ulug’bek nomi bilan ataladi.[5]
Umuman al-Farg’oniyning "Astronomiya asoslari haqidagi kitob" asari o‘rta
asr musulmon Sharqi mamlakatlaridagi, so‘ng Ispaniya orqali Yevropa
mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Qadimgi yunon
ilmi, jumladan, astronomik ilmlar ham birinchi bor arabchadan tarjima qilingan
risolalar orqali ma’lum bo‘ldi. al-Farg’oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi
marta 1493-yilda tosh bosma usulida nashr etildi. 1669-yil mashhur golland
matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg’oniy asarining arabcha matnini
yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so‘ng unining shuhrati yanada ortdi.
Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regiomontan XV asrda Avstriya va
Italiya universitetlarida astronomiyaga doir ma’ruzalarini al-Farg’oniy asarlari
asosida o‘qigan. Farg’oniy nomi Dante (XVI asr) va Shiller (XVIII asr) to-
monidan tilga olinadi. Yevropa olimlaridan D’alamber, Bro-kelman, X. Zuter, I.
Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich va boshqa A. Rozenfeld Farg’oniyning
ijodiga va qoldirgan ilmiy merosiga yuqori baho berganlar. Bizning davrimizgacha
Farg’oniyning 7 ta asari saqlanib qolgan (lekin bular hozirgi zamon tillariga
tarjima qilinmagan). Asarlarning qo‘lyozmalari jahonning turli shaharlari - Berlin,
Dushanba, London, Parij, Tehron, Toshkent, Mashhad, Patna, Rampur, Xalab va
Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda. Ahmad al-Farg’oniyning boy ilmiy
merosini chuqur o‘rganish O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin boshlandi.
1998 -yil Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng
nishonlandi. Farg‘ona shahrida Ahmad al-Farg’oniy nomi bilan ataladigan istirohat
bog‘i va Quva shahrida haykali o‘rnatildi. [27]
Do'stlaringiz bilan baham: |