Hayot faoliyati havfsizligi



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana09.07.2021
Hajmi0,92 Mb.
#113478
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

11-rasm      

         Abul  Abbos  Ahmad  ibn  Muxammad  ibn  Nosir  al-  Farg’oniy  797-865 

yillarida yashab ijod kilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg’oniy o’z asarlari bilan 

Fan  tarixida    katta  iz  qoldirdi.  U  matematika,  geografiya,  astronomiya,  tarix 

sohalarida    ijod  qildi.  Ahmad  Farg’oniyning  ijodiy  faoliyati  Bog’dodda  ulug’ 

mutafakkir  olim  Al-Xorazmiy  rahbarligidagi  «Baytul-hikma»  bilan  bog’likdir.  U 

arab  atamashunosligining  paydo  bo’lishi  va  ilmiy  taraqqiyotiga  munosib  hissa 

qo’shgan.  Bog’dod  va  Damashqda  rasadxonalar  qurilishida  shaxsan  katnashadi. 

Ahmad Farg’oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va mashhurdir «Kitob fi Usul ilm 

an-  Nujum»  («Falakiyot  ilmining  usullari  haqida  kitob»),  «Falakiyot  risolasi», 

«Falakiyot  sababiyati  »,  «Al  majisti»,  «Ilm  xayya»,  «Al-  Farg’oniy  jadvallari», 

«Usturlob  bilan  amal  qilish  haqida  »,  «Oy,  yerning  ustida  va  ostida  bo’lganida 

vaqtni  aniqlash  risolasi  »,  «yetti  iqlim  hisobi»,  «Usturlob  yasash  xakida  kitob» 



 

68 


asarlarining qo’lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSH 

va Rossiyada saqlanmoqda. 

          Ahmad  Farg’oniyning  bu  asarlarida  ilmiy  kashfiyotlari  butun  jahon  fani  va 

madaniyatiga  ulkan  va  munosib  hissa  qo’shdi.  U  812-  yilda    quyosh  tutilishini 

oldindan  bashorat  qilib  berdi,  yerning  dumaloq  ekanligini  ilmiy  dalillar  bilan 

isbotlab,  bir  xil  fazo  yoritgichlarini  har-xil  vaqtda  qurilishini,  tutilishini,  hamma 

joyda har-xil kuzatish mumkinligini isbotlab berdi. 

        Ahmad  Farg‘oniy  tomonidan  IX  asrda  yaratilgan  “Astronomiya  asoslari” 

fundamental  asarida  olamning  tuzilishi,  Yerning  o‘lchovi  haqidagi  dastlabki 

ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar 

mavjud  bo‘lib,  mazkur  kitob  XVII  asrga  qadar  Yevropa  universitetlarida 

astronomiya  bo‘yicha  asosiy  darslik  sifatida  o‘qitib  kelingan  hamda  Buyuk 

geografik  kashfiyotlar  davrida  Kolumb,  Magellan  va  boshqa  sayohatchilarning 

kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy 

yutuqlaridan  biri  uning  o‘rta  asrlardagi  asosiy  astronomik  asbob  –  usturlob 

nazariyasini ishlab  chiqqani va shuningdek,  Nil daryosida  “nilomer”  degan,  ko‘p 

asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan 

mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi.   

          O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Misr  Arab  Respublikasi  poytaxti 

Qohira  shahrida  bo‘lganida,  ana  shu  nilomerni  ko‘rib,  bu  ulug‘  ajdodimizning 

ilmiy  dahosi  oldida  yana  bir  bor  hayratga  tushish  baxtiga  muyassar  bo‘lganini 

aytib o’tadi.[1] 

         Fazoviy  trigonometriya  asoschisi  deb  tan  olingan,  o‘zining  matematika  va 

astronomiya  sohasidagi  kashfiyotlari  bilan  shuhrat  qozongan  yana  bir  buyuk 

alloma  Abu  Nasr  ibn  Iroqdir.  Uni  haqli  ravishda  “Ikkinchi  Ptolomey”  deb  

ataydilar.    Ahmad  Farg’oniy  yaratgan  ilmiy  kashfiyotlar  natijalari  qaysi  fan 

sohasida  bo’lishidan  qat’iy  nazar  g’oyatda  pishiq,  puxta  va  nihoyatda  mukammal 

bo’lgan. XII asrda olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Yevropaga 

tarqalganligi  bu  fikrning  isbotidir.  Yevropaliklar  Ahmad  Farg’oniyning 

«Alfraganus» deb ataganlar. Uning asarlarini  lotin, ingliz, nemis, fransuz, rus va 




 

69 


boshqa  tillarga  tarjima  qilganlar.      O’n  oltinchi  asrda  Oydagi  kraterlardan  biriga 

uning  nomi  berilgani,  bu  allomaning  ilm-fan  rivojidagi  nufuzi  nafaqat  yer 

kurrasida,  balki  samoda  ham  shuhrat  topdi.  Atoqli  astranom  Yan  Geveliy 

tomonidan  1647-yilda  nashr  qilingan  “  Selenografiya”  kitobida  Oydagi 

kraterlardan  ikkitasi  ikki  buyuk  vatandoshimiz-  Ahmad  Farg’oniy  va  Mirzo 

Ulug’bek nomi bilan ataladi.[5]

  

        Umuman  al-Farg’oniyning  "Astronomiya  asoslari  haqidagi  kitob"  asari  o‘rta 



asr  musulmon  Sharqi  mamlakatlaridagi,  so‘ng  Ispaniya  orqali  Yevropa 

mamlakatlaridagi  astronomiya  ilmining  rivojini  boshlab  berdi.  Qadimgi  yunon 

ilmi,  jumladan,  astronomik  ilmlar  ham  birinchi  bor  arabchadan  tarjima  qilingan 

risolalar  orqali  ma’lum  bo‘ldi.  al-Farg’oniy  asarining  lotincha  tarjimasi  birinchi 

marta  1493-yilda  tosh  bosma  usulida  nashr  etildi.  1669-yil  mashhur  golland 

matematigi  va  arabshunosi  Yakob  Golius  al-Farg’oniy  asarining  arabcha  matnini 

yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan so‘ng unining shuhrati yanada ortdi.                     

Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimi Regiomontan XV asrda Avstriya va 

Italiya  universitetlarida  astronomiyaga  doir  ma’ruzalarini  al-Farg’oniy  asarlari 

asosida  o‘qigan.  Farg’oniy  nomi  Dante  (XVI  asr)  va  Shiller  (XVIII  asr)  to-

monidan  tilga  olinadi.  Yevropa  olimlaridan  D’alamber,  Bro-kelman,  X.  Zuter,  I. 

Yu.  Krachkovskiy,  A.  P.  Yushkevich  va  boshqa  A.  Rozenfeld  Farg’oniyning 

ijodiga va qoldirgan ilmiy merosiga yuqori baho berganlar. Bizning davrimizgacha 

Farg’oniyning  7  ta  asari  saqlanib  qolgan  (lekin  bular  hozirgi  zamon  tillariga 

tarjima qilinmagan). Asarlarning qo‘lyozmalari jahonning turli shaharlari - Berlin, 

Dushanba,  London,  Parij,  Tehron,  Toshkent,  Mashhad,  Patna,  Rampur,  Xalab  va 

Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda. Ahmad al-Farg’oniyning boy ilmiy 

merosini chuqur o‘rganish O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin boshlandi.  

          1998  -yil  Ahmad  al-Farg’oniyning  1200  yilligi  xalqaro  miqyosda  keng 

nishonlandi. Farg‘ona shahrida Ahmad al-Farg’oniy nomi bilan ataladigan istirohat 

bog‘i va Quva shahrida haykali o‘rnatildi. [27]


Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish