I. 1.Prezident asarlarida Sharq allomalari talqini.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan yozilgan asarlarining deyarli
barchasida Sharq allomalari va ularning tarixiy merosi haqida juda ko’plab fikrlar
berilgan, turli konferensiyalarda so’zlagan nutqlari ifoda etilgan. Quyida biz
ularning ayrimlariga to’xtalib o’tamiz.
Yurtboshimiz Islom Karimov “ Tariximiz ham, kelajagimiz ham mushtarak”
sarlavha ostida 1994-yil 23-may kuni O’zbekistonda Qozog’iston kunlarining
ochilishiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda so’zlagan nutqida, Sharq allomalari
va buyuk mutafakkirlari bizni qo’shni mamlakatlar bilan yaqindan bog’lab
turuvchi ko’prik ekanligi xususida quyidagicha fikrlarni bildirgan:
“Do’stim Nursulton Nazarboyev va uning safdoshlari rahbarligida
Qozog’istonda amalga oshirilayotgan islohotlarni o’zbek xalqi katta qiziqish va
xayrixohlik bilan kuzatib turibdi. Zero, xalqlarimizning moddiy-ma’naviy
manfaatlari har jihatdan o’zaro uyg’undir.
Biz dunyodagi biron bir modelga ko’r-ko’rona taqlid qilmoqchi emasmiz.
Ayni vaqtda, muayyan taraqqiyot bosqichiga erishgan davlatlarning yutuqlarini
ham kamsitmoqchi emasmiz. Ulardan yuz o’girmaymiz.
Ammo, aziz do’stlar, bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining
bedor ruhi gupurib turibdi. Jahon ilm- fani madaniyatiga kibernetika asoslarini
yaratgan Xorazmiyni, buyuk faylasuf bobomiz Forobiyni, tibbiyot qonunlarining
tengsiz kashfiyotchisi Ibn Sinoni, nazm yulduzlari- Navoiy va Abayni, Amir
Temur va Bobur, To’labiy, Qozibekbiy, Aytekebiy kabi ulug’ zotlarni, Beruniy,
Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Buxor Jirov, Ibroy Oltinsarin, Cho’g’on
Valixonov singari mutafakkirlarni bergan bu muqaddas zamin xalqlarining
yaratuvchilik dahosi hamisha uyg’oqdir.”[3]
Davlatimiz rahbarining 1998-yil 30-iyundagi O’zbekistonda Tojikiston
Respublikasi kunlarining tantanali ochilish marosimidagi so’zlagan nutqi:
24
“Bozorimiz ham, mozorimiz ham bir. Ismimizdan ham, jismimizda ham hech
kim bizni bir-birimizdan ajrata olmaydi. Hazrat Alisher Navoiy bir tojikcha
g’azalida yorni “Chashmoni turkinavu, mijgoni tojikona” ya’ni, “ko’zlari turkona-
yu, kipriklari tojikona” deb bejiz ta’riflamagan.
Boqi Rahimzoda: “E o’ra, bigo’: tu o’zbek yo tojik?”- deb lutf etganida
mutlaqo haqdir. Qani, aytinglar-chi, shu baytni tarjima qilishga ehtiyoj bormi?!
Avval bir anjumanda aytgan edim,bugun shu iborani yana takror aytmoq
joizkim, o’zbek bilan tojik- ikki tilda gapiradigan bir xalq desak hech qanday hato
bo’lmas.
Islom dini va Sharq falsafasining ulug’ namoyandalari, buyuk targ’ibotchilari,
mutafakkirlarimiz Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband hazratlari kabi buyuk
allomalar qoldirgan ma’naviy boylik va o’g’itlar ikki xalq uchun ham barobar
bebaho merosdir. Dil ba yori dast ba kor, degan hikmat bugungi avlodlarimiz,
farzandlarimiz uchun, aql-idrok bilan yashash uchun bebaho va rahnoma yo’riqdir.
Mavlona Nuriddin Abdurahmon Jomiy bilan Amir Nizomiddin Alisher
Navoiydek ikki buyuk zoti sharifning xalqlarimiz shoni sharafi, ma’naviy-ruhiy
qudratini jahonga ko’z-ko’z qilgan ijodi, ular o’rtasidagi ajib piru muridlik, ustozu
shogirdlik munosabatlari biz uchun abadulabad yaqinligimizning go’zal ramzi
bo’lib qolajak.”[4]
Prezidentimiz Islom Karimov 1998-yil “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
nomi bilan tarixchi olimlar va jurnalistlarga bergan suhbatida quyidagi fikrlarni
bayon qilgan.
“Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati,
qadryatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu tabiiy
hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga
yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi.
Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat
Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini butun jahon
tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar,
25
olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy
ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va
undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko’rku fayzini,
mahobatini yo’qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda
dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati
yuksak bo’lganidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng
qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida
saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix,
adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo,
astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asarlar bizning
beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan
xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli
mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman.” [4]
Yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ham buyuk
allomalarimiz hayoti va ijod yo’liga salmoqli to’xtalgan va o’z fikrlari bilan
buyuk daholar shaxsiga hurmat va iftixor tuyg’usini bildirgan. “ Shu ma’noda,
keyingi
paytda
buyuk ajdodlarimizning so’nmas dahosiga hurmat-
ehtirom,ularning boy ilmiy merosini o’rganishga bo’lgan qiziqish horijiy ellarda
ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig’ini dunyoning
turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e’lon qilinayotgan ilmiy
va badiiy asarlar, ulug’ ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar
misolida ham ko’rish mumkin. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada
Mirzo Ulug’bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy
bobomizga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg’oniy xotirasiga
o’rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz.
Bugungi kunda poytaxtimizning Amir Temur Xiyoboniga, Samarqanddagi
Ko’ksaroy, Shahrisabzdagi Oqsaroy maydoniga xoh erta tongda, xoh kechqurun-
qachonki borib qaramang, chindan ham Sohibqiron siymosida doimo nur jilvalanib
turganini ko’rishingiz mumkin.
26
Biz ana shunday izlanish va tajribalar asosida keyinchalik Farg’ona shahrida –
Ahmad Farg’oniy, Urganchda- Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin
Manguberdi, Navoiy shahrida Alisher Navoiy, poytaxtimizda-G’afur g’ulom,
Abdulla Qahhor va Zulfiya singari allomalarimiz, yozuvchi va shoiralarimiz
haykallarini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa “ El-yurt tayanchi” va
boshqa o’nlab monumental san’at asarlarini barpo etishga muyassar bo’ldik”.
O’zbеkistоn
hududlari
eng
qadimgi
davrlardan
bоshlab
jahоn
Sivilizatsiyasining o’chоqlaridan biri ekanligiga ilmiy jihatdan hеch qanday
shubha yo’q. O’zbеkistоn va O’rta Оsiyo hududlarida оlib bоrilayotgan kеng
miqyosdagi tadqiqоt ishlarining natijalari ham Vatanimizning jahоn
Sivilizatsiyasida tutgan o’rnini tasdiqlaydi. [ 5]
Yurtboshimiz I. Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida inson o`z
tarixini bilishi uning yuksak manaviyatli inson ekanligidan dalolat berishini etirof
etib o’tgan. Bu asarda “tarixiy xotirasi bor inson irodali insondir” tamoyili chuqur
bo`lgan va isbot talab qilib bo`lmas haqiqatligi ko`rinadi. Shu mulohazani
to`ldirish maqasadida yurt boshimiz I. Karimovning tarixiy xotirasiz kelajak yo`q
asarida quyidagi fikrlarni misol qilib keltiramiz:
“ Tarixni yaxshi bilmasdan turib yuksak manaviyatga erishish mumkinmi?
Manaviyatni tiklashi tug`ilib o`sgan yurtida o`zini boshqalardan kam sezmay
boshini baland ko`tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak.
Har qaysi inson men shu milat farzandi ekanman mening ajdodlarim kimlar
bo`lgan millatimning ibtidosi qayda uning oyoqqa turishi tiklanish shakllanish
jarayoni qanday kechgani degan savollarni o`ziga berishi tabiiy. Nega jahonga
Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom
Buxoriy Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni
bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish
darajalaridan tushib ketdi? Negaki so`ngi 3 asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan
chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyasining
ulkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqning ham o`rni bo`lganmikan?
27
Tarixiy ildizini izlagan odam albatta bir kun mana shunday savollarga duch keladi
va aminmanki to`g`ri xulosalar chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson- irodali
insondir. Takror aytaman irodali insondir.
Kim bo`lishidan qatiy nazar jamiyatning a’zosi o`z o`tmishini yaxshi bilsa
bunday odamlarni yo’ldan urish har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix
saboqlari insonni xushyorlikka o`rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. ” [7]
Xususan, yurtboshimiz Islom Karimovning 2015-yil nashrdan chiqqan “ Ona
yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir”
asarida ham buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi butun dunyoning
ilmiy merosi ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
Chet ellik mehmonlarimizning, “Inson dunyoning qayerida yashamasin, bu
boyliklarni, bu allomalarni bilishi kerak. Shunday mutafakkirlarni voyaga
yetkazgan xalq har qanday yuksak tahsinga sazovor va biz bu xalqdan ana shunday
kashfiyotlarni yana kutishga haqlimiz” degan gaplari, aytinglar, hammamizga
g’urur va iftixor bag’ishlamaydimi?[6]
Do'stlaringiz bilan baham: |