11.3. Savol bayoni. Tafakkurning jarayonlari.
Tafakkurni jarayon sifatida psixologiya jixatidan tadkik qilish ma’lum bir bilish natijalarini xosil bulishiga olib keladigan ichki yashirin sabablarini o’rganish demakdir.
Analiz va sintez operatsiyalari. Analiz shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy va xususiyatlarini tahlil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yonkoqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich oddiy analizdir. O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar misol va masalalarni yechadilar.
Sintez — shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hrdisalarning analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va xrdisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib qo’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ham ko’rinib turibdi. Analiz amaliy bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, motor yoki dvigatelning qismlarini, detallarini yig’ishtirib o’rnio’rniga joylashtirilganda, ya’ni sintez qilinganda motor yoki dvigatelь hosil bo’ladi. Avtomashinaning kuzovni, kabiiasini, motor va hokazo qismlari sintez qilingan mahaldagina bir butun avtomashinani bunyod etish mumkin. Sintez analizning teskari bo’lgan tafakkur jarayonidir. Sintez qilishda biz analiz qilish vaqtida ayrim bo’laklarga ajratilgan narsalarning qismlarini fikran birlashtirib bir butun holatga keltiramiz. Analiz va sintez bir-biri bilan uzviy bog’liq jarayondir.
Taqqoslash insonning ijtimoiy faoliyatida, bilimlarning o’zlashtirilishida, voqelikni to’laroq aks ettirishida bir-biriga o’xshash jihatlartafovutini, shuningdek, bir-biridan farqqiladigan tomonlar o’rtasidagi o’xshashlikni topishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi katta ahamiyatga ega. Taqqoslash — shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’yektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi. Taqqoslash shunday bir aqliy jarayondirki, bunda biz fikran ikkita narsani taqqoslab, ular o’rtasida o’xshashlik hamda farq borligini aniqlaymiz. Masalan, mashg’ulot yoki o’yin paytida ayrim o’yinchoqlarni xuddi o’zining o’yinchoqliriga o’hshatish mumkin. Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy (konkret narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash).
XIX—XX asrlarda yashagan allomalardan biri taqqoslashning psixologik mexanizmi to’g’risida juda ilg’or fikrlarni ilgari surib, quyidagi mulohazalarni bildiradi: «Agar siz tabiatning biror narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uningo’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o’zidan juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashlik topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim, hamma belgilarini payqab olasiz, demak, shu narsani tushunib olasiz».
Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, inson, ko’pincha, jamiyat formatsiyalarini o’rganish davrida, ularning avvalgi mohiyatini keyingi formatsiyani o’rganish paytida yanada chuqurroq va puxtaroq egallab oladi.
. Abstraksiya. Narsa va hodisalarning, qonun va qonuniyatlarning ayrim belgisi, sifati, alomati yoki xususiyatlarini fikran ulardan ayirib olib, mustaqil fikr ob’yektiga aylantirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi inson bilish faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Masalan, bilish jarayonida tabiat, jamiyat va ayrim insonlarga xos bo’lgan «go’zallik» belgisini ayirib olib, ularning go’zalligi to’g’risida emas, balki umuman go’zallik, ya’ni estetyk kategoriya mazmunidagi tushuncha yuzasidan mulohaza bildiriladi.
Abstraksiyalash shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Abstraksiya jarayonida ob’yektdan ajratib olingan belgi (alomat)ning o’zi tafakkurning mustaqil ob’yekti bo’lib qoladi. Abstraksiya operatsiyasi analiz natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini analiz qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas, balki devorning oqligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov, ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko’z o’nglarida yoritishini kuzataturib, ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishini fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza yuritishlari ayni haqiqatdir. abstraksiyalash jarayoni yordamida qiymat, son, kenglik, tenglik, uzunlik, kattalik, qattiqlik, zichlik, balandlik, geometrik shakl, matematik ibora, tanqidiy realizm, bosim, solishtirma okirlik, geografik tushunchalar tizimi kabi abstrakt tushunchalar vujudga keltiradi.
Abstraksiyalash analiz bilan uzqiy bog’liq jarayondir.
Umumlashtirish shunday bir tafakkur qilish usulidirki, bunda biz narsa va hodisalarning o’xshash belgilarini fikran birlashtirib, bir tushuncha holiga keltiramiz.
Umumlashtirish va abstraksiyalash so’zlar yordamida amalga oshadi. Tafakkur til, nutq bilan amalga oshirilar ekan, u har doim voqelikni umumlashtirib aks ettirishdan iborat bo’ladi.
Umumlashtirish deganda psixologiyada narsa va hodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi.
Masalan, temir, po’lat, latun, oltin va boshqalarda mavjud bo’lgan o’xshashlik va umumiy belgilarni yagona tushuncha ostida to’plab, uni «metall» degan ibora bilan nomlashimiz mumkin. Shuningdek, qish, bahor, yoz va kuz «fasl» degan tushuncha orqali ifodalanadi. Insonning yosh davrlari xususiyatidagi umumiy belgilar xisobga olinib, «o’smir», «o’spirin», «yetuk kishi», «keksa» singari terminlar ishlatiladi.
Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib o’rganiladi.
Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va yaqqolko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob’yektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob’yektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo’ladi. Yaqqol ko’rgazmali umumlashtirishda narsa va xrdisalar tashqi hamda yaqqol belgilari bo’yicha umumlashtiriladi.
Biz tajribamizda umumlashtirishning yo’nalishi bo’yicha farqlanuvchi usullarga ahamiyat berganmiz. Tajribalarda ushbu umumlashtirish usullari o’rganilgan eda: umumiydan xususiyga (usul №1), xususiydan umumiyga (usul №2), yagonadan umumiyga, so’ng xususiy hollarga (usul №3), umumiydan xususiyga va o’sha umumiydan yanada umumiyga (usul №4), kamroqumumiy holdan ko’proqumumiy holatga (usul №5), yagona umumiy qonuniyatdan yanada umumiy qonuniyatga o’tish (usul №6) va boshqalar.
Umumlashtirish
Mazmuniga ko’ra
Elementar
Empirik
Tushunchali
Nazariy
Fikrning yo’nalishiga ko’ra
Xususiydan umumiyga
Umumiydan xususiyga
Yakkadan umumiyga va undan xususiyga
Umumiydan xususiyga va o’sha umumiydan yanada umumiyga
Kamroq umumiydan yanada umumiyga
Konkretlashtirish hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat’i nazar, bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
Psixologlar tadqiqotlarining ko’rsatishiga qaraganda, konkretlashtirish, odatda, ikki xil vazifani (funksiyani) bajaradi. Dastlabki funksiyasiga taalluqli ko’pgina misollarni keltirish bilan uning psixologik mexanizmini ko’rsatishiga harakat qilamiz. Masalan, o’quvchilar «qora» degan so’zni ishlatgan paytlaridan ko’z oldida bitum, chaqich, asfalьt kabi qora rangdagi narsalar va hayvonlarni gavdalantirishlari mumkin. Shuningdek, ular «harakat» degan iborani ishlatsalar, odamni, mashinani, hayvonlarni suv va samolyot kabilarni tasavvur qila oladilar. Kyoyinchalik esa harakat tushunchasining ko’lami kengayib boradi, biologik, ijtimoiy va hokazo harakatlarni nazarda tutadi.
Konkretlashtirishning ikkinchi funksiyasi quyidagi misollarda o’zining yorqin ifodasini topadi. Masalan, kishilar ketmon, belkurak, panshaxani dehqonchilik asboblariga; igna, bigiz, angishvona va tikuv mashinasini tikuv asboblariga; lola, atirgul, binafsha, bulьdanejni gulga; daftar, ruchka, chizg’ichni o’quv qurollariga kiritadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |