Haynrih Byoll nobel ma’ruzasi va hikoya



Download 25,7 Kb.
bet2/2
Sana28.05.2022
Hajmi25,7 Kb.
#613088
1   2
Bog'liq
Haynrih Byoll

MENING BEBAHO OYOG‘IM

Mana, nihoyat menga ham muruvvat ko‘rsatishibdi. Idoraga borishimni so‘rab taklifnoma yuborishdi. Bordim yerdagilarning mulozamatidan boshim ko‘kka yetdi. Amaldor kartotekadan mening kartamni oldi va «Hm» dedi. Men «Hm» dedim.


— Qaysi oyoq? — so‘radi amaldor.
— O‘ng.
— To‘liqmi?
— To‘liq.
— Hmm, — dedi u yana va bir nechta qog‘ozlarni ko‘zdan kechirdi. O‘tirishimga ruxsat berishdi.
Nihoyat amaldor bir qog‘ozda to‘xtadi, aftidan o‘sha qog‘oz ma’qulroq ko‘rindi.
Menimcha, — dedi u, — bu baayni sizbop ish. Zo‘r narsa. O‘tirib ishlaysiz. Respublika maydonidagi ja hojatxonasida etikdo‘z. Qalay?
— Men etikdo‘zlikni bilmayman. Doim yaxshi tozalanmagan poyabzallar tufayli ko‘ngilsizliklarga uchrab yuraman.
— O‘rgansa bo‘ladi, — dedi amaldor. Hamma narsani o‘rgansa bo‘ladi. Nemis hamma ishga qodir. Imkonini qilib b malaka kurslarini o‘tash mumkin.
— Hm, — to‘ng‘illadim men.
— Nima qildik, bo‘ladimi?
— Aqldan ozganim yo‘q. Bu dunyoda hech kim yo‘qotgan oyog‘imni qaytara olmaydi. Menga, hatto tamaki sot ruxsat bermay qarshilik qilishyapti.
Amaldor o‘zini stul suyanchig‘iga tashladi va chuqur uh tortdi.
— Og‘ayni, — deb gap boshladi u. — Oyog‘ingiz juda bebaho. Kartochkada yozilishicha, yoshingiz yigirma to‘qq ekan, yuragingiz baquvvat va kesilgan oyoqni hisobga olmasa, sog‘lig‘ingiz po‘latday mustahkam. Siz bem yetmishgacha yashaysiz. Marhamat qilib qancha daromad olishingizni hisoblab ko‘ring-chi! Masalan, oyiga yet markadan o‘n ikki oyda qancha bo‘ladi? Natijani qirq birga, ya’ni qolgan umringizga ko‘paytirsak-chi? Hisoblading endi bunga foizlarni qo‘shing va shuni ham unutmangki, oyog‘ini yo‘qotgan birgina siz emassiz. Uzoq yashashi eht katta bo‘lganlardan son mingta. Siz bo‘lsa bu yerda yog‘liroq daromad talab qilib o‘tiribsiz. Kechirasiz-u, aqldan ozibsiz.
— Taqsir, — dedim men ham o‘zimni stul suyanchig‘iga tashlab, chuqur nafas olib. — Aftidan, oyog‘imning qimmatini nazardan qochirgan ko‘rinasiz. Uning narxi hisob-kitobingizdan ancha qimmat turadi va bu favqulodda be oyoq. Gap shundaki, kaminaning nafaqat yuragi, balki aqli ham zaif emas. Gaplarimni diqqat bilan eshiting.
— Vaqtim juda ham cheklangan.
— Quloq soling, mening oyog‘im hozirda nafaqa olib yotgan ko‘plab odamlarning hayotlarini saqlab qolgan. Bu shu bo‘lgan: men yolg‘iz o‘zim oldingi qatorda yotardim. Biznikilar vaqtida juftakni rostlab qolishi uchun dushmanni ku turishim kerak edi. Ortimizdagi shtablar shoshilinch tarzda ketishga shay edi. Biroq ertaroq ham, juda kech ham ket istashmas, ayni vaqtida quyonning rasmini chizishi kerak. Boshida biz ikki kishi edik. Ammo sherigimni ko‘z o yumgunimcha narigi dunyoga ravona qildilar. Endi unga xarajat qilishingizga hojat yo‘q. To‘g‘ri, u uylangan, lekin x soppa-sog‘, ishlay oladi, bunga qayg‘urmasangiz ham bo‘laveradi. U g‘aznaga juda suv tekinga tushdi, atigi bir oy xizmat qildi. Sherigimga sarflangan xarajat birgina pochta kartochkasi va askarlarga beriladigan qattiq non payk bo‘ldi. U vijdoni butun askar edi. O‘ylab qarasam, u har qalay o‘sha yerda o‘lib to‘g‘ri qilgan ekan. Xullas, men yo qoldim. Ko‘p dahshatlarni ko‘rdim, sovuq suyak-suyagimdan o‘tib ketdi va, bilasizmi, men ham qochishga qilganimda, tushunyapsizmi endigina qaror qilganimda…
— Vaqtim juda ham ziq, — qaytardi amaldor va qalam qidira boshladi.
— Yo‘q, baribir eshitasiz, — dedim men. — Axir eng qiziq joyi endi boshlanadi. Xullas, men ham juftakni rostlay deganimda oyoq qurg‘ur pand bersa bo‘ladimi! O‘rnimdan turolmay yotgan holatimda ularga signal berish ha o‘yladim va signal berdim. Hamma keta boshladi, tartib bilan: avval diviziya, keyin polk, keyin esa batalon. Ham risoladagiday, batartib. Meni esa… Qanchalik ahmoqona eshitilmasin, meni olib ketish hech kimning esiga kelm Tushunyapsizmi, meni tashlab ketishdi. Shunaqa shoshilinchda ketishdi. G‘alati bir hodisa bo‘ldi: agar oyog yo‘qotmaganimda, hammasi, general ham, polkovnik ham, mayor ham halok bo‘lardi. Siz ham ularga katta nafaqa t o‘tirmasdingiz. Ana endi hisoblab ko‘ring-chi, oyog‘im qancha turishini. General ellik ikki, polkovnik qirq sakkiz, m esa ellik yoshda. Hammasi baquvvat, yuragi sog‘lom, es-hushi ham joyida. Harbiycha yashashganda ham Gindenburg kamida saksonga yetib borishadi. Bu yog‘ini endi, marhamat qilib, hisoblab ko‘ring: bir yuz oltmishni o‘n ik ko‘paytiring va uni yana o‘ttizga ko‘paytiring. Axir ular taxminan yana o‘ttiz yil yashashi mumkin, to‘g‘rimi? Me oyog‘im mana shunday g‘oyat bebaho, dunyodagi eng qimmat turadigan oyoqlardan biri.
— Siz baribir aqldan ozgansiz, — dedi amaldor.
— Yo‘q, aslo unday emas. Baxtga qarshi, aqlim yuragim singari butun va sog‘lom. Ming afsus, o‘shanda, oyog‘im bermasdan ikki daqiqa avval meni otib tashlashmagan ekan. Ancha pulimizni iqtisod qilardik.
— Xullas, ish ma’qulmi? — so‘radi amaldor. — Yo‘q, — dedim-da, chiqib ketdim.
Download 25,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish