Hayitboyev Ibratjonning dinshunoslik fanidan mustaqil ishi Mavzu



Download 32,26 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2022
Hajmi32,26 Kb.
#352219
1   2
Bog'liq
Dinshunoslik ми

ISLOM KARIMOV

 Bag`rikenglik tushunchasi

1. Bag`rikenglik— bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to`g`ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e`tiqod vujudga keltiradi. Bag`rikenglik turli-tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma`naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag`rikenglik tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir.

2. Bag`rikenglik yon berish, andisha yoki xushomad emas. Bag`rikenglik eng avvalo insonning  universal huquqlari va asosiy erkinliklarini tan olish asosida shakllangan faol munosabatdir. Har qanday vaziyatda ham bag`rikenglik ana shu asosiy qadriyatlarga tajovuzlarning bahonasi  bo`lib xizmat qilmaydi. Bag`rikenglikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim.

3. Bag`rikenglik inson huquqularini qaror toptirish, plyuralizm (shu jumladan, madaniy plyuralizm), demokratiya ,va huquqning tantanasi uchun ko`maklashish majburiyatidir. Bag`rikenglik aqida bozlikdan, haqiqatni mutlaqlashtirishdan voz kechishni anglatuvchi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarda o`rnatilgan qoidalarni tasdiqlovchi tushunchadir.

4. Bag`rikenglikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo`lishni, o`z imon-e`tiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e`tiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o`z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmog`i lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o`z tabiatiga ko`ra tashqi ko`rinishi, qiyofasi, o`zini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o`zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas.



Turli madaniyatga mansub aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan O‘zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi. O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Istiqlol yillarida respublikamizda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Fuqarolar e’tiqodlaridan kelib chiqqan holda diniy tashkilotlarga birlashib, mustaqil huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritishi, diniy mutaxassislar tayyorlashlari va adabiyotlarni nashr etishlari, diniy bayram va marosimlarini o‘tkazishlari, muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil etishlari kafolatlandi. Respublikamizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2239 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2065 tasi islomiy, 157 tasi xristian tashkilotlar, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va budda ibodatxonasi mavjuddir. Bundan tashqari, respublikada konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda milliy va diniy sohada olib borilayotgan siyosat BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” moddalari va ruhiga hamohang ekani hamda davlatimiz vijdon erkinligini ta’minlash borasida o‘z zimmasiga olgan barcha xalqaro shartnomalarni to‘la-to‘kis bajarib kelayotgani alohida ta’kidlash mumkin.Bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa, Yaqin Sharq mintaqasida etnik va diniy asosdagi nizolar kuchayib borayotgani, bu kabi nizolarni avj oldirayotgan g‘arazli kuchlarning o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida turli nashrlar, teleradiodasturlar va internet sahifalarida amalga oshirayotgan axborot xurujlariga nisbatan “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganiga e’tibor qaratildi.Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoning uzoq-yaqin turli hududlarida tashvishli voqealar tobora keskinlashib borayotgan bir vaziyatda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni saqlash, diniy bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini keng yoyish, adovat va murosasizlikka olib boruvchi har qanday yo‘lning payini qirqish muhim ahamiyat kasb etishi, shu bois, bugungi murakkab bir davrda insoniyat uchun tinchlik, barqarorlik ne’matlari qanchalik ulkan qiymatga ega ekanini chuqur anglab yetmog‘imiz darkorligini bilishimiz zarur.

Diniy ekstremizm va murosasizlikka qarshi mafkuraviy kurashning muhim omili sifatida yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish ekani qayd etildi hamda bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘llari, imkoniyatlari va bu boradagi ustivor vazifalar yoritib berildi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo‘lmagani kabi, bag‘rikengliksiz tinchlik ham bo‘lmaydi.
Yoshlarga tinchlik va bag‘rikenglikning ulug‘ ne’mat ekani, uni qadriga yetish, jamiyat tinchligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni berish, ularda O‘zbekistonning madaniy rangbarangligi, yurtimizdagi millat va elatlarning urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, shuningdek, ana shu madaniy turfaxillikni asrab-avaylash kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlab o‘tildi.

 Dunyoviy g`oyalar adolat va hokimiyat, erkinlik va mustaqillik ruhini, taraqqiyot  yo`lidagi oliyjanob maqsad-muddaolarni o`zida ifoda etib, vatan ravnaqi uchun, yurt tinchligi, xalq faravonligi uchun xizmat qilmoqda. Ular hurfikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo`lgan, bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan, o`zining mustaqil qarashlariga ega bo`lgan kishilar jamiyatining g`oyalaridir. 1995 yil 16 noyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida Bag‘rikenglik tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilindi. YUNESKO tomonidan bag‘rikenglikka oid yetmishdan ziyod xalqaro hujjatlar, konvensiya­lar qabul qilindi.Deklaratsiyada irqi, jinsi, kelib chiqishi, tili, dinidan qat’i nazar, bag‘rikenglikni targ‘ib etish, inson huquqlari va erkinliklarga hurmat bilan qarash kabi majburiyatlar aks etgan. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo‘lgan xislat bag‘rikenglik biz uchun an’anaviydir. Shu kundan e’tiboran Jahon afkor ommasi 16 noyabrni har yili «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. 1996 yilda BMT Bosh Assambleyasi har yili shu kunni Xalqaro bag‘rikenglik kuni deb nishonlashni taklif qilgan edi.

   Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan diniy-ma`rifiy qadriyatlarimizni o`rganish, asrash va himoya qilishga e’tibor qaratish, respublikamiz musulmonlari talabini hisobga olib, I.A.Karimovning 1992-yilning 27-martidagi farmoni bilan mamlakatimizda Ro`za va Qurbon hayiti kunlari dam olish kuni deb e’lon qilinishi muhim ahamiyatga ega bo`ldi.Shu bilan birgalikda 1992-yilning 8-dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat va din munosabatlari huquqiy jihatdan rasmiylashtirilib, unda bu borada dunyoviy davlatga xos tamoyillar asos qilib olindi. Chunonchi, 31-moddada mamlakatimizda har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi huquqiy belgilangan bo`lsa, 61-moddada esa, diniy tashkilotlar va birlashmalarning davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi aks ettirilgan.Ma’lumki, mamalakatimizda 1991-yil 14-iyulda, ya’ni mustaqllik e’lon qilinishidan oldin “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida” qonun qabul qilingan edi. Ammo, hukumatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlarni suiste’mol qilinishi, masjid qurish kompaniyasiga aylanib ketishi natijasida ularning soni 89 tadan 5000 taga yetdi. Masjid imomlarini 95,9% diniy ma’lumotsiz edi. Shuning uchun ham 1998-yilning 1-mayida ushbu qonun 23 moddadan iborat qilib yangi tahrirda qabul qilindi va davlat tomonidan yuqoridagi kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etildi.Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o`z e’tiqodidan qaytarib, dinni ma’muriy tarzda ta’qiqlab qo`yilishining har qanday nazariy va amaliy ko`rinishlariga chek qo`yadi. Shuningdek, u jamiyatdagi barcha dinlar, diniy tashkilotlar va diniy birlashmalar, turli dinga e’tiqod qiluvchi kishilarni teng huquqli deb biladi. Biror bir dinni boshqa bir dindan imtiyozli qilib qo`yilmaydi. Shu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashlarning qaror topishini, vijdon erkinligining amalda namoyon bo`lishi belgilaridan biri deb hisoblaydi. Xullas, O`zbekistonda dunyoviy davlat va din mutanosibligining barqarorligi ta’minlangan hamda yanada mustahkamlanmoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov farmoni bilan mamlakatimizda Imom Buxoriy,Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Termiziy, Imom Motrudiy, Burhoniddin Marg`inoniy, Abduholiq G`ijduvoniy, Xo`ja Ahror Valiy kabi mutafakkirlarimizning yubileylari o`tkazildi. Ulkan va boy madaniyatimizning uzviy qismi bo`lishi islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi masalalarini chuqur o`rganish, ilmiy tadqiqotlarda markaziy o`rin egallay boshladi. Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi va tasnifi, Imom Buxoriyning hadislar to`plami 4 jildda, Burhoniddin Marg`inoniyning “al-Hidoya”, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehin g`ofilin”asarlari, Bibliya(yangi ahd), shuningdek, qadimiy ahdning ba’zi qismlari(Sulaymon hikmatlari, Yunus payg`ambar tarixi) ilk marta o`zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgani ham ana shunday ijobiy natijalar sirasiga kiradi.



 Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov farmoniga binoan tashkil etilgan Toshkent islom universiteti ko`p qirrali ta`lim beruvchi, ma’naviy ma’rifiy ilmiy markazga aylandi. Bu yerda diniy va dunyoviy bilimlarni hamda xorijiy tillarni puxta o`zlashtirgan, ma’rifiy islomni xalq orasida targ`ib eta oladigan mutaxassislarni tayyorlovchi tizim shakllandi, qiyosiy dinshunoslik va islom-shunoslik sohalarida magistrlik va doktorlik izlanishlari tashkil etildi.Xullas, mamlakatimizda xalqimiz uchun nafaqat diniy e’tiqod, balki an’ana, hayot tarziga aylangan islom dini qadriyatlari hamda islom dinigacha bo`lgan qadriyatlarimizni ma’naviyatimizdagi o`rni hisobga olinib, ularni qayta tiklashga katta e’tibor berilmoqda.

O’zbekistonda dunyoviylik bilan diniylik o’rtasida andoza sifatida qo’llash mumkin bo’lgan yangi nisbatning shakllanishi natijasida dinlararo bagrikenglik va millatlararo totuvlikning ta’minlangani, qolaversa, tabarruk zaMinimizning azaldan umumjahon tamadduni markazlaridan biri bo’lgani barchaga ayon.

Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va doshlararo murosa borasida faqat MDX davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda Moskva va Butunrus Patriarxi Aleksey II, AQSh senatori Xillari Klinton xonim, AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya qirolligi shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga ziyoratlari vaqtida ta’kidlab o’tganlar. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo’lgan bu xislat o’zining uzoq tarixiga ega.Tariximizning har qaysi davrida din doimo odamlarda yaxshi xislatlarni ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishga chorlagan, Yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Bugungi kunda ma’naviy va diniy jabhalarda kechayotgan murakkab jarayonda barcha millat va din vakillari birbirlariga nisbatan hamjihatlik barrikenglik va o’zaro hurmat tamoyillariga amal qilishlari doimiy barqarorlikning muhim omillaridan biridir.Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning "Mustaqillik niholi ko’karishi uchun unga tinchlik osoyishtalik totuvlik millatlararo chidam va bardosh kabi kuchli ildizlar kerak. Shunda u har qanday shamol, dovul, bo’ronlarda egilmaydigan bo’lib ulg’ayadi", degan so’zlari hayotga izchillik bilan tadbiq etilmoqda. Ilgari surilgan mazkur g’oyani amalga oshirishda bugungi kunda ikki muxim masala, bir tomondan, tinchlik va ezgulik dini islomni "soxta islomchi"lardan, ya’ni ma’rifiy islomni siyosiylashgan jangari islomdan himoya qshgash, ikkinchi tomondan, ko’p millatli, ko’p dinli jamiyatimizda e’tiqod erkinligi kafolatlangan sharoitda ayrim jamoalarning missionerlik ruhida faoliyat yuritishlarining oldini olish muhim. Bu, o’z navbatida, yurtimizdagi millatlararo hamjihatlik va diniy bagrikenglikni yanada mustahkamlaydi.So’nggi yillarda butun dunyo, shu jumladan, mintaqamizda kuchayib borayotgan diniy aqidaparastlik va jangarilik islomning asl mohiyati bo’lgan bag’rikenglikka zid bo’lgaya harakatlarga sabab bo’lmoqsa. Bu harakat va garazli oqimlarning nomlari va shiorlari turlicha bo’lishiga qaramay, maqsadlari bir — dindan niqob sifatida foydalanib, davlat siyosatiga aralashish, hokimiyatni qo’lga kiritish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "O’zbekiston XXI asr bo’sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida, jumladan, shunday deydi: "Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz. Lekin biz hyech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorliga uchun jiddiy xavfxatar deb hisoblaymiz".Xozirgi zamonda milliy va diniy bag’rikenglik dunyoda tinchlik va barqarorlikni asrash hamda diniy ekstremizm, fundamentalizm va aqidaparastlikka qarshi kurashni, butun jahon hamjamiyatining hamKorligini nazarda tutadi. Shu tamoyilga asoslangan O’zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrabavaylash, barcha fuqarolar o’z e’tiqodini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlash, ular o’rtasidagi qadimiy mushtarak an’analarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.U turli millat manfaatlarini uygun ko’rish va ta’minlash asosida mustahkamlanib boradi.

Diniy bagrikenglik ham dinlararo hamda har bir dinning ichidagi turli xil yo’nalishlar va mazhablarning ezgu g’oyalarini qadrlash, birbirlarini hurmat qilish asosida amalga oshadi.Bu milliy g’oya amal qiladigan ustuvor g’oyalar sifatida Milliy bag’rikenglik va dinlararo bag’rikenglikka asoslaVish turli xalqlar va millatlar o’rtasida o’zaro hamjiHatlik totuvlikni ta’minlash orqali erkin va farovon Hayot qurishga, insonlarning tub hayotiy maqsadlari bilan mushtarakdir. Diniylik dunyoviylikni inkor qilmaydi, u bilan ba’zan yonma-yon yashasa, ayrim vaziyatlarda o’zaro yaqinlashadi, dunyoviylikning rivojiga xizmat qiladi. Dunyoviylik, ya’ni shu moddiy hayotni rivojlantirishga yo’nalganlik diniylikning ham maqsadlari bilan mos tushadi. Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin, deganda dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do’stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta’limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo’lishga undaydi.

“ Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan mutassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari avvalambor, o’z dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar” deya aytgan respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov.

Xulosa:Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi.Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, milliy bagrikenglik — turli milatga mansub kishilarning birbirlarining tilini, dinini, turmush tarzi, urf-odati va an’analarini, milliymadaniy merosini hurmat qilishni, ularning sha’ni, qadrqimmatini, ornomusini qadrlash orqali amalga oshadigan o’ziga xos ma’naviy kenglikni (bagrikenglikni) anglatadi. Milliy bagrikenglik bunga zid bo’lgan, milliy manfaatga ziyon yetkazish hisobiga ta’minlanmaydi.



Download 32,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish