Voivoks (Volvox globator)
Yumoloq shakldagi yashif volvoksni ko‘llarda, hovuzlardaba’zan sholipoyalarda uchratish mumkin. Volvoksning sharshaklidagi tanasining kattaligi (Volvox globator) 2 mm gachabo‘ladi. Bu yirik voivoks koloniyasi 20 mingga yaqin maydahujayralardan tashkil topgan. Ular sharsimon koloniyaning chetkiqismiga yaqin joylashgan bo‘lib, shaming o‘rta qismi esa shilim-shiq modda bilan to'lgandir. Koloniya tarkibidagi individlarninghar biri 2 ta xivchinga, yadroga, xromatoforlarga, qisqamvchivakuola va stigmaga egadir. Shuning uchun ham koloniya tarki-bidagi individlarning har bittasini mustaqil bir hujayrali organizm-lar deb qarash mumkin. Lekin bu individlarning ko‘pchiligibo‘linib ko‘payish xususiyatiga ega emas, ulami somatik hujayralardeb ham ataydilar. Ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan individlarkoloniyada juda oz, atigi 4-10 tagina bo‘lishi mumkin. Bularpartenogonidiyalar yoki "ko‘payuvchi vegetativ hujayralar" dir.Bular somatik hujayralarga nisbatan 4-5 marta yirik va ozuqamoddaga boy bo‘ ladi. Partenogonidiyalar asosan koloniyaning orqa (keyingi) qutbida joylashadi. Ular protoplazmatik ipchalar yordamida o‘zaro bog'lanmasdan, atrofdagi somatik hujayralar bilan bog‘langandir. Ularda hech qanday organoidlar bo'lmaydi, faqat ko‘payish uchun xizmat qiladi. Har bir volvoks koloniya-sining taraqqiyoti ana shu partenogonidiyaning maydalanishidan boshlanadi.Bunda partenogonidiyalar shar ichidagi shilimshiq moddaga cho'kadi va ko‘p hujayrali hayvonlarning urug‘langan tuxum hujayrasining maydalanishi singari maydalana boshlaydi.Oldin 2 ga, 4 ga, 8 ga, 16 ga, 32 ga 64 ga bo‘linadi va nihoyat bo‘linish koloniyadagi hujayralarning soniga baravar blastomerlarhosil bo‘lguncha davom etadi. Masalan, V.aureus uchun 9-10 marta, Vglobator uchun esa15 marta maydalanishi kifoyadir. Natijada "ona" koloniyaningichida bir necha yosh "qiz" koloniyalar rivojlanadi. Keyinchalikularda volvoksning yangi koloniyasi hosil bo‘ladi. Bundayrivojlanayotgan koloniya blastulaga o‘xshash shaklga egadir.Uning vegatativ qutbida bitta teshikchasi bo‘lib, ularkeyinchalik yo‘qolib ketadi va koloniya shar shaklida boiib qoladi.Blastomerlar esa koloniyaning individlariga aylanadi. Buvolvoksning jinssiz ko‘payishidir.Biz yuqorida bayon qilgan urug'lanmasdan bo‘lib o‘tadiganjinsiy ko‘payishni partenogenez deb ham atash mumkin(partenogonidiyalar degan nom ham shundan kelib chiqqan).Volvokslar orasida ikki jinsli V.globator) va ay rim jinsli(V.aureus) turlari ucliraydi (3-rasm). Jinsiy ko‘payishda (V.aureus)urg‘ochi koloniyada makrogonidiyalar rivojlanib, makrogametalarpaydo bo‘ladi, erkak koloniyadagi mikrogonidiyalarda esa mikroga-metalar hosil bo'ladi. Makrogametalar koloniyaning markaziyqismiga cho‘kadi. Makrogametalar esa tashqi muhitga chiqib, suvdasuzib yuradi va so‘ng boshqa koloniyaga kirib, makrogameta bilanqo'shiladi. Natijada hosil bo‘lgan zigota qalin po‘st bilan o‘ralib,qishlab qoladi va bahorda u rivojlanib, yangi koloniyani hosil qiladi. Volvoks – koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali hayvon. Iflos suvli hovuz va ko‘llarda diametri 1 mm keladigan yashil sharga o‘xshash volvokslar uchraydi (8-rasm). Volvoks koloniyasi mingga ya-qin noksimon ikki xivchinli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar sharning sirtida joylashgan bo‘lib, sitoplazmatik iðchalar yordamida o‘zaro bog‘langan. Sharning ichi quyuq dildiroq modda bilan to‘lgan.
ADAB1YOTLAR
1. C.P.Hickman, L.S.Roberts, S.L.Keen, AXarson,H.Ianson, D.J.
Eisen-hour Zoology, 14 edition, 2008, McGraw-Hill, USA, p 922.
2. Ruppert E.E., Fox R.S., Barnes R.D. Invertebrate ZOOLOGY,
7 edition, 2004, Thomson Brooks/Cole, USA, p 1022.
3. Аверинцев C.B. Зоология беспозвоночных. Москва, 1962.
4. Догел В.А. Зоология беспозвоночных. Высшая школа,
1981.
5. Фролова У.Н., Шербина Т.В., Михина Т.Н. Практикум по
зоологии беспозвоночных. М: Высшая школа, 1981.
6. Иванов А.В., Полянский Ю.И., Стрелков А.А. Большой
практикум по зоологии беспозвоночных. М: Высшая школа,
1981.
7. Жизнь животных в шести томах. М: Просвещение. Том 1,
1968.
8. Жизнь животных в шести томах. М: Просвещение. Том 3,
1969.
9. Лопатин И.К. Функсионалная зоология. Минск, Высшая
школа,2002.
10. Mavlonov О., Xurramov SH., Norboev Z.N. Umurtqasizlar
zoologiyasi. Toshkent: Mexnat. 2002.
11. Mavlonov O., Xurramov SH. Umurtqasizlar zoologiyasi.
Toshkent: Mexnat. 1998.
12. Moiseev V.A., Davletshina A.G. 0 ‘zbekiston xasharotlar
dunyosi ( Hasharotlar va boshqa umurtqasiz hayvonlar). Toshkent:
0‘qituvchi, 1997.
13. Natali V.F. Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi. Toshkent:
0‘zdavmashr. 1975.
Do'stlaringiz bilan baham: |