O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadigan masalalar
1. Yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ustidan nazorat qilish, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tuproq unumdorligini, shuningdek yerlarning boshqa xossalarini qayta tiklash va oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar, begona o‘tlar o‘sishidan hamda yerlarning texnik holati yomonlashishining boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish;
agar boshqa usullar bilan tuproq unumdorligini tiklash mumkin bo‘lmasa, unumsizlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini konsyervatsiya qilish;
buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini oshirish;
yer buzilishi bilan bog‘liq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va ularni saqlash;
foydali konlarni qazish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari, o‘rmon yerlari va boshqa yerlarning ushbu ishlar tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi ustidan nazorat qilish;
2. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan:
tabiiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni, dehqonchilikning eng samarali va oqilona tizimini joriy etish;
haydaladigan yer maydonlari saqlab qolinishini ta’minlash;
meliorativ jihatdan nobop bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish, pichanzorlar va yaylovlarga suv chiqarish va ularni yaxshilash tadbirlari bajarilishini nazorat qilish;
3. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini o‘lchash.
4. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari o'z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni belgilangan tartibda tekshirish;
yerga oid qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga va yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko'rsatmalar berish;
aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishi natijasida etkazilgan zararni qoplash haqida da’volar kiritish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga taqdimnomalar yo'llash va materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish;
yerga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini to‘liq yoki qisman olib qo‘yish to‘g'risida taqdimnomalar hamda yer uchastkalarining unumsizlanib qolganligini belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |