Atmosferadagi «parnik» effekti yoki issiqlikning tuplanishi nima? Parnik (rus.) — usti oynavand romlar yoki shaffof plyonka bilan yopiladigan inshoot. Asosan, karam, bodring , pomidor, gul koʻchatlari yetishtiriladi. Sabzavotchilikda P.ning bir va ikki nishabli; chuqur va yer ustki; of-tob, biologik yoqilgʻi va texnika vositalari (suv hamda elektr) yordamida isitiladigan turlari bor. Oʻzbekistonda biologik yoqilgi bilan isitiladigan bir nishabli (20 romli) chuqur va yuza P. koʻp ishlatiladi. P. quriladigan yer issiq, shamollardan toʻsilgan, old tomoni gʻarbga qaragan boʻlishi kerak. P. qurish uchun tepa tomoni 150 sm, tag tomoni 120 sm kenglikda, 60—70 sm chuqurliqda xandaq qaziladi. Parniklar ustiga yopiladigan romlarning boʻyi va eni 160 x YU6 sm yoki 213 x 107 sm boʻlib, ular pishiq, tez chirimaydigan yogʻochdan yasaladi. Xandaq che-tiga qoʻyiladigan yogʻochlar mis kukunining 10% eritmasida boʻktiriladi. Qanday ekin ekilishi va foydalanish muddatiga qarab, P.lar issiq, iliq va sovuq boʻladi. Issiq P. 70—80 sm chuqur qilinib, 50—60 sm qalinlikda yangi goʻng solinadi va qishda foydalaniladi. Iliq P. 50—60 sm chuqur qilinadi, 30—40 sm qalinlikda goʻng solinadi va erta bahorda foydalaniladi. Sovuq P. 25—30 sm chuqur qilinib, goʻng solinmaydi. P.dagi biologik yoqilgʻining qalinligi 10—12 sm, pikirovka qilinadigan P.dagi esa 15—18 sm, yerdan P. romigacha boʻlgan oraliq 8—12 sm boʻladi. Issiqxona xoʻjaligining rivojlanishi va P.larning iqtisodiy samarasi yuqori boʻlmagani sababli 20-asrning 80-yillaridan boshlab koʻproq shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarida ishlatiladi.
Yerda hayot mavjud bo’lishi uchun eng zarur quvvat manbai Quyosh radiatsiyasi — Quyoshning yer atmosferasiga kirib keluvchi elektromagnit nurlari hisoblanadi. Quyosh energiyasi fasllar almashuvi bilan bog’liq barcha atmosfera jarayonlari, shuningdek, ob-havo sharoitlari o’zgarishi sababchisidir.
Quyosh energiyasining yarmiga yaqini biz Quyosh nurlari deb tushunadigan spektrning ko’zga ko’rinuvchi qismidir. Bu radiatsiya atmosferadan erkin o’tib keladi, uni quruqlik va okeanlar yuzasi yutadi va isiydi. Ammo Quyosh radiatsiyasi ming-minglab yillar davomida har kuni yer yuzasiga tushib turadi. Nega unda yer qizib ketmaydi va kichik bir Quyoshga aylanib qolmaydi?
Hamma gap shundaki, yer ham, suv yuzasi ham o’zidan boshqa bir shaklda energiya tarqatadi: ko’zga ko’rinmas infraqizil nur yoki-issiqlik chiqaradi. O’rtacha olganda, yerga Quyosh nuri sifatida qancha energiya kelsa, kosmik fazoga infraqizil nur sifatida shuncha quvvat chiqib ketadi. Shunday qilib, sayyoramizda issiqlik muvozanati hosil bo’ladi. Hamma gap aynan qanday temperaturada muvozanat saqlanib turishidadir. Agar atmosfera bo’lmaganida yer yuzasidagi o’rtacha temperatura -23 darajani tashkil etgan bo’lardi. Atmosferaning yer yuzasidagi infraqizil nurlarni yutadigan himoya vositasiga ega ekani amaldagi o’rtacha temperaturaning +15 darajada bo’lishini ta’minlaydi. Temperaturaning ko’tarilishi atmosferada «parnik effekti» yoki issiqlik to’planishi bilan bog’liq. Atmosferada karbonat angidrid gazi va suv bug’lari ko’payishi bilan u ham kuchayib boradi. Bu gazlar infraqizil radiatsiyani yaxshi yutadi. Bunday jarayon kichik bir ko’rinishda oddiy poliz teplitsasida ham ro’y beradi. Unda gazlarni yutuvchi narsa vazifasini Quyosh nurini to’siqsiz o’tkazadigan shaffof plyonka bajaradi, ammo u pastdan yuqoriga yo’nalgan tuproq haroratini yaxshi o’tkazmaydi. Keyingi yillarda atmosferada karbonat angidrid gazi kontsentrasiyasi tobora ko’p yig’ilib qolmoqda. Buning sababi qazib olinayotgan yoqilg’ilar hamda yog’ochning yildan-yilga ko’plab yoqilayotgani bilan bog’liq. Buning oqibatida yer yuzasidagi havoning o’rtacha harorati har yuz yilda 0,5 daraja ko’tarilib bormoqda. Agar kelgusida ham yoqilg’i yonishi va havoda parnik gazlari kontsentrasiyasining oshish sur’ati saqlanib qolsa, ayrim hisob-kitoblarga ko’ra, yangi asrda iqlim yanada isib ketishi mumkin.
“Issiqxona effekti”.
Bu yilgi yoz o‘zgacha keldi. Toshkent shahrida iyulning ilk haftasida oxirgi 150 yillikdagi aynan shu kunda qayd etilgan eng issiq havo harorati rekordlari yangilandi. Yuz berayotgan bu iqlim o‘zgarishlariga inson faoliyati sabab qilib ko‘rsatilmoqda: atmosferaga chiqariladigan gazlar, tinimsiz qurilishlar, yashillikning yo‘qolishi, maishiy chiqindilarning oqilona bartaraf etilmasligi kabi.
Alaloqibat yuzaga kelgan issiqxona effekti bugun insoniyatga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |