Havodagi harakatni boshqarish


HAVO KEMALARNI BUKSIRLASHDA, DVIGATELLARINI ISHGA TUSHIRISHDA VA RULLASHDA DISPETCHERLIK XIZAMATINI KO'RSATISH



Download 1,14 Mb.
bet5/7
Sana17.09.2022
Hajmi1,14 Mb.
#849171
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-маъруза сиртқи

4. HAVO KEMALARNI BUKSIRLASHDA, DVIGATELLARINI ISHGA TUSHIRISHDA VA RULLASHDA DISPETCHERLIK XIZAMATINI KO'RSATISH
HHB dispetcheri belgilangan uchish vaqtiga binoan havo kemasini buksirlashga, dvigatellarini ishga tushirishga va dastlabki startga rullab borishga ruxsat beradi.
Dvigatellarni ishga tushirishga ruxsat berilganda, HHB dispetcheri havo kemasi ekipajini aerodromdagi atmosferaning bosimi qiymati va uchish-qo'nish yo'lagi haqida xabar beradi.
Agar dvigatellarni ishga tushirish joyiga havo kemasini tortib borilishi zarur bo'lsa, HHB dispetcheri quyidagilardan iborat bo'lgan ruxsatnoma beradi:

  1. buksirlash shartlari (oldinga, orqaga);

  2. buksirlash marshruti;

  3. buksirlash tugaydigan joy;

  4. agar kerak bo'lsa, dvigatellarni ishga tushirish shartlari.

HHB dispetcherining havo kemasiga dastlabki startga rullash uchun bergan ruhsatnomasida quydagilar xavola etiladi:

  1. belgilangan uchish -qo'nish yo'lagining raqami;

  2. rullash marshruti;

  3. rullash shartlari (havo kemasning rullash marshrutida va cheklovlar mavjud bo'lganda);

  4. havo kemaning majburiy to'xtash joyi, agar uning dastlabki starti aniqlanmagan bo'lsa;

  5. eskort mashinasining ko'rsatmalariga rioya qilish to'g'risidagi ma'lumotlar;

  6. rullash marshrutlari kesishmasidagi havo kemalarning nisbiy joylashuvi.

Bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq havo kemalariga dastlabki startga rullash harakati taqiqlanadi.


5. HAVO KEMANING UCHIB JO'NASHI UCHUN DISPETCHERLIK RUHSATNOMASI
Aerodrom dispetcherlik xizmatlari, yuqorid eslatib o'tilgandek, aerodromining KDP, Tower, SDP, RDP dispetcherlik punktlari tomonidan ko'rsatiladi. Yondashuvdagi (podxod) parvozlarga xizmat ko'rsatish ishlari aerodrom hududidagi yondoshuv dispetcherlik punktlari (yodp, DDP) tomonidan bajariladi.
Aerodromning dispetcherlik punkti (ADP) yoki hisobot yig'ish punkti (brifing xizmati mavjud aeroportlardan tashqari), parvoz rejasi va havo kemasi komandiri tomonidan uchish to'g'risida qabul qilingan qaror (agar qaror qabulish uchun o'rnatilgan talablar va shartlar bajarilsa) asosida ekipajga uchib chiqishga ruxsat beradi.
Davlat aviasiya havo kemalarini fuqarolik aerodromlaridan, shuningdek fuqarolik aviasiyasi havo kemalaridan havo trassalaridan (HT) va mahalliy havo liniyalaridan (MHL) tashqarida (aviasiya ishlari hududlarida) yoki davlat aviasiya aerodromiga qo'nganida uchish uchun ruxsatnoma, ADP dispetcheri tomonidan faqat HKFB yat hm (HS) RS (GS) EU UIVP harbiy sektori bilan kelishilgan holda ruhsat beriladi.
O'zbekiston Respublikasi mahalliy havo yo'llarida parvozlarni amalga oshirayotganda, havo kemasi komandiri havo kemasi bortidan radio orqali uchish uchun ruhsat so'rab qaror qabul qilishga, HHB dispetcheriga esa havo kemasi ekipajiga radio orqali uchishga quyidagi hollarda ruxsat berishi mumkin:

  1. ob-havo sharoiti va boshqa sabablarga ko'ra parvozning kechikishi, lekin havoga ko'tarilish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa va uni qayta ro'yxatdan o'tkazish zarur bo'lsa;

  2. oraliq va (yoki) belgilangan aeroportga qo'ngandan so'ng, to'xtash vaqti bir soatdan kam bo'lsa;

  3. xuddi shu ekipaj tomonidan uchish kuni davomida dastlabki va belgilangan aeroportlardan takroriy uchib ketish holatlarida.

Bunday holda, quyidagi talablar bajarilishi kerak:
a) ekipaj dispetcherdan radio orqali
- uchib chiqilgan, mo'ljaldagi va zaxira aerodromlarda haqiqiy va (yoki) bashorat qilingan ob-havo to'g'risida;
- uchib chiqilgan, mo'ljaldagi va zaxira aerodromlarda, shuningdek, havo muhitida parvozga xalaqit beradigan o'zgarishlar yo'qligi to'g'risida ma'lumot olishi.
b) HHB dispetcheri radio orqali havo kemasi komandiridan
- bo'lajak parvozga to'liq tayyorgarlik ko'ringanlik;
- havo kemasi bortidagi yoqilg'i miqdori, uchish og'irligi va tsentrovka (markazlashtirish);
- uchish uchun qaror qabul qilinganlik to'g'risida ma'lumot olganligi.
HHB dispetcheri havo kemasi komandiridan uchishga qaror qabul qilganilik to'g'risida olgan ma'lumotni ADP dispetcheri (habarlarni yig'ish punkti, to'la vakolatga ega bo'lgan ANOP organi (brifing))ga yuboradi. ADP dispetcheri (habarlarni yig'ish punkti, to'la vakolatga ega bo'lgan ANOP organi (brifing)) radio orqali olingan ma'lumotlarni tahlil qiladi va HHB dispetcheri orqali havo kemasi ekipajiga uchish uchun dispetcherlik ruhsatini beradi.

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish