Havodagi harakatni boshqarish



Download 3,28 Mb.
bet7/9
Sana18.09.2022
Hajmi3,28 Mb.
#849242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-маъруза сиртқи

23


1
Rasmda qiya chiziqlar bilan shtrixlangan hududlarda (24 raqam bilan ko'rsatilgan) uchib chiqish uchun kichik aviasiya havo kemalariga ruxsat so'rash shartmas. Rasmda 25 raqam bilan o'rnatilgan yo'lovchilar aviasiyasining marshrutlari belgilangan. Ularni kesib o'tishdan oldin uchuvchi aviasiya dispetcheridan ruxsat so'rashi kerak.
A
viasiya dispetcheri ish joyida
aerodromning yoritish texnik tizimiga
tegishli monitor mavjud (8.12-rasm). UQYning yoritish-signal texnikasini ishlayotgan holati monitorda to'q sariq rang bilan aks etiladi.
2 00 km radiusdagi ob-havo sharoitlarni kuzatish uchun maxsus monitor mavjud (8.13-rasm). Rasmda 27-raqam bilan 600 m balandlikdagi shamolning ustunlik yo'nalishi ko'rsatilgan. Yog'ingarchilik miidori xaritasi (28-raqam) dispetcherga havo kemalari harakatini ob-havo sharoitining o'zgarishi bilan bog'lashga yordam beradi.
HHB dispetcherlik punktlariga qo'yiladigan asosiy talablar
Havo harakatini boshqarish dispetcherlik punktlari bajariladgan vazifalarga muvofiq ICAO Doc 9426 (Havo harakatiga xizmat ko'rsatishni rejalashtirish bo'yicha qo'llanma) xujjatda keltirilgan talablarga javob beradigan binolarda joylashtiriladi.
O'zbekiston Respublikasi "Uzeronavgisiya markazi" DUK xujjatiga binoan, HHB dispetcherlik punktlarining ish joylarini jihozlashga quyidagi talablar qo'yiladi:

  1. HH tashkil etish xizmati tomonidan hal qilinadigan vazifalarga, havo kengligining tuzilishiga va havo harakatining intensivligiga qarab, HHB dispetcherlik punktlarining ish joylari UzRAQ-153 ga muvofiq zarur radiotexnik vositalari bilan jihozlanadi.

  2. har bir ish joyi kerakli miqdordagi dispetcherlik pultlari bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Dispetcherlik pultlari mavjud bo'lgan, shuningdek, ma'lum aeroportga o'rnatish uchun mo'ljallangan radar, radio navigasiya, qo'nish va aloqa vositalari bilan jihozlangan bo'lishi kerak;

  3. dispetcherlarning ish joylaridan aerodromning aloqa, radar va navigasiya uskunalarini boshqarish imkoniyati ta'minlangan bo'lishi lozim;

  4. O'zR AQ-153ga muvofiq, manevr maydonida HH xizmat ko'rsatayotgan dispetcher ish joyida radiotexnika vositalari, qo'nish tizimlari (RMS, osp, vor-DME), aerodromning yoritish texnika uskunalari va "UQY band" ko'rinishdagi tablo ishlayotganlik to'g'risida yorug'lik va tovushli signalizasiyasi bo'lishi inobatga olinishi zarur;

  5. dispetcher jismoniy noqulayliksiz ishlash imkoniyatga ega bo'lishi kerak. Kreslo mkstahkam, qulay, balandligi sozlanadigan va harakatlanishi oson bo'lishi lozim;

  6. ish joylarida ishlatiladigan aloqa vositalari minimal darajada shovqin chiqazadigan bo'lishi kerak, poldan, shipdan va devorlardan elektrostatik ta'sir bo'lmasligi va indikatorlar quyosh nurlari va yarqirashdan himoyalangan bo'lishi kerak;

  7. bitta pultda ikkita dispetcher ishlayotganida, o'zaro xalaqit bermaslik ta'minlanishi zarur.

Aviatsiya dispetcherlarining ish sharoitlari maxsus hujjat bilan tartibga solinadi []. Hujjatda mehnat sharoitlariga o'rnatilgan sanitariya qoidalari, gigienik me'yorlar, ish jarayonini tashkil etish va h. talablar keltirilgan. Ushbu hujjatga muvofiq, ish beruvchilar xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash, sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiena standartlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining boshqa normativ -huquqiy hujjatlari talablarini bajarish bo'yicha sanitariya-gigiena choralarini ko'rishga majburdirlar.
Hujjat quyidagi bo'limlarni o'z ichiga qamragan:

  • Dispetcherlik punktlariga qo'yiladigan talablar.

  • Ish joyiga qo'yiladigan talablar.

  • Ish stoli (pulti) uchun gigienik talablar.

  • Dispetcherlik kreslosiga qo'yiladigan talablar.

  • Oyoq tagiga qo'yiladigan moslamaga talablar.

  • Ish joyini yoritish.

  • Ish joyining mikroiqlimi va havosiga qo'yiladigan talablar.

  • Shovqin, tebranish, infratovush.

  • Ionlashtiruvchi nurlanish va ionlashtirmaydigan elektromagnit nurlanish va maydonlarning ruxsat etilgan parametrlari.

  • Mehnat va dam olish rejimini tashkil etishga qo'yiladigan gigienik talablar.

  • Tibbiy va profilaktik tadbirlarni tashkil etishga qo'yiladigan talablar.

  • Sanoat xonalarida havo ionlanishining standart qiymatlari.

  • HHB dispetcherlari ish joylarida infratovushning ruxsat etilgan maksimal darajasi.

  • Psixofiziologik og'irlikni engillashtirish.

  • Umumiy holatni yahshilash uchun jismoniy tarbiya.

  • Ko'zlar uchun mashqlar kompleksi.

  • Miya qon aylanishini yaxshilash uchun jismoniy tarbiya.

Yuqorida keltirilgan bo'limlarning har birida aviasiya dispetcherining faoliyatini samarali bo'lishiga va shu orqali parvozlar xavfsizligini ta'minlashda ijobiy natijalar beruvchi zarur talablar va standartlar mavjud.



Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish