Havodagi harakatni boshqarish



Download 3,28 Mb.
bet5/9
Sana18.09.2022
Hajmi3,28 Mb.
#849242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-маъруза сиртқи

DISPETCHERNING ISH JOYI



HHB xizmati dispetcherining asosiy vazifasi - havodagi vaziyatni doimiy nazorat qilish va mas'uliyat doirasidagi havo harakatini boshqarish. Bu vazifani bajarish uchun dispetcher radiotexnika va havo kemalar ekipajlari bilan aloqa olib borish uchun radioaloqa vositalaridan, shuningdek, tegishli tarmoqlar va tegishli telekommunikasiyalardan foydalanadi. Parvoz dispetcherining ish joyi havodagi holatni va meteorologik sharoitlarni aks ettiruvchi monitorlar, turli signalli tablolar, yordam ma'lumotlarini uzatuvchi, aloqa vositalari, o'rindiq (kreslo) va boshqa vositalar bilan jihozlanadi.
Ma'lumki aviadispetcherning ish sifati xizmat xonaning intereri, jixozlarning konstruktsiyasi, ergonomik va ekologik ko'rsatkichlari hamda ish rejimini to'g'ri tashkil etish omillarga bog'liq. Shuning uchun ularning ish o'rnidagi jixozlar qulaylik va funktsional imkoniyatlari bo'yicha tobora takomillashib bormoqda. Xozirgi kunda HHB xizmatlari bajaradigan boshqaruv ishlarining turi, intensivligi, xajmi va murakkabliga ko'ra dispetcher ish joyi o'ziga xos jixozlangan. Jahondagi etakchi firmalar aerodromning uchish-qo'nish joylarini samarali Vizul kuzatib borish uchun radiolokator yordamida kzatadigan tizmlarning yangi nusxalarini yaratmoqdalar. Shu o'rinda Kanadaning Searidge Technologies kompaniyasining aviadispetcherlarning ish faoliyatini engillashtirishga qaratilgan EAVD (Enhanced Airport Vision Display - aeroportni kengaytirilgan ko'rinishi displeyi) tizimi e'tiborni jalb etadi (8.3-rasm).

8.3-rasm. Aerodromda havo kemalarni parvoz teglari bilan ko'rsatish

Ma'lumotlarga ko'ra ushbu tizim Dubayning xalqaro aeroportida ishlatilmoqda. Tizimning tarkibi yarimpanoramali displey va hisoblash tubtizimdan iborat. Tizim ishlash vaqtida kameralar yordamida videoma'lumotlar olinadi, shu jumladan uskunalar tizimi orqali havo kemalari to'g'risda ma'lumotlar qabul etiladi.
Aviasiya dispetcheri displeyida qizil va yashil rang bilan belgilangan aerodromning yopiq va ochiq bo'lgan zonalari ko'rsatiladi. Rangli belgilov dispetcherlarni havo kemalarni ko'nishdan so'ng yopiq zonaga yubormasliklari uchun qabul etilgan, chunki bunday adashishlar aeroportlarda kuzatilgan. Tizimning yana bir afzalligi, havo kemaning joyi to'g'risida ayni paytda dispetcherni aniq ma'lumot olishga imkoni borligi. Shuningdek, dispetcher zonalar haqida batafsil ma'lumot olishi mumkin.
Kengaytirilgan reallik ekrani dispetcherlar ko'zi oldida ko'rsatiladi, u erda kelayotgan va ketayotgan samolyotlar, shuningdek qo'nish zonalari aniqdan aniq belgilanadi. Parvozlar haqidagi ma'lumotlar ekranda ko'rsatiladi. Tizim sun'iy intellektga ega. U nazoratchining harakatlarini kuzatadi va agar u ekipajga noto'g'ri ko'rsatma bersa, xato haqida xabar beradi.
8.4-rasmda ochiq ma'lumotlardan olingan aviatsiya dispetcheri ish joyining ayrim ko'rinishlari keltirilgan. Tasvirladan ko'rinib turibdiki ular turlicha, ya'ni ular bajariladigan ish turiga ko'ra tuziladi.

2
R
asmlarda keltirilgan aviasiya dispetcherining ish o'rnini ko'rinishlarida aloxida to'htab o'tish ma'lumotlarni keskin ko'payib ketishga olib keladi. Shuning uchun ularning asosiy taraflariga e'tibor qaratish to'g'ri deb bilinadi, chunki hozirgi kunda Internet orqali kerakli ma'lumotlarni olish mumkin.




Aviasiya dispetcherining ish o'rnini oddiy holda maqsad va boshqaruv masalalar misolida ko'rib chiqsa bo'ladi.
Eslaylik, havo kemalarning harakatlanishi ustidan samarali nazoratni ta'minlash uchun aerodromlar va havo kengligi dispetcherlik punktlari mas'uliyati bo'yicha bo'linadi. Bajariladigan texnologik vazifalarga ko'ra, ularning "Rullash", "Start", "Qo'nish", "Doira", "Yaqinlashish" (podxod), "Tuman markazi", "Mahalliy havo yo'llari", "Aerodrom dispetcherlik punktlari" tashkiliy turlari mavjud (punktlarning tashkiliy turlari ehtiyojdan kelib chiqan holda amalga kiritiladi). Ushbu dispetcherlik punktalarga tegishli vazifalar 3-bobning 3.4. bo'limida keltirilgan. Ularning vazifalariga muvofiq ish o'rinlari texnik va tashkiliy vositalar bilan jihozlanadi.
Aviasiya dispetcherining ish o'rnini bajariladigan an'anaviy funktsiyalariga oid odatiy jihozlar tarkibini ko'rib chiqish o'rinli, chunki ularning barcha ma'lum bo'lgan boshqa nusxalari texnik jixatdan o'ziga xos sifatlarga ega bo'lsada talab etiladigan ko'rsatkichlar doirasida a'loka, kuzatuv va boshqaruv funktsiyalarni bajaradi.
Quyida misollar orqali asosiy kuzatuv va ma'lumot beruvchi monitorlar to'g'risida an'anaviy ma'lumotlar keltirilgan. Shu jumladan eslatib o'tish kerakki, dispetcher ish o'rni kun sayin takomillashmoqda.
Aviasiya dispetcheri monitorlar yordamida aerodrom va marshrut holatini kuzatadi, ular to'g'risida ma'lumot oladi, tahlil qiladi va kerakli echimlarni qabul qiladi. Echimlar asosida dispetcher ekipajga ko'rsatmalar, tavsiyalar yoki zarur hollarda buyruqlar beradi.

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish