Havodagi harakatni boshqarish



Download 3,28 Mb.
bet4/9
Sana18.09.2022
Hajmi3,28 Mb.
#849242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-маъруза сиртқи

Harflarni uzatish. Agar radio almashinuvi jarayonida tegishli ismlar, rasmiy qisqartmalar va alohida so'zlarning tushunilishi va talaffuzi shubha tug'dirsa, ular harvlash orqali uzatiladi. Bu uzatishda matnning har bir harfi fonetik alifbo yordamida talaffuz qilinadi.
Rus alifbosidagi harflarga quyidagi nomlar berilgan:

Harf

So'z




Harf

So'z

A

Anna




R

Roman

B

Boris




S

Semen

V

Vasiliy




T

Tatyana

G

Grigoriy




U

Ulyana

D

Dmitriy




F

Fedor

J

Jenya




Ts

Tsaplya

Ingliz alifbosidagi harflarga quyidagi nomlar berilgan:

Harf

So'z

Talaffuz




Harf

So'z

Talaffuz

A

Alpha

AlFA




N

November

NoVEMBer

B

Bravo

BrAVO




O

Oskar

OSKar

C

Charlie

CharLi




P

Papa

PaPa

D

Delta

DelTa




Q

Quebec

KveBek

T

Echo

EKO




R

Romeo

RoMeO

F

Foxtrot

FoksTrot




S

Sierra

SerRa

G

Golf

Golf




T

Tango

TanGo

H

Hotel

XoTel




U

Uniform

YuniForm

I

India

InDiya




V

Victor

VikTor

J

Juliett

DJULEt




W

Whiskey

VISki

K

Kilo

KiLo




X

X-ray

EKSrey

* Rus alifbosidagi harflar yordamida berilgan taxminiy talaffuzda urg'u beriladigan bo'g'in osti chizilgan.

Radiotexnik vositalarining navigasiya va qo'nishga oid aniqlashtiruvchi signallarini uzatish uchun O'zR aq-96 ilovasiga muvofiq xalqaro Morze kodi ishlatiladi.


Raqamlarni o'tkazish. Quyidagi misollar orqali raqamli qiymatlarni 0 dan 9 gacha uzatish qoidalari ko'rsatilgan:

Raqam

Ruscha

Inglizcha




Raqam

Ruscha

Inglizcha

0

Nol

ZI-RO




5

Pyat

FAYV

1

Odin

Uan




6

Shest

Siks

2

Dva

Tu




7

Sem

Sev-en

3

Tri

Tri




8

Vosem

Eyt

4

Chetire

Fo-er




9

Devyat

Nayn-er

Quyidagi misollar orqali ikki yoki undan ortiq sonli raqamlarni uzatish qoidalari ko'rsatilgan:



Raqam

Ruscha

Inglizcha

24

Dvadsat chetire

Tu Fo-er

100

Sto

Uan Xan-Dred

175

Sto semdesyat pyat

Uan Sev-en FAYV

1000

Odna Tisyacha

Uan TAU-ZEND

1200

Tisyacha dvesti

Uan TAU-ZEND Tu Xan-Dred

5000

Pyat Tisyach

FAYV TAU-ZEND

Radioaloqa barqaror bo'lmagan hollarda, raqamli qiymatlarni uzatishda, har bir raqamni alohida talaffuz qilish kerak.


Quyidagi misollar havo kemaning chaqiruv belgisining (ro'yxatga olish raqamining) raqamli qiymatlarini va to'rt yoki undan ortiq raqamdan iborat shaharlararo radioaloqa kanalining chastotasini uzatish qoidalarini ko'rsatadi.

Raqam

Ruscha

Inglizcha

1245

Dvenadsat sorok pyat

Uan Tu Fo-er FAYV

8951

Vosemdesyat Devyat pyatdesyat odin

Eyt Nayn-er FAYV uan

47283

Sorok Sem dvesti vosemdesyat tri

Fo-er Sev-en TU EYT TRI

10018

Desyat nol vosemnadsat

Uan ZI-RO ZI-RO UAN EYT

Vertikal eshelonlash tizimiga va atmosfera bosimi qiymatiga mos keladigan parvoz eshelonining raqamini uzatishda har bir raqam alohida talaffuz qilinishi kerak:





Eshelon/bosim

Ruscha

Inglizcha

60

Shest nol

SIKS ZI-RO

135

Odin tri pyat

UAN TRI FAYV

370

Tri Sem nol

Tri sev-en zi-ro

723

Sem dva tri

Sev-en tu tri

962

Devyat shest dva

Nayn-er siks tu

1012

Odin nol odin dva

UAN ZI-RO UAN TU

O'nli kasrlarning qiymatlari uzatilishida uzatilishdan keyin "vergul" (zapyataya) so'zi talaffuz qilinadi (ingliz tilida "de-si-mal" ishlatiladi).


UQT (Ultra qisqa to'lqinlar) radioaloqa kanalining raqamli qiymatlarini uzatishda raqamli belgining birinchi beshta raqamini talaffuz qilish kerak, lekin agar beshinchi va oltinchi raqamlar nol bo'lsa, unda faqat birinchi to'rttasi talaffuz qilinadi:

Chastota

Ruscha

Inglizcha

118,000

Sto vosemnadsat zapyataya nol

UAN UAN EYT DE-SI-MAL ZI-RO

118,025

Sto vosemnadsat zapyataya nol dva

UAN UAN EYT DE-SI-MAL ZI-RO TU

118,050

Sto vosemnadsat zapyataya nol pyat

UAN UAN EYT DE-SI-MAL ZI-RO FAYV

118,075

Sto vosemnadsat zapyataya nol Sem

UAN UAN EYT DE-SI-MAL ZI-RO Sev-en

118,100

Sto vosemnadsat zapyataya nol odin

UAN UAN EYT DE-SI-MAL UAN

UQT radioaloqa kanalining raqamli qiymatlarini 8,33 kgs kanallar oralig'ida uzatishda raqamli belgining barcha olti raqamini talaffuz qilish kerak, lekin agar beshinchi va oltinchi raqamlar nol bo'lsa, birinchi to'rttasi talaffuz qilinadi:



Chastota

Ruscha

Inglizcha

130,000

Sto tridtsat zapyataya nol

UAN TRI ZI-RO DE-SI-MAL ZI-RO

130,005

Sto tridtsat zapyataya nol nol pyat

UAN TRI ZI-RO DE-SI-MAL ZI-RO ZI-RO FAYV

O'zR aq-96 materiallari radio almashuvi uchun majburiy ko'rsatma hisoblanadi.



  1. XALQARO PARVOZLARGA XIZMAT KO`RSATISH

Havo kemalarni boshqa davlat chegaralarini kesib o'tishi bilan yoki boshqa davlat havo hududida amalga oshiriladigan parvozlar halqaro parvozlar deb tan olinadi.
Halqaro parvozlarni belgilangan tartibda sirtifikatlashtirilgan, ekspluatant guvohnomasiga ega va bunday parvozlarni amalga oshirishga lisenziyaga ega aviakorxonalar, tashkilotlar (aviakompaniyalar) amalga oshirishi mumkin.
Halqaro parvozlar quyidagi turgalga bo'linadi:

  1. jadval asosida va jadvalga qo'shimcha ravishda bajariladigan doimiy;

  2. epizodli (bir martalik): charter va maxsus;

  3. MDH davlatlariga bajariladigan;

  4. MDH davlatlaridan tashqariga bajariladigan parvozlar topiladi.

Halqaro parvozlar chog'ida samoviy hududda vakolatli davlat organi tomonidan chiqarilgan va Aeronavigasiya axborotnomalarida e'lon qilingan umumiy qoidalar amal qiladi.
Fuqaro HK xalqaro parvozlar belgilangan halqaro trassalar bo'ylab amalga oshiriladi. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi har bir HK O'zbekiston Respublikasi havo kodeksi va ushbu qoidalar bilan belgilangan kema hujjatlariga ega bo'lishi lozim.
Shartnomalashgan MDH davlatlari havo hududlari fuqaro aviasiyasi va havo hududidan foydalanish to'g'risidagi bitimga (1991 y.) muvofiq, parvozlarni tashkil etish, bajarish va HK SHB maqsadlarida MDH yagona havo hududi sifatida qaraladi.
O'zbekiston Respublikasi hududida halqaro parvozlar HK tomonidan shunday parvozlar uchun ochiq bo'lgan, chegara qo'shinlarining nazorat-ruxsatnoma punktlari, bojxona muassasalari va sanitariya-karantin xizmatlariga ega aeroportlarda (aerodromlar) amalga oshiriladi.
Halqaro parvozlardan so'ng va oldin HK ekipaji O'zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar hududidagi halqaro aeroportda (aerodrom) vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tegishli tartibotlardan o'tadilar.
O'zbekiston Respublikasidan boshqa davlatlarga hamda boshqa davlatlardan O'zbekiston Respublikasiga keluvchi HKlarga, ularning ekipajiga va yo'lovchilariga, shuningdek xalqaro xavo tashuvi bilan keltiriladigan va olib ketiladigan mulklariga tegishli davlatning hududi orqali o'tish yoki hududiga kirish, hududidan olib o'tish yoki olib kirish va ularning hududlari orqali tranzitda tegishli davlatlarning belgilangan kirish va chiqish qoidalar qo'llaniladi.
Har bir halqaro parvozlar SHXK organlari orqali olingan ruxsatnoma (ATS CLEARENCE) asosida SHXK tomonidan taqdim etilgan pavroz rejasiga (flayt-plan) ko'ra amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini havo kemalarida kesib o'tish quyidagicha amalga oshiradi:

  1. Aeronavigasiya ma'lumotlari xujjatlarida ko'rsatilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o'tish nuqtalaridan;

  2. Hukumatlararo bitimlarida belgilangan havo koridorlari bo'yicha.

O'zbekiston Respublikasi HK ekipajlari halqaro parvozlarni amalga oshirishda quyidagilarga amal qilishadi:
a) MDH havo kengliklarida:

  • MDH havo kengliklari qonunlari;

  • Fasi va MDH havo kengliklaridan foydalanish to'g'risidagi halqaro bitimga (1997 yil 27 dekabr);

  • Davlatlararo aviasiya qo'mitasi tomonidan qabul qilingan (1994 yil 21 yanvar) MDH davlatlari fasi qoidalariga ko'ra;

  • O'zbekiston Respublikasi havo kodeksi, mazkur qoidalar, agar ularning talablari MDH davlatlarida o'rnatilgan qoidalarga zid bo'lmasa;

  • MDH davlatlari vakolatli organlari tomonidan tuzilgan tegishli shartnomalar va bajariladigan parvoz (aviasiya xizmatlari)larga ruxsatnomalar;

  • MDH davlatlardagi aviatrassalarda Aeronavigasiya axborotlari to'plami;

b) boshqa xorijiy davlatlarning havo kengliklarida:

  • Fuqaro aviasiyasi to'g'risida xalqaro Konventsiya, xalqaro standartlar, tavsiya va ICAO tartibotlariga muvofiq (Chikago konventsiyasi 1944y);

  • qaysi davlat hududida amalga oshirilishiga qarab, o'sha davlat qonunchiligi va parvoz qoidalari;

  • xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari bilan tuzilgan halqaro shartnomalarga ko'ra havo aloqasi o'rnatilishi va aivasiya ishlarini bajarish to'g'risidagi hujjatlarga muvofiq;

  • O'zbekiston Respublikasi havo kodeksi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi Nizom, mazkur qoidalarga, agar ularning talablari xorijiy davlatlat tomonidan o'rnatilgan qoidalarga zid bo'lmasa;

  • Halqaro trassalar bo'yicha Aeronavigasiya axborotlari to'plami, shuningdek 1 va 2-sinf Notami, Snoutami va tsirkulyarlari Aeronavigasiya ma'lumotlariga asosan.

O'zbekiston Respublikasi aviakompaniyalari chet ellardagi o'z faoliyatini xalqaro shartnomalar yoki xorijiy davlatlar ruxsatnomasiga muvofiq ta'sis etilgan vakilliklari (agentliklari) orqali amalga oshiradi.
Aviakompaniyaning vakolatlangan vakili (agenti) vakolatxonalar mavjud chet el aeroportida HK qabul qilish va chiqarishni tashkil etadi.
Xorijiy aeroportda HK parvoz oldi tayyorgarligi va HK ekipajining immigrasiya va bojxona nazoratidan o'tishi shu davlatdagi kompaniya vakili (agenti) (avia kompaniya vakilligi (agentligi) bo'lsa) ishtirokida o'tkaziladi.
HKga texnik xizmat ko'rsatish chet el aeroportlarida ruxsat etilgan muhadis-texnik tarkib tomonidan, qoida tariqasida, mahalliy aviakorxona bilan shartnoma tuzib (ATB) yoki ekspluatantning HK ekipajiga kiritilgan muxandis-texniklar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
HKga texnik xizmat ko'rsatish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish ekspluatant – aviakorxona (HKning egasi) vakolatiga kiradi.
Chet el aeroportidan xalqaro parvozni amalga oshiruvchi HKlarga aviayoqilg'i quyish, tijorat yuklash va HK markazlashtirish uchun to'lov ekipaj tomonidan amalga oshiriladi.
Aviakompaniya vakili (agenti) zimmasiga transportlarni HKga yaqinlashtirish, yuk ortish – tushurish ishlari, o'z vaqtida YOMM etkazib berish, HK dvigatelini o't oldirish joyigacha tirkab borish vazifalari yuklatiladi.
Chet el aeroportidagi HK parvozini ta'minlash aviakompaniya vakili (agenti) yoki u bo'lmaganida ekipaj tomonidan amalga oshiriladi.
HK komandiri tomonidan yoki uning ko'rsatmasiga binoan ekipajning boshqa a'zosi tomonidan tuzilgan parvoz rejasi (flayt-reja) HK komandirning o'zi tomonidan yoki aviakompaniya agenti (vakili) tomnidan uchish aeroporti dispetcheriga uchishdan vaqtidan 30 daqiqa avval, agar davlatda o'zgacha tartib belgilanmagan bo'lsa, taqdim etiladi.
Takrorlanuvchi parvoz rejalari nazarda tutilgan doimiy qatnovdagi hklar uchun flayt –reja tuzilmaydi.
Belgilangan parvoz trassasi yoki havo kemasi tipi jadvaliga bir marta o'zgartirish kiritilsa, flayt-reja tuzilishi majburiydir.
O'zbekiston Respublikasi fasini Aeronavigasiya ma'lumotlari bilan ta'minlash halqaro parvozlarni bajarish uchun, shturmanlik xizmati tomonidan bevosida O'zbekiston Respublikasi aeroportidan uchishida amalga oshiriladi.




  1. Download 3,28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish