Havo kemasida
Tashish taqiqlangan
Xavfli moddalar va buymlar ro`yxati
Havo kemasida taqiqlangan ashyolarning va buyumlar ro`yxati bilan www.uzairways.com saytida tanishish mumkin
Ko`zdan kechirish paytida yo`lovchining qo`l yuki va bagajida aniqlangan, havo havo kemasida tashish taqiqlangan moddalar va ashyolar olib qo`yiladi va havo kemasi sahniga olib kirishga qo`yilmaydi. Havo transportida xafvfli ashyolar va moddalarni tashish qoidalariga rioya etmaganligi uchun yo`lovchi javobgarlikka ega bo`ladi.
Yo`lovchi va ekipajga zo`ravonlik qilish yoki tahdid solish vositasiga aylanishi mumkin bo`lgan buyumlarni, shuningdek odamlarni zaharlashi va nafas olishini qiyinlashtirishi yoki havo kemasi sahnida yong`in chiqishiga olib kelishi mumkin bo`lgan moddalarni havo kemasi sahnida olib ketish taqiqlanadi.
Portlovchi moddalar, portlatuvchi vositalar va ular bilan to`ldirilgan predmetlar:
Har qanday o`ramdagi va miqdordagi har qanday porox; jangovar patronlar (shu jumladan kichik kalibrli);
Gaz bilan ishlaydigan qurollarga patronlar; ov kapsyullari (pistonlar);
Pirotexnik vositalar; signal beruvchi va yorituvchi raketalar, signal beruvchi patronlar, qo`ndiruvchi shashkalar, tutun (hosil qiladigan) shashkalar yoki patronlar, mushakbozlik vositalari, temir yo`l petardalari;
Jiddiy tan jarohati yrtkazish yoki havo kemasi xavfsizligiga tahdid tug`dirish uchun foydalanish mumkin bo`lgan portlovchi va o`t oldiruvchi moddalar va portlovchi moslamalar.
O`q otish qurollari.
Barcha turdagi o`t oldirgichlar va gugurtlar.
Qisilgan va suyultirilgan gazlar: maishiy foydalanish uchun mo`ljallangan gazlar (butan-propan) va boshqa gazlar;
Asabni falajlikka soladigan va ko`zdan yosh oqizadigan
Oson alangalanuvchi suyuqliklar: atseton benzin, oson alangalanuvchi neft mahsulotlari namunalari, methanol va boshqa barcha oson alangalanuvchi suyuqliklar.
Alangalanuvchi qattiq moddalar: suv ta`sirida issiqlik va yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan, natijada o`z- o`zidan alanga chiqadigan va yong`in keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan moddalar: kalliy, natriy, metalli kaltsiy va ularning qotishmalari, kaltsiy, fosforit va
Zaharli va zaharlovchi moddalar: har qanday idishga joylashtirilgan suyuq va qattiq holatdagi har qanday zaharli, kuchli ta`sir qiladigan va zaharlovchi moddalar,
O`yuvchi va korroziyalovchi moddalar: kuchli noorganik kislotalar: xlorid, sulfat, azot kislotasi va boshqalar, iforli-vodorot (shishani o`yish qobilyatiga ega bo`lgan) kislotasi va boshqa kuchli kislotalar va yemiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |