Havo harorati va bosimi



Download 19,52 Kb.
bet2/2
Sana12.06.2022
Hajmi19,52 Kb.
#658861
1   2
Bog'liq
Havo harorati va bosimi

Havo bosimi.
Havoning Yer yuzasiga va undagi barcha narsalarga bosib turadigan kuchi havo bosimi deyiladi. Odam bu bosimni sezmaydi, chunki havo bosimi odam tanasidagi ichki bosim bilan bir xil, ya'ni muvozanatlashgan. Yuqoriga ko‘tarilgan odamga havo bosimining kamayishi seziladi. Agar tog‘da 3000 m balandga ko‘tarilsa, nafas qisiladi, bosh aylanadi, 4000-5000 m balandda burun qonashi, tomirlar yorilishi mumkin.
Havo bosimi barometr asbobi bilan o‘lchanadi (baros – og‘irlik, bosim, metr – o‘lchash). Barometr ikki xil bo‘ladi: simobli barometr va metall barometr — aneroid barometr.
Simobli barometr asosan uzunligi 1 m va kengligi 1 sm bo‘lgan shisha naychadan iborat. Naychaning bir uchi berkitilgan bo‘ladi. Shisha naycha millimetrlarga bo‘lingan. Shisha naychani simobga to‘ldirib, simob solingan idishga ochiq tomoni bilan botirib tik qo‘yiladi.
Dengiz bo‘yida havo harorati 0° bo‘lganda barometr naychasidagi simob 760 millimetr (mm) ni ko‘rsatadi. Shunda havo bosimi 760 mm simob ustuni og‘irlig‘iga teng bo‘ladi. Bunday bosim normal (me'yordagi) bosim deyiladi. Dengiz bo‘yidan balandlikka ko‘tariladigan bo‘lsa, har 100 m ko‘tarilganda barometrdagi simob 10 mm pasayadi (yoki har 10 m da 1 mm pasayadi). Havo — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodningtabiiy aralashmasi. H. va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. H. deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (qarang Aeroblar, Nafas). Yoqilgʻining H.da yonishidan odamlar oʻz turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. Utmishda olimlar H.ni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. H.ni mustaqil modda degan tushuncha 18-asr oxirigacha davom etib keldi. 1775—77 yil fransuz kimyogari A.La-vuazye H. tarkibida azot va kislo-rod, 1894-yil ingliz olimi U.Ramzay va J.Reley argon borligini isbotladi. Shundan keyin H. tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi. H. — muhim kimyoviy xom ashyo manbalaridan biridir. Sof quruq H.ning mol. m. 28.966, 0° da dengiz sathidagi bosimi 1013,25 GPa; kritik temperaturasi — 140,7°, kritik bosimi 3,7 Mpa, oʻzgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sigʻimi Sr 10,045-YU3j/(kg-K) (0-100° oralikda), oʻzgarmas hajmda esaS-8,3710-103j/ (kgK) (0-1500° oraliqsa); yoruqchik nurini sindirish koʻrsatkichi 1,00029, dielektrik singdiruvchanligi 1,000059 (0°da). Suvda eruvchanligi 0°da 0,036%, 25° da 0,22%. Atmosferaning Yerga yaqin qismi — troposferada massa jihatdan 80% ga yaqin H. toʻplangan. Yer yuzidagi sof quruq havoning asosiy komponentlari jadvalda koʻrsatilgan.
H.da juda oz miqdorda suv N20 (massa jihatdan 0,02—4%), sulfid angidrid §02, metan SN4, ammiak MN,, uglerod (P)-oksid SO, uglevodorodlar, xlorid kislota NS1. ftorid kislota NGʻ, simob bugʻlari, N§, yod I, radon Yap, ksenon Xe, shuningdek, azot (P)-oksid va koʻpgina boshqa gazlar boʻladi. Tro-posferada doimo maʼlum miqdorda toʻzon va baʼzi tasodifiy qoʻshimchalar uchraydi. H.dagi azot, kislorod va inert gazlar miqdori amalda oʻzgarmasdir. Tirik organizmlar nafas olganda, yoqilgʻi yonganda, metallar eritilganda va boshqalarda sarflanadigan kislorod miqdori yashil oʻsimliklar fotosintezi tufayli tiklanib turadi.
Vulkanlarning otilishi va radioaktiv elementlarning parchalanishi — inert gazlar (argon, geliy va radon) manbaidir. Gazlarning eng yengili — geliy Ne koinotga uzluksiz ravishda tarqalib turadi. Vodorod ham geliy kabi fazoga tarqaladi. Turli jarayonlar natijasida uning H.dagi miqdori saqlanib turadi. H.dagi karbonat angidrid, suv bugʻi va toʻzon miqdori turli sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Katta miqdordagi SO, fotosin-tez jarayonlariga sarf boʻladi va oke-an suvlariga yutiladi. Tabiatda kar-bonat angidrid yogʻoch va koʻmirning yonishi, tirik organizmlarning nafas chiqarishi, chirish va h.k. natijasida hosil boʻladi. U karbonatli togʻ jinslarining parchalanishi, vul-kan otilishidan ham yuzaga keladi.
Soʻnggi 100 yilda atmosfera H.si tarkibida SO, miqdori 10% ga ortdi. Uning asosiy qismi (360 mlrd. t) yoqilgʻi yoqish natijasida paydo boʻldi. Agar yoqilgʻi yoqish surʼatlari shu zaylda davom etsa, yaqin 50— 60 yilda atmosferadagi S02miqdori 2 baravar ortadi va ob-havoning keskin oʻzgarishiga sabab boʻlib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yoqilgʻi yoqish — H.ni ifloslantiruvchi gazlar (SO, N0, §02) ning asosiy manbaidir. Sulfid angid-rid H. kislorodi taʼsirida sulfat angidrid (§03) gacha oksidlanadi. §03 suv bugʻlari va ammiak bilan reaksiyaga kirishib, sulfat kislota N,§04va ammoniy sulfat (1MN4)2§04hosil qiladi. Bu birikmalar atmosfera yogʻinlari bilan birga Yer yuzasiga tushadi. Ichki yonuv dvigatelilan foydalanish H.ni azot oksidlari, uglevo-dorodlar va qoʻrgʻoshin birikmalari bilan nihoyatda koʻp ifloslantiradi. Sanoat korxonalari, issiqlik elektr st-yalari, avtotransport, oʻrmondagi yongʻinlar, boʻron va toʻzonlar H.da qattiq zarralar (chang , tutun) miqdorini shu darajada koʻpaytiradiki, natijada katta shaharlardagi Yer sir-tiga tushadigan quyosh radiatsiyasi ancha (20—40%) kamayib ketadi. Qattiqzar-ralarning koʻp miqdorda atmosferaga koʻtarilishi planetada iqlim oʻzgari-shiga olib keladi.
H.ning ifloslanishi odam, hayvon va oʻsimliklarning yashash sharoitini yomonlashtiradi, alohida kasalliklarning koʻpayishi va baʼ-zan oʻlimga sabab boʻladigan darajaga yetishi mumkin. H.ning radioak-tiv ifloslanishi ayniqsa xavfli (qarang Radioaktiv chiqindilar). H.ni ifloslanishdan saqlash maqsadida sanoat gazlari atmosferagʻa chiqarishdan avval tozalanadi (qarang Gazlarni tozalash).
Odamning normal hayot faoliyati uchun H.ning tarkibi, kislorod parsial bosimi katta ahamiyatga ega. H.dagi kislorodning dengiz sathidan yuqori parsial bosimi 213,32 GPa ni tashkil etadi; agar u 186.65 GPa gacha pasaysa, kishida kislorod yetishmasligi sezi-l&di, nafas olishi chuqurlashadi, qon aylanishi tezlashadi. eritrotsit miq-dori koʻpayadi va h.k. Parsial bosim 146,65 GPa gacha tushganda gipoksiya alomatlari yuz beradi. 66,66—89,93 GPa da hayot xavf ostida qoladi.
Suyuq havo zichligi 960 kg/m’ (— 192° temperatura va normal bosimda) boʻlgan zangori rangli suyuqchik. Uning tarkibi turgʻun emas, chunki kislorodning bugʻlanish temperaturasi (—183°) azotning bugʻlanish temperaturasi (—196°) dan yuqori boʻlganidan, suyuq H.da kis-lorod atmosfera H.siga qaraganda birmuncha koʻp. Suyuq H. tarkibida taxminan 54% kislorod, 44% azot va 2% inert gazlar boʻladi. Suyuq H. saqlanganda azot bugʻlanadi va natijada kislorodning nisbiy miqdori yanada koʻpayib qoladi. Suyuq H.ning fraksiyali bugʻlanishidan sof azot, kis-lorod, argon va boshqa inert gazlar olishda foydalaniladi. Suyuq H. poʻlat ballonlarda 150 atm bosimda saqlanadi, ballon qora rangga boʻyalib, ustiga "Siqilgan havo" deb yozib qoʻyiladi.
Sunʼiy H. (aniqrogʻi nafas olishga yaroqli gazlar aralashmasi — sunʼiy atmosfera) dastlab tibbiyotda kislorod tanqisligi kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda ishlatilgan (40—60% kislo-rodning oddiy H. bilan aralashmasi yoki 95% kislord bilan 5% SO, aralashmasi). Bunday sunʼiy gaz aralashmasidan aviatsiyada, konchilikqutqaruv ishlarida va boshqalarda foydalaniladi. Sunʼiy H. gʻavvoslik ishlarida ham muhim ahamiyatga ega. H. turli jarayonlarda, chunonchi yoqilgʻini yondirishda, rudalardan metallarni eri-tib olishda (domna va marten pechlarida), koʻpgina kimyoviy birikmalarni olishda kimyoviy agent sifatida ishlatiladi. H. kislorod, azot, inert gazlar olishda muhim sanoat xom ashyosidir. H.ning fizik xos-salaridan issiqdik va tovush oʻtkazmaydigan materiallar, elektr izolyatsiya qurilmalarida, elastiklik xossasidan pnevmatik shinalarda foydalaniladi. Siqilgan H. mexanik ishlarni bajarishda (pnevmatik mashinalar, purkash va toʻzitish qurilmalari, perforatorlar va h.k.) qoʻllanadi.
Download 19,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish