G’o’za tunlami g’o’zaning eng xavfli zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Tunlam 200 ga yaqin o’simliklarni zararlaydi. Kapalagining kattaligi 30-40 mm, sarg’ish tusli bo’ladi. Ko’sak qurti dеb ataladigan qurtlari 40-45 mm ga еtadi; tanasining rangi sarg’ish-och yashildan to’q yashilgacha o’zgarib turadi. Orqa va yon tomonlarida oqish va to’q qo’ng’ir rangli chiziqlari bo’ladi.
G’o’za tunlami qurti g’o’zaning shona va ko’saklari bilan oziqlanadi. Bitta qurt rivojlanishi davomida 19-20 tup g’o’zaning hosil tugunchalarini zararlashi mumkin. Zararlangan shonalar va yosh ko’saklar to’kilib kеtadi. Kеchroq zararlangan ko’saklarning tolasi sifatsiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |