Hasharotlarning nerv sistemasi Hasharotlarning sezgi organlari Hasharotlarning sezgi organlari Hasharotlaning sezgi organlari xilma-xil va ancha murakkab tuzilgan. Hasharotlaming retseptorlari juda sezgirligi bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi. Ularda mexanik, tovush, kimyoviy, namlik, harorat, yomg‘lik va boshqa xilma-xil ta’sirotlarni qabul qiluvchi quyidagi turlari bor:
Mexanoretseptorlar
Termoretseptorlar
Fotoretseporlar
Xemoretseptorlar
Hasharotlarning sezgi organlari Hasharotlar sezgi organlarining morfologik va funksional asosini kutikula bilan bog‘langan sezgi organlar - sensillalar tashkil etadi. Sensillalar butun tanada tarqalgan bo‘lib, ayniqsa hasharotlaming mo‘ylovlari, og‘iz organlari, oyoqlari va dumidagi o'simtalarda ko‘p bo‘ladi. Mexanoretseptorlar – oyoq, tana bo’g’imlarida va tuxm qo’ygichlarida bor. Og’iz, dum, mo’ylovida va boshqa a’zolarida ham uchraydi. Tuyg‘u organlari funksiyasini asosan trixoid sensillalar deb ataladigan mexanoretseptorlar bajaradi. Havo oqimi (shamol)ga sezgir mexanoretseptorlar odatda ancha ingichka va tana qoplag'ichi bilan harakatchan qo‘shilgan. Eshitish funksiyasini xordotonal sensillalar, ya’ni skolpoforlar deb ataladigan mexanoretseptorlar bajaradi. Qanotli hasharotlar mo‘ylovlarining asosida murakkab tuzilgan jonston organi uchish tezligini boshqarishga yordam beradi. Xemoretseptorlar - hid bilish va ta’m bilish sensillalaridan iborat. Hid bilish sensillalari mo‘ylovlar va jag‘paypaslagichlarda ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Urg‘ochilari tarqatadigan hidli modda - jinsiy feromonlarga erkak hasharotlar juda sezgir. Ta’m bilish sensillalari og‘iz organlari vapanjalaming oxirgi bo‘g‘imida joylashgan. Sensillalaming kutikulyar qismi teshikchasi tuklar yoki konussimon o'simtalardan iborat. Hasharotlarning sezgi organlari Termoretseptorlar - Hasharotlar tanasi sirtida haroratni sezadigan yupqa kutikulali termoretseptorlar bor. Kutikula ostida haroratga sezgir neyronlar joylashgan. Termoretseptorlar chigirtkalaming mo‘ylovlari asosida joylashgan. Ko'pchilik hasharotlaming termoretseptorlari kalta va yo‘g‘on tukchalardan iborat. Suvaraklarda bunday tukchalar oyoq panjalarida joylashgan. Ular haroratning 1° ga o ‘zgarishini ham sezadi. Hasharotlaming mo'ylovlari va jag‘ paypaslagichlarida havo namligini sezadigan sensillalar joylashgan. Fotoretseptorlar - hasharotlarning ko‘rish organlari asosan ikkita murakkab fasetkali ko‘zlardan iborat. Fasetkali ko‘zlardagi ommatidlaming soni hasharotlaming hayot kechirish xususiyatiga bog'liq. Ko‘pchilik hasharotlarda murakkab fasetkali ko‘zlar bilan bir qatorda bir necha oddiy ko'zlar ham bo‘ladi. Yuksak hasharotlaming ko‘zlari ranglami ajrata oladi. Hasharotlar ko‘proq harakatlanadigan narsalami yaxshi farq qiladi. asalarilar to‘rt xil: yashil-sariq, ko‘k-yashil, ko‘k-binafsha va ultrabinafsha ranglami yaxshi ajrata oladi; E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |