Hasharotlar umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) sinfiga mansubdir



Download 68,32 Kb.
bet1/4
Sana04.06.2022
Hajmi68,32 Kb.
#634849
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishimmm111111111

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI

“Himoyaga ruxsat etildi”


Sirtqi (Maxsus sirtqi ) bo’lim
boshlig’i______S.B. Umarov
“_____” _________ 2022 yil
5110400-BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI III-KURS 301-GURUH TALABASI
RO`ZIYEVA ZARNIGOR ABDUVAXOB QIZINING
ZOOLOGIYA FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: DALA EKINLARIGA ZARAR KELTIRUVCHI PARAZIT HASHORATLAR

“Tasdiqlayman”
“Zoologiya va anatomiya”
Kafedrasi mudiri:
____________G.A.Shaxmurova
“____” _____ 2022 yil




Ilmiy rahbar:
“Zoologiya va anatomiya”
kafedra p.f.f.d(P.H.D)
_________M.B.Ongarov
“____” _____ 2022 yil

TOSHKEN

MUNDARIJA


I.KIRISH………………………………………………………………………..3
1.1 Mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti va metodi……………………………………………………………………………4
II.ASOSIY QISM………………………………………………………… ...…6
2.1.Hashoratlarga umumiy tavsif. Hashoratlarning klassifikatsiyasi………………………….…………………………………….…6
2.2.O’simlik zararkunandalari …………………….…….....................................10
2.3.Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni. Qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi hashoratlar………..……………………………………………..……13
2.4.Parazit hashoratlarga qarshi kurash…………………………...……………………………………….………..14
GLOSSARIY…………………………………………………………..…..……..19
XULOSA…………………………………………………………………………21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………….….……………………………………………….24

KIRISH
Hasharotlar — umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxeyalilar (Tracheata) kenja tipiga hasharotlar (lnsecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) s i n f i g a mansubdir. Bu tipga hasharotlardan tashqari qisqichbaqasimonlar (Crustacea), o‘rgimchaksimonlar (Arachnoidea), ko‘poyoqlilar (Myriapoda) va boshqa sinflar ham kiradi.


Hasharot turlari tabiatda juda keng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda 1 mln. ga yaqin hasharot turi borligi ma’lum. Ular 1,5 mln. dan kam emas degan fikrlar ham bor. Chunki kam o‘rganilgan oblast va tropik zonalardan har yili 7 — 8 mingga qadar yangi turi topilib turadi.
Hasharotlarning tuzilishidagi o‘ziga xos belgilarini muhitga moslanish darajasini, tabiatda tutgan o‘rnini, odamlar uchun ahamiyatini boshqa tomonlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlarni chuqurroq o‘rganish zararkunanda hasharotlarni yo‘qotish va ayni vaqtda foydali hasharotlarni saqlab, ulardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Hasharotlarga bo‘lgan qiziqish qadim zamonlarda boshlangan. Ularga dastlab oziq mahsuloti sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgach, zararkunandalar sifatida o‘rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Natijada entomologiya fani shoxobchalari bo‘lmish ipakchilik va asalarichilik vujudga keldi. Lekin hasharotlarni ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan boshlandi. Italyan olimi I. Malpigi (1628 — 1694) tut ipak qurtining anatomiyasi va ayirish tizimiga, Golland olimi YA.Svammerdama (1637— 1680) hasharotning anatomiyasi hamda metamorfozasiga asos soldilar. XVIII asrda buyuk shved olimi, tabiatShunos K. Linney (1707 — 1778) ning «Tabiat tizimtikasi» asarida hasharotlar ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni egalladi. O‘sha davrning buyuk tabiatShunos olimi R. A. Reomyur (1683— 1757) Hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o‘rgandi.
Mavzuning dolzarbligi. Ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish о‘qitish jarayonida individual va guruhli yondashish prinsipini talab etadi.Zoologiya kursining Davlat ta'lim standartida keltirilgan o'quv dasturida ham bir qancha ta'lim- tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Mazkur dastur bo'yicha zoologiyaga oid bilimlar asosini eng soda bir hujayralilardan boshlab murakkab tuzilgan sutemizuvchilargacha bo'lgan hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi, ularning yashash muhiti bilan munosabatlari, individual va tarixiy rivojlanishi, tabiat va inson faoliyatidagi ahamiyati, hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ko'paytirish va undan oqilona foydalanish to'g'risidagi bilimlar tashkil etadi. Ta’lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti yetdi, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma’mur-menejerlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich juda to’g’ri ta’kidlaganlar biz farzandlarimizni komil inson bo’lishini xoxlashdan oldin o’zimiz ularga o’rnak bo’lmog’imiz kerak va ta’lim sohasida nafaqat dars jarayonida balki, darsdan tashqari vaqtlarda xam o’quvchilar bilan shug’ullanmog’imiz kerak. Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza”sida o’quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko’rib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
Biologik jonzotlarning asosiy qismini hayvonot olami tashkil etadi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish, yo’qolib borayotgan hayvonlarni saqlab qolish va ko’paytirish uchun Respublikamiz hududida bir qancha qo’riqxonalar, milliy bog’ va pitomniklar tashkil etilgan. Faqat davlatimiz tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning o’zi hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun yetarli emas. Bu ishga umum xalq e’tiborini qaratish kerak.Shuning uchun har bir o’quvchi Vatanimiz tabiiy boyliklaridan biri bo’lgan hayvonot dunyosini asrab-avaylashi, uni muhofaza qilish chora-tadbirlarini yaxshi bilib olishi va ularga qat’iy rioya qilishi lozim.
Tabiatda har bir tur hayvonning ma’lum bir ahamiyati bor. Hech bo’lmaganda, oziq zanjirining bir halqasini tashkil etadi. Shu bir halqaning uzilishi tabiat muvozanatining buzilishiga olib keladi. Hasharotxo’rlar turkumi haqida ma’lumotlar yig’ish, zoologiyani o’qitishda foydalanish, kelgusida yosh avlodga tatbiq etish.
Kurs ishining maqsadi: Respublikamizda tarqalgan hashoratlar sinfi vakillarining tuzilishini, tarqalishini, biologic xususiyatlarni va ularni ahamiyatni o’rganish va ularni tahlil qilish .
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid adabiyotlar manbai bilan ishlash ;
O’zbekiston mamlakatida uchrovchi hashoratlarning tarqalishi va ularning foydali va zararli xususiyatlari haqida ma’lumot to’plash ;
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Respublikamizda tarqalgan hashoratlar hayoti, yashash tarzi ularning boshqa turlardan ajralib turuvchi o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, ma’lumotlar to’plash, o’rganish, tahlil qilishdan iborat. Respublikamizda va boshqa dunyo mamlakatlarda uchraydigan hashoratlarni bir-biridan farqli jihatlari, taksonomik belgilari va ularning ahamiyati doirasida yanada ko’proq bilimlarni qo’lga kiritish va qo’llayolish lozim. Natijada manashu mavzu diorasida o’ziga xos bo’lgan ishlarni amalga oshirib , foydali hashoratlarni muhofaza qilish usullarini joriy qilish, kelajakda bu borada yanada yangi g’oyalar tashabbuslar bilan chiqib ilmiy tekshirish metodlarini qo’llab zoologiya faniga yana bilim yangiliklar,izlanishlarni olib kirish.
Kurs ishining ob’ekti va predmeti .Hashoratlar sinfi va ularga kiruvchi turlar kurs ishining ob’ekti hisoblanadi. Hashoratlar sinfiga kiruvchi turlarning tuzilishi, ko’payishi, biologik xususiyatlari,tarqalishi, sistematikasi va ahamiyati to’g’risida mutaxassis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar ushbu kurs ishining predmeti hisoblanadi.
2.1 Hashoratlarga umumiy tavsif. Hashoratlarning klassifikatsiyasi
Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda)-juda xilma-xil hayvonlar tipi bo‘lib, ikki millionga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Hamma bo‘g‘imoyoqlilar ikki yonlama simmetriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Gavdasi pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki a`zolarni himoya qilish va tashqi tayanch-skelet vazifasini bajaradi. Tana bo‘shlig‘i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo‘shliqlarining qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan aralash tana bo‘shlig‘i deyiladi. Markaziy nerv tizimi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash tuzilgan. Suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar jabra, quruqlikda yashovchilari esa traxeya yoki o‘pka yordamida nafas oladi. Bo‘g‘imoyoqlilaming qon aylanish tizimi ochiq, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo‘shlig‘iga ochiladi.
Bu tipga mansub hayvon vakillari hayvonot dunyosining 80% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilar er yuzining barcha joylarida: dengizlar, chuchuk suvlar, suv havzalari, tuproq, havo, oylab yomg‘ir yog‘maydigan sahro-cho‘llar, doimiy muzliklar bilan qoplangan joylarda ham hayot kechiradi. So‘ngi ma’lumotlarga qaraganda, bu tip 1500000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi.
SHu bilan birga, bular odam va hayvonlar, shuningdek o‘simliklarning a’zolarida parazitlik qilib yashashadi. Bu tipga kiruvchi hayvonlarning kattaligi bir necha o‘n millimetrdan bir necha o‘n santimetrgacha boradi, ularning mikroskopik ko‘rinishdagi vakillari ham mavjud.
Tanasi bo‘g‘imlardan tuzilgan, qattiq kutikula, xitin moddasi bilan qoplangan, bosh ko‘krak va qorin qismlardan iborat. Tana qoplami tashqi skelet vazifasini bajarib, ichki a’zolarini salbiy ta’sirlardan asrab turadi. Ayirish a’zolari shakli o‘zgargan metanefridiylar bo‘lib, ulardan tashqariga teshikchalar bo‘ladi. Ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilarda malpigiy naychalari ayiruv vazifasini bajaradi. Suvda yashaydiganlari jabra bilan, quruqliqda yashaydiganlari esa o‘pka va traxeya bilan nafas oladi. Qon aylanish tizimi ochiq tipda tuzilgan.
Tengqanotlilar-Homoptera turkumi. Bu turkum vakillari tuzilishiga ko’ra xilma-xil, odatda kichik (barg burgachalari, shiralar, aleyrodidlar, koksidlar) bazan yirik (kuylovchi saratonlar), so’ruvchi og’iz apparatiga ega, to’liqsiz rivojlanuvchi bazi turlari tinim davrini o’taydigan hasharotlardir. Tanasi mumsimon ajratmalar bilar qoplangan, koksidlarda esa qalqon hosil qilgan.
Tengqanotlilar-Homoptera turkumi. Bu turkum vakillari tuzilishiga ko’ra xilma-xil, odatda kichik (barg burgachalari, shiralar, aleyrodidlar, koksidlar) bazan yirik (kuylovchi saratonlar), so’ruvchi og’iz apparatiga ega, to’liqsiz rivojlanuvchi bazi turlari tinim davrini o’taydigan hasharotlardir. Tanasi mumsimon ajratmalar bilar qoplangan, koksidlarda esa qalqon hosil qilgan.
Barcha tengqanotlilar o’simlixo’r hasharotlar bo’lib hujayra shirasini so’rib oziqlanadi. Ko’pchilik turlari qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxtzorlarning xavfli zararkunandalari hisoblanadi.Ularning zarari tanasidan ajraladigan shirin ekskrementlari barg yuzasini qoplab olishi va qorayib, fotosintezga to’sqinlik qilishi oqibatida kuchayadi.Samarqand tumani begona o’tlarida uchraydigan tengqanotlilarning ko’pchiligi shiralar (Aphidoidea) kenja turkumiga mansub.
Shiralar to’liqsiz o’zgarish bilan rivojlanadi va ko’pincha xo’jayinini o’zgartirib turadi.
Smynthuroides betae Westw. Ko’pincha barglarda, bazan ildiz gallarida o’simlik shirasini so’radi. Ham ituzumdoshlar ham murakkabguldoshlar oilasiga mansub begona o’tlarda uchraydi. Sharqiy Yevropa, Kavkaz va O’rta Osiyoda keng tarqalgan.
Aphis intybi Koch. Bitta o’simlikda rivojlanadi. Ko’pincha sachratqi poyasining yuqori qismida to’pgullarida koloniyalar hosil qiladi. Paleoarktikaning hamma yerida xususan O’rta Osiyoda keng tarqalgan.Cryptosiphon artemisiae Buckt. Shuvoqning ko’pchilik turlarida uchraydi.
Tunlamsimonlar — Noctuoidea bosh oilasi. Xarakterli belgilari — oldingi qanotining o‘rta medial tomirlari (M2) ni asoslari keyingi medial’ (M3) tomirlarining asoslariga yaqinlashgan, ilakchalari yaxshi taraqqiy etgan, tinch turganda qanotlari tomsimon shaklda tanani yopib turadi. Bir necha oilalarga.bo‘linadi.
Tunlamlar — Noctuidae oilas tanga qanotlilar turkumining eng katta oilasi. 20 mingga yaqin turi bo‘lib, Shundan MDHda 2 mingdan optig‘i ma’lum. Kapalaklari xartumining taraqqiy etganligi va oldingi qanotlarida tunlam naqshi bo‘lishi bilan harakterlanadi. Bu naqsh 5 ta ingichka to‘lkin yo‘lli ko‘ndalang izlar va 3 ta o‘rta dog‘lardan iborat. Qurtlari tuksiz va g‘umbaklari tuproqda rivojlanadi. Nasldorligi yuqori, ko‘p turlari o‘simliklarga katta zarar keltiradi. Qurtlari quyidagi 3 morfobiologik gruppalarga: quyi kemiruvchilar, yuqori kemiruvchilar, ko‘katxo‘rlar va odimchisimonlarga bo‘linadi.
Quyi kemiruvchilar yoki er tunlamlari keng tarxalgan bo‘lib, qurtlari tuproqda rivojlanadi. Tanasi silliq va peshona uchburchagi gardon chokidan uzunroq. O‘simliklarning tuproqdagi ildiz bo‘g‘im qismlarini kemiradi. Misol, ko‘k qurt tunlami (Agrotis segetum schiff) O‘rta Osiyo respublikalarida g‘o‘zaga katta zarar etkazadi.Yuqori kemiruvchilar, yangi o‘zlashtirilgan erda bug‘doylarga zarar keltirib, qurtlari o‘simliklarning er ustki qismida rivojlanadi.Peshona uch burchagi ularda gardon chokidan qisqaroq yoki tanasi mayda tiqanchali. Bularga karam tunlami (Barathera brassicah L.) va kulrang g‘alla tunlami (Apomea sordida Bkh) bo‘la oladi.Ko‘sak qurti (Heliothis obsoleta F.) g‘o‘za va makkajo‘xoriga, qarag‘ay tunlami (Panilis foammea Schill) qaragayga katta zarar keltiradi.
Odimchisimon tunlamlar qurtlarining qorin oyoqlari 3 juft bo‘lganligi uchun odimchilarga o‘xshab o‘rmalashadi. Bularga gamma tunlami (Plusia gamma L.)kiradi.Bular dala ekinlariga zarar keltiradi.
Gʻoʻza tunlami, koʻsak qurti — tunlamlar oilasiga mansub kapalak.Paxta ekiladigan mamlakatlarda tarqalgan. Gʻoʻza tunlamining qurti 120 dan ortiq oʻsimlik turini zararlaydi, ayniqsa, Tojiknston, Oʻzbekiston va Ozarbayjonda katta zarar yetkazadi. Qanotlari yoyilganda 30–40 mm; oldingi qanoti kulrang sariq, buyraksimon, yumaloq dogʻli, orqa qanoti sargʻimtiroq, qoʻngʻir hoshiya-li, oʻrtasida toʻq rangli oysimon dogʻlari bor. Erkagi urgʻochisiga nisbatan ochiqroq rangda.Tuxumi och sargʻish, oʻziga xos radial "qobirgʻalari" bor. Qurtining rangi och yashildan to qiz-gʻish-qoʻngʻirgacha, uz.35–40 mm; boshi sariq, koʻkrak qalqoni marmarsimon naqshli.Tanasi boʻylab uchta keng yoʻl oʻtadi, qorni oqish. Gʻumbagi qizgʻish-jigarrang , uz. 15–20 mm. Gʻoʻza tunlamining gum-bagi tuproqda 10—15 sm chuqurlikda qishlaydi.Havo harorati oʻrtacha 18— 20° boʻlganda gumbakdan kapalaklar yoppasiga uchib chiqa boshlaydi.
2.2. Oʻsimliklar zararkunandalari — madaniy oʻsimliklarni zararlaydigan yoki ularni nobud qiladigan jonivorlar. Umurtqali hayvonlarning sut emizuvchilar sinfi, ayniqsa, kemiruvchilar turkumiga mansub Oʻsimliklar zararkunandalari koʻp. Umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim turlari, nematodalar sinfidan yumaloq chuvalchanglarning koʻpchiligi oʻsimliklarni zararlaydi. Boʻgʻimoyoqlilardan hasharotlar sinfi, oʻrgimchaksimonlar sinfi (kanalar), koʻpoyokdilar sinfining baʼzi turlari hamda qisqichbaqasimonlar (eshakqurt)ga mansub turlituman va juda koʻp Oʻsimliklar zararkunandalari turlari bor. Hasharotlar, ayniqsa, hosilga koʻproq zarar yetkazadi. Ularning 60 mingdan ortiq oʻsimlikxoʻr turi maʼlum, shu jumladan, 4 mingga yaqin turi madaniy oʻsimliklarga zarar yetkazadi, mahsulotlarni buzadi va h.k.
Qishloq xoʻjaligi uchun zararli hasharotlar sistematik tamoyil (turkumlar boʻyicha) hamda oziqlanish xarakteri boʻyicha tasniflanadi. Oʻsimlikxoʻr hasharotlar va kanalar turli oilalarga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hammaxoʻr hasharotlar — polifaglarga; bir oilaga mansub har xil turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar — oligofaglarga; faqat bir turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar — monofaglarga boʻlinadi. Turli ekinlar hosiliga hammaxoʻr zararkunandalar: chigirtkasimonlar, baʼzi chirildoqlar, qoʻngʻizlardan qirsildoq (simqurtlar), qora qoʻngʻizlar (soxta simqurtlar) va boshqalar, kapalaklardan kuzgi tunlam, gʻoʻza tunlami, karadrina va boshqalar katta zarar keltiradi. Bir oilaga mansub har xil turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Bularga shved pashshasi, gessen pashshasi va boshqalar kirib, faqat boshoqli oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Karamguldoshlarga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharot turlari ham koʻp. Bularga karam oq kapalagi, karam kuyasi, karam pashshasi va boshqalar kiradi. Faqat bir turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlardan filloksera (tokning asosiy zararqunandasi), beda barg filchasi (fitonomus) va boshqalar xavfli zararkunandalardan hisoblanadi. Zararkunanda hasharotlar va kanalar ular zararlaydigan oʻsimlik guruhlari boʻyicha ham tasniflanadi. Mas, boshoqlilar zararkunandalari, gʻoʻza zararkunandalari (200 dan ortiq turi bor), bogʻ zararkunandalari, sabzavot ekinlari zararkunandalari va h.k.
Oʻsimliklar zararlanishining asosiy ikki turi farqlanadi: birinchisi — ogʻiz organlari kemiruvchi, ikkinchisi sanchibsoʻruvchi hasharotlarga xos. Kemiruvchi hasharotlar oʻsimlikning turli organlarini, toʻqimalarini kemiradi. Sanchibsoʻruvchi hasharotlar, mas, oʻsimlik bitlari, kanalar va boshqalar oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi. Oʻsimliklar zararkunandalari oziqlanishida oʻsimlikning maʼlum organlariga oʻrgangan boʻladi. Shuning uchun ham ildiz, poya, barg , meva, gul va boshqalar organlar zararkunandalari guruhlari farklanadi.
Oʻsimliklar zararkunandalari tarqalishi va turlar kompleksining shakllanishi tashqi muhitning oʻzgaruvchanligi hamda turlarning ekologik moslashuvi bilan uzviy bogʻliq. Har bir tur oʻzi uchun qulay hududga joylashadi.
Hasharot va kanalarning rivojlanishi hamda koʻpayishi uchun temperatura sharoiti muhim ahamiyatga ega. Har bir tur uchun maʼlum temperatura rejimi zarur.Sutkalik oʻrtacha samarali temperatura yigʻindisiga qarab hasharotlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi, mavsumda nasl berishini taxminan aniqlash mumkin. Oʻsimliklar zararkunandalarining embrional va postembrional rivojlanishi, odatda, yuqori trada tezlashadi. Mas, beda barg filchasi17,6° da 56, 21,2° da 34, 22° da 31 kunda rivojlanadi.
Rivojlanishi tuproq bilan bogʻliq boʻlgan hasharotlar uchun tuproqning kimyoviy tarkibi, kislotaliligi, aeratsiyasi, namligi katta ahamiyatga ega. Agrotexnika tadbirlari (tuproqni ishlash, oʻgʻit solish va boshqalar) yordamida zararkunanda hasharotlar uchun noqulay sharoityaratish mumkin. Mas, nordon tuproqlar ohaklanganda qirsildoq qoʻngʻizlar rivojlana olmaydi.Oʻsimliklar zararkunandalarining boshqa hayvon organizmlari bilan oʻzaro bogʻliqligi ham ularning rivojlanishiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Mas, oʻsimlik bitlari oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi, ular ajratgan shira chumoli, yaydoqchi va baʼzi pashshalar uchun oziq hisoblanadi. Oʻsimlik bitlari bilan yirtqich hasharotlar (qoʻngizlar, vizildoq pashsha lichinkalari va boshqalar), ular bilan turli hasharotxoʻr qushlar, bular bilan esa turli yirtqich qushlar oziqlanadi.
Oʻsimliklar zararkunandalarining koʻpayishida oziqning koʻpligi va tarkibi, obhavo sharoiti, yirtqichlar, parazitlar, kasalliklar taʼsiri va boshqalar muhim rol oʻynaydi. Bir joyda muttasil bir xil ekin ekish (yakka ziroatchilik) shu oʻsimlik bilan oziqlanadigan zararkunandalarning koʻpayib ketishi uchun qulay sharoit yaratadi. Mas, eski bedapoyalarning oʻz vaqtida haydalmasligi ularda beda barg filchasining koʻpayib ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda fenologik kuzatish (qarang Fenologiya) muhim ahamiyatga ega.
2.3 Hashoratlarning qishloq xo’jaligidagi o’rni.Qishloq xo’jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlar.
Hasharotlar oziqlanishiga qarab tasniflanadi. Jumladan, barg va uning qismlarini zararlash. Qo‘pol zararlash, bunda kemiruvchi hasharot bargning hammasini eydi. Bularga chigirtkasimonlar, ko‘pchilik kapalaklar lichinkasi, arrakashlar va ba’zi bir qo‘ng‘izlar kiradi. Tanlab zararlash—kemiruvchi hasharot barg chetini esa — chetidan zararlanish; bargni teshib, o‘yib esa—teshikli zaralanish deyiladi. Misol, ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlar, ba’zi bir kapalak qurtlar. Hasharot barg tomirlariga tegmay etini va terisini esa barg skeletlanishi; hasharot bargning ayrim uchastkalarini esa-yu, ammo eyilgan joyning ustki yoki ostki pardasiga tegmasa, bunday zararlanish darchasimon zararlanish deyiladi. Ko‘pchilik bargxo‘r qo‘ng‘izlarning lichinkalari, arrakashlarning soxta qurtlari va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Hasharot bargning bir joyidan epidermasini teshib kirib, parenximani eb, epidermasiga tegmay zararlasa, bunday zararlash minalash deb aytiladi. Misol, lavlagi pashshasi lichinkalari minali pashshachalar oilasiga kiradi.Ba’zi bir so‘ruvchi hasharotlar, bitlar, qandalalar, tripslar va boshqalar barg shirasini so‘rish natijasida, bargda turli xil qo‘ng‘ir, sariq, oq va boshqa rang dog‘lar hosil qiladi.O‘simlik skelet qismlari—tana, novda va shoxlarni zararlash.O‘simlikning yog‘och, lub yoki po‘stlog‘ida uzun mo‘ylov qo‘ng‘izi, po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izining lichinkalari turli xil murakkab yo‘llar hosil qiladi.Hasharot lichinkalari o‘simlikning novda, tana va shoxlari ichida ovqatlanishi natijasida o‘simlikning Shu qismlari shakli o‘zgaradi. Bunday zararlanishga, novda, tana va shohlar deformatsiyasi deb aytiladi.
2.4. Hashoratlarga qarshi kurash.
Antropogen omillar deganda (grekcha antropos — odam) tabiatga va hasharotlarga inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir katta, uning roli to‘xtovsiz ortib bormoqda. Qo‘riq erlar o‘zlashtirilganda (haydalganda), o‘rmonlar kesilganda, erlar sug‘orilganda hasharotlarning tur tarkibi birmuncha o‘zgaradi, ayrim turlar sonining nisbati va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati ham o‘zgaradi. Shunnng uchun asosiy vazifa ekologik qonunlarni tan olib, tabiatda ulardan to‘g‘ri foydalanishdir.
Agrotexnik va tashkiliy xo‘jalik usulini qo‘llashni ekin turlari bo‘yicha tabaqalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda har bir agrotexnik tadbirni zararli organizmlarning qaysi turiga konkret ta’sir etishiga ahamiyat beriladi. Agrotexnik tadbirlarni noto‘g‘ri qo‘llash zararli organizmlarning miqdorini ko‘payishiga ham olib kelishi mumkin. Agrotexnik tadbirlar tashkiliy xo‘jalik tadbirlarni to‘g‘ri tashkillashtirish zararli organizmlarni yoppasiga ko‘payishini oldini olish asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston hududida, MDH davlatlarida, umuman jaxon miqyosida zararli organizmlarga qarshi kurashda chidamli navlar yaratishiga alohida e’tibor qaratiladi. Seleksioner olimlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri ham ekinlarni zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni yaratishdan iborat.
Kimyoviy kurash usuli va uni qo‘llash muammolari.
1. Kimyoviy kurash usuli zararli organizmlarga qarshi kimyoviy kurash vositalari-pestitsidlarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu usulni asosiy ustunligi zararli organizmlarga qarshi qisqa muddatlarda o‘z samarasini ko‘rsatishidir. Bundan tashqari, kimyoviy kurash vositalarini tashish va qo‘llash ishlarini to‘la mexanizatsiya yordamida bajarish mumkin. Ammo, pestitsidlarni qo‘llash albatga ekologik muammolarni inobatga olgan holda olib borilishi lozim. Shu munosabat bilan keyingi yillarda pestitsidlarni asortimentiga va ularni qo‘llash usullariga ancha o‘zgartirishlar kiritildi. Kimyoviy kurash vositalaridan bundan keyingi foydalanish ham ekologik muammolarni e’tiborga olgan xolda olib borilishi lozim.
Fizik-mexanik va genetik kurash usullari.
Zararkunandalarga qarshi kurashda fizikaviy, mexanikaviy kurash usullari alohida o‘rin to‘tadi.
1. Fizikaviy usul deganda zararli organizmlarga qarshi gurli xil fizik omillarni qo‘llash tuShuniladi. Fizik omillarga elektr toki, yorug‘lik nuri, harorat o‘zgarishlari (past yoki baland) radiaktiv nurlardan foydalanish va boshqalar kiradi.Fizikaviy harorat o‘zgarishlaridan ombor zararkunandalariga qarshi kurashda, urug‘larda kasallik toxumini zararsizlantirishda (bug‘doyni qora kuyadan, chigitni gommozdan va h.k.) keng qo‘llaniladi. Begona o‘glarga qarshi kurashda olovli qultivatorlardan ham foydalaniladi.
2.Zararli hasharotlarni o‘ldirishda elektr tokidan foydalanish to‘g‘risida juda ko‘plab tajribalar olib borilmoqda. Bu masalada ma’lum muvaffaqiyatlarga ham erishildi. Biroq elektr, tokidan foydalanish texnologiyasi va uning o‘simlikka tasiri bo‘yicha tadqiqotlar xali oxiriga etkazilmagan.
3.Zararli hasharotlarga qarshi kurashda yorug‘likda hasharotlar tutqichlardan foydalanishda ham ma’lum muvaffaqiyatlarga erishildi. Chunki, hasharotlarning ko‘pchiligi tunda yorug‘likka uchadi. Hasharotlarni bu xususiyatidan zararli turlarga qarshi kurashishda foydalanishga uzoq vaqglardan beri qiziqib kelinar edi. Biroq xozirgi paytda elektr yorug‘ligida hasharot tutqichlardan faqat bashorat maqsadidagina foydalanilmoqda. Kurash vositasi sifatida foydalanilmasligiga sabab bu tutqichlarda ko‘plab foydali hasharotlar ham nobud bo‘ladi.
4. Mexanik kurash chorasidan ham o‘simliklarni himoya qilish tizimida keng foydalaniladi. Bunga kasal daraxtlarni va shohlarni kesib yo‘qotish, zararli hasharotlar yoki ularni tuxumlarini terib yoki ezib yo‘qotish, mexanik tutqichlar (olma qurtiga qarshi) belbog‘lar qo‘llash va boshqalar tuShuniladi.
5. Genetik usul deganda hasharotlar geniga turli xil kimyoviy va fizik omillarni ta’sir etgirish orqali ularni boshqarish hamda chidamli navlar yaratish borasidagi olib borilayotgan ishlar tuShuniladi.Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi — umumiy entomologiyaning bir sohasi; hasharotlarning tana tuzilishi.organlari faoliyati, yashash tarzi, tashqi muhit bilan oʻzaro munosabati, zararli va foydali tomonlari va boshqalarni oʻrganadi. Qishloq xoʻjaligie., asosan, hasharotlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan, oʻsimliklar zararkunandalari ularga qarshi kurash choralari hamda ular koʻpayishi prognozi usullarini ishlab chiqishni, zararkunandalarning tabiiy kushandalari — entomofaglarni, changlatuvchi-hasharotlar, asalari (asal berali), tut va eman ipak qurti (ipak uchun), lok beruvchi chervetslar, tuproq hosil boʻlishida ishtirok etuvchi hasharotlar va boshqalarni muhofaza qilish va samaradorligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, hasharotlardan tashqari boshqa zararli umurtqasiz hayvonlar — nematodalar, mollyuskalar va kanalarni ham tadqiq etadi. Qishloq xoʻjaligie.fan sifatida zoologiya, umumiy entomologiya va agronomiya asosida shakllandi. Uning mustaqil fan boʻlib (19-asr 50-yillarida) rivojlanishi hasharotlarning inson hayotida tutgan amaliy ahamiyati bilan bogʻliq. Qishloq xoʻjaligie.ning ilmiy va ishlab chiqarish vazifalari ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida oʻsimliklarni himoya qilishning yanada samarali usullarini topish, oʻsimlik zararkunandalarini yoʻq qilish, foydali hasharotlarni muhofaza qilish hamda ulardan samaraliroq foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishdan iborat.
Zararkunanda turlarning madaniy oʻsimliklar va muhitning boshqa omillari bilan oʻzaro murakkab munosabati, ular miqdorining keskin oʻzgarib turishi hamda tabiatda moddalar aylanishidagi keng ishtirsji har tomonlama ekologik i.t. ishlari olib borishni taqozo etadi.19-asr boshlarida zararkunandalarga qarshi faol kurash choralari hali qoʻllanmagan davrda ekinlar hosili 10—40% gacha kamaygan. Agroekologik, kimyoviy va boshqa qarshi kurash choralarining rivojlanishi tufayli baʼzi juda xavfli hasharotlar — chigirtka, tunlam va boshqa keltiradigan zarar keskin kamaydi. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon entomologiyasiga oid dastlabki ishlar 19-asrla paydo boʻlgan. Bir qancha mamlakatlar (Fransiya, Angliya, Rossiya)da ilmiy entomologik jamiyatlar tashkil qilingan. Zararkunanda hasharotlar (ayniqsa, chigirtka va boshqalar)ning qishloq xoʻjaligiga ksltirgan katta zarari i.t. ishlarini markazlashtirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini davlat miqyosida olib borish zarurligini taqozo etdi. Shunday qilib, koʻpgina mamlakatlarda oʻsimliklarni zararkunandalardap himoya qilish boʻyicha davlat entomologik xizmati vujudga keldi. Hasharotlarni ilmiy asosda oʻrganishni Oʻrta Osiyoda A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin va boshqa boshlab bergan. Toshkentda birinchi entomologik st-ya 1911-yilda ochilgan (hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish instituti). Uning vazifasi qishloq xoʻjaligiga katta ziyon keltiradigan juda xavfli zararkunandalar (chigirtka, kemiruvchilar, tunlamlar, kanalar va boshqalar)ni, kasalliklarni (qorakuya, zang, vilt, gommoz va boshqalar) oʻrganishdan iborat edi.Oʻrta Osiyoda entomologiya fani rivojiga hamda zararkunanlalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga N.Zaprometov, M.Karimov, M. Kosobutskiy, N.Mirpoʻlatova, K. Mirpoʻlatov, V.Nikolskiy, R. Olimjonov, M.Sonina, F.M.Uspenskiy, S.Xarin, V.V.Yaxontov va boshqa katta hissa qoʻshdi. Tashkiliyxoʻjalik, agrotexnik, kimyoviy va biologik qarshi kurash usullarini oʻzida mujassamlashtirgan oʻsimliklarni intefal himoya usuli sistemasi ishlab chiqildi. Oʻzbekistonda gʻalla, texnika va boshqa ekinlar zararkunandalari entomofaglarini koʻpaytiradigan 725 dan ortiq biolaboratoriyalar hamda biofabrika bor (2004). Qishloq xoʻjaligie.sohasidagi ishlar va entomolog kadrlar tayyorlash Toshkent agrar universiteti va boshqa bir qancha institutlarda olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 mart sanasidagi “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risida”gi 121-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatida 2021 yil hosili uchun 72 ming gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarish qilinmoqda.Barchamizga maʼlumki, dunyo dehqonchiligida har yili yetishtiriladigan ekinlarning kasallik, zararkunanda hamda hasharotlar bilan zararlanishi kuzatiladi va ularga qarshi kurashish maqsadida ko‘plab mablag‘lar sarflanadi.Bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida, Respublikamizda ham o‘simlik zararkunandalari va hasharotlariga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlarning maqbul muddat va meʼyorlarda, sifatli amalga oshirilishi “O‘zagroinspeksiya” tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.Xususan, “O‘zagroinspeksi”yaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan g‘o‘za maydonlarida zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish ishlari bugungi kunda to‘liq nazoratga olingan.
Jumladan, viloyatda zararkunanda va hasharotlarga qarshi biologik kurash ishlarini amalga oshirish maqsadida 37 ta biolaboratoriyalar faoliyati tashkil etilgan.
Ushbu biolaboratoriyalar tomonidan mavsum davomida 426,4 kg trixogramma, 266,3 mln dona brakon hamda 360,7 mln dona oltinko‘z ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga 90 foiz trixogramma, 73 foiz brakon va 72 foiz oltinko‘z biomahsulotlari ishlab chiqarilib, g‘o‘za maydonlariga tarqatilgan.
Bundan tashqari, viloyatda zarur hollarda g‘o‘za zararkunanda va hasharotlariga qarshi kurashish ishlarini olib borish uchun kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish ishlari ham Inspeksiyaning viloyat boshqarmasining to‘liq nazoratida.Viloyatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha biomahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda kimyoviy vositalar zaxirasining yaratilishi, saqlanishi va qo‘llash ishlari ustidan “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari amalga oshirilib, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va qonunbuzilishi holatlari yuzasidan belgilangan tartibda taʼsir choralari qo‘llanilishi va aniqlangan xato-kamchiliklarning bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.



Download 68,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish