O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO`NALISHI
4-KURS SIRTQI TALABASI
HASANOVA DILAFRUZNING
O`ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI FANIDAN BAJARGAN
TAQDIMOT ISHI
Qabul qildi: Akramova F.
TOSHKENT - 2023
Xiva xonligining markaziy va mahalliy boshqaruv tartiblari
Reja:
- Davlat tuzumi
- Davlat boshqaruv tizimi
- Xondan keyingi o`rinlar
Davlat tuzumi
Xonlik mutlaq monarxiya bo'lib, oliy hukmdor-xon davlat boshlig'i edi. Ma'muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo'shko'pir, G'azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko'hna Urganch, Xo'jayli, Chumanoy va Qo'ng'irot) va 2 ta noiblikka (Beshariq va Qiyot-Qo'ng'irot), shuningdek, xonning bevosita o'ziga bo'ysundirilgan tumanlarga bo'lingan edi.
Xiva xonligining davlat boshqaruvi Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi tomonidan boshqarilib, uning oliy hukmdori xon hisoblangan. U cheklanmagan ma’muriy, harbiy hokimiyatga ega bo‘lgan.
Xiva xoni
Oliy hukmdor hisoblangan xon qarorgohi Xiva shahrida joylashgan.
Bu shaharda ichki – Ichan qal’a va mudofaa devori bilan o‘ralgan tashqi – Dishan qal’a mavjud bo‘lgan.
Xondan keyingi o'rinda dastlabki asrlarda inoq turgan. XIX asrning birinchi yarmidan boshlab esa inoqning mavqeyi pasaya borgan. Xonlikda oliy amaldor devonbegi hisoblanib, uning ixtiyorida qo‘shbegi, mehtar, otaliqdan iborat kengash faoliyat ko‘rsatgan. Muhammad Rahimxon I davrida nufuzli amaldorlardan iborat Devon tuziladi.
U xonning birinchi yordamchisiga aylandi. Xonning barcha yorliq va farmonlari uning qo'lidan o'tgan.
Devon davlat hayotiga oid masalalarni hal etgan. Devonda xondan keyingi o'rinda qo'shbegi turadigan bo'ldi.
Muhammad Rahimxon I
Xonga sadoqat bilan xizmat qilganlarning lavozimlari ba'zan o'g'illariga meros qilib berilgan. Viloyatlarni beklar, noibliklarni xon tayinlagan noiblar boshqargan. Ular, asosan, moliya va mirshablik vazifalarini bajarganlar. Xonlikda Xiva, Urganch, Qiyot, Hazorasp, Qo‘ng‘irot kabi shaharlar ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlar hisoblangan. Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o'zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan. Ularning lavozimlari nasldan naslga meros bo'lib o'tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart bo'lgan.
E`TIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |