Bug’ qozoni ish rejimlarini avtomatik rostlash tizimlarini loyihalashning prinspial-elektrik sxemasining tavsifi
Oldingi sxemalardan ma’lumki, o’zgaruvchan tokni o’zgramas tokka aylantirish uchun tok manbaidan foydalanildi. 220 V o’zgaruvchan kuchlanish ostida tok berilganda, tok manbai orqali 24 V ga aylantirib olindi. Chunki jarayon o’zgarmas 24 V da ishlaydi. Ulanish sxemasidan ma’lumki, kontrollerga diskret va analog kirish-chiqish signallari ulangan edi.
Kontrollerdagi analog kirish 24AC INPUTS ga quyidagi datchiklar ulangan:
Sarf o'lchash qurilmasi OPTIBAR DP 7060
Sathni o’lchovchi OPTIBAR PM 5060
Bosim o'lchash qurilmasi Cerabar M PMP55
Temperatura o’lchash qurilmasi OPTITEMP TT 53 C
Gaz analiz qurilmasi Rosemount CCO 5500
Rostlash klapanlarining holati
Kontrollerdagi diskret kirish 24DC INPUTS ga quyidagi tugmalar ulangan:
Himoya relelari (jarayon himoyasi uchun o’rnatiladi)
Jarayonni ishga tushirish tugmasi SB1
Jarayonni to’xtatish tugmasi SB2
Avariyaviy to’xtatish tugmasi SB3
Avtomatik/qo’lda boshqarish tugmasi SA5
Jarayon qo’lda boshqarilganda ishlatiladigan tugmalar:
Havo kompressorini ishga tushirish SB4
Havo kompressorini o’chirish SB5
Tutun tortish kompressorini ishga tushirish SB6
Tutun tortish kompressorini o’chirish SB7
Rostlash klapanlarini holatlarini o’zgartirish SB8 SB9
Ushbu tugmalardan kelayotgan axborotlarni kontroller quyidagi kodlar bo’yicha qabul qilib oladi:
Himoya relelaridan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 1.6, I 1.7, I 2.0, I 2.1, I 2.2, I 2.3, I 2.4, I 2.5.
Jarayonni ishga tushirish tugmasidan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.2
Jarayonni to’xtatish tugmasidan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.3
Avariya holatida to’xtatishdan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.4
Avtomatik/qo’lda boshqarish tugmasidan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: auto I 0.0, manual I 0.1
Havo kompressorini ishga tushirishdan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.5
Havo kompressorini o’chirishdan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.6
Tutun tortish kompressorini ishga tushirishdan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.7
Tutun tortish kompressorini o’chirishdan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 1.0
Rostlash klapanlarini holatlarini o’zgartirish tugmalaridan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: + I 1.1, - I 1.2
Diskret chiqishga 13 ta rele ulangan. KA2-tabiiy gaz o’chib qolsa signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB2ni bosgan vaqti HA1 ovozli signalizatsiya o’chib, EL3 lampochka yoniq qoladi. KA3- bug’ qozoni barabanida sath oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB3ni bosgan vaqti HA2 ovozli signalizatsiya o’chib, EL4 lampochka yoniq qoladi. KA4-temperatura oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB4ni bosgan vaqti HA3 ovozli signalizatsiya o’chib, EL5 lampochka yoniq qoladi. KA5-havo berish liniyasida bosim oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB5ni bosgan vaqti HA4 ovozli signalizatsiya o’chib, EL6 lampochka yoniq qoladi. KA6-boylerda sath oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB6ni bosgan vaqti HA5 ovozli signalizatsiya o’chib, EL7 lampochka yoniq qoladi. KA7-chiqayotgan tutun ko’rsatkichi o’zgarsa yoki kritik holatga ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB7ni bosgan vaqti HA6 ovozli signalizatsiya o’chib, EL8 lampochka yoniq qoladi. Qolgan relelar ham o’ziga ulangan qurilmalarni ishga tushiradi yoki o’chiradi. Barcha jarayonlarni avtomatik borishini kontroller nazorat qiladi va boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |