Ustozim
Harflarini tanitdingiz har birimizga ,
She’rlar yod oldirdingiz do’st bo’lib bizga .
Ahil-inoq bo’lishimiz uqtirib doim ,
Panohida asrasin sizni xudoyim .
Ustozim yoqdingiz ilm chirog’in ,
Ko’rsatdingiz hayotning yaqin yirog’in .
Ba’zida yiqildik , kurashdik , toldik .
Sizning mehringizga o’rganib qoldik .
Ustoz oldiz yuraklardan joy ,
Gohida talashsak dedingiz hoy-hoy .
Qadamlar tashladik kichik va katta
Ishonchingiz oqlaymiz USTOZ albatta .
Bayroq
Tavallud kuningdir , bugun bayrog’im ,
Hilpirading O’zbek osmonlarida .
Jonajon bayrog’im mudom bo’l omon ,
Aslo senga tegmasin ko’zlari yomon .
Mustaqillik tufayli yetishdik senga ,
Ko’zimiz nuridek asraymiz seni .
Tilagim hamisha sengadir bugun
Tavallud ayyoming bo’lsin MUBORAK !!!
*****
Hayolim kezadi bulutlar aro
Ruhim uchib yurar olis samoda .
Yuragim og’riydi bo’lib bezovta ,
Orzular og’ushida qoldim men tanho .
Ko’zimda bir tomchi yosh yo’q aqalli ,
Har yerdan izladim dardga tasalli .
Lekin davosini topmadim hech ham
Yuzimda tabassum qalbimda alam .
Bari xatolardan men saboq oldim ,
Hayot o’zi dars ekan u bizga ustoz .
Ozgina adashsang ayab o’tirmas ,
To’g’ri qadam tashlasang bo’lar juda soz .
Qish oqshomi !
Qishda to’qnashadi , juda ko’p qalblar
Yurakdan so’zlashar , oshifta dillar .
Qizlar-u bolalar yeydi sumalak ,
Bunday go’zal onlarni saqlaydi yurak .
Qishning oqshomini har yurak sevar ,
Bu go’zal dillar muxabbat kuylar .
Qish oqshomi ajibligin yana kim bilar ,
Qorong’u kechada oppoq qor so’ylar .
Bahor ilhomi
Tabiatning go’zal inomi bahor ,
Orzular fasli-yu ro’yobi bahor .
Marvarid gullari , zilol suvlari ,
Yuraklarni o’tli ilhomi bahor .
Jannat hidlarini taratib har yon ,
Farishtalar yo’llagan salomi bahor .
Bahor chog’ida ochilgan moychechak ,
Tushlarimda o’zing sensan halenchak .
Mening orzu armonimsan bahorim ,
Fasillarning kelinchagi jahonim .
Yasharish faslidir bahor onlari ,
Har kuni otadi go’zal tonglari .
O’lkamdasan o’zing go’zal bahorim ,
Baribir ilhomimsan mening bahorim .
Kamtarlik
Kamatarlik kelib chiqgan
Asli o’zbek tilidan .
Biror inson qo’ymasin ,
Kamtarlikni tilidan .
Kamtarlik bu – fazilat ,
Berilgan oliy ne’mat .
U go’zallik naqshidir ,
Har bir inson xohishidir .
Yurtim
O’zbekistondir mening
Xushro’y , go’zal chamanim .
Dunyoda xech tengi yo’q ,
Ona zamin VATANIM .
Musoffodir osmoni ,
Dala , dashti , o’rmoni .
Gullar ochilar har yon ,
Sevarman men begumon .
Jannat makon yurtimda ,
O’ynab – kulib o’saman .
Kim dushman bo’lib kelsa ,
Uning yo’lin to’saman .
Ne’matdir tinchligimiz
Mo’tabar , aziz bizga .
Mardlarcha asraymiz biz ,
Barcha yosh-u o’g’il qiz .
G’azal
Manga va’fo qilmadi ,
Ul beva’fo yor ketdi tashlab .
Vujudim qoldi hijronda
Axir ketdi ko’zim yoshlab .
Yorug’ kunim qaro bo’ldi ,
Qoldim shabiston tunida .
Osmonimdan ketdi quyosh ,
Qaro mardumdin ketdi nur .
Shirin , Layli hijron aro ,
Qoldim bu kun emdi tanho .
Sabodin so’rgun holimni
Dardlarimdin bo’ldi shaydo .
Do'stlaringiz bilan baham: |