Harbiy-vatanparvarlik nutqi – notiqlik sanatida qadimdan mavjud bo‘lgan nutq ko‘rinishlaridan. O‘zining jangovor ruhi, siyosiy keskin xarakteri bilan ajralib turadi. Amir Temur, Petr II, A.Suvorov, M.Kutuzov kabi zabardast harbiylar va so‘z san’ati namoyandalarining notiqlik faoliyati e’tiborga sazovor.
Tashviqotchi nutqi – nutqning bu ko‘rinishi o‘zining sodda, oddiy suhbatga yaqin, har bir auditoriyaning sharoiti va talabiga mosligi bilan xarakterlanadi. Mavzu turlicha, suhbat o‘tkazish ham turli usullarda o‘tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |